Mаlаkаsini oshirish tаrmoq mаrkаzi


Hamkorlikdagi oʼqish tamoyillari sifatida quyidagilarni koʼrsatish mumkin


Download 156.09 Kb.
bet21/105
Sana30.04.2023
Hajmi156.09 Kb.
#1411150
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   105
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Hamkorlikdagi oʼqish tamoyillari sifatida quyidagilarni koʼrsatish mumkin:
- guruhga bitta topshiriq;
- bitta ragʼbat: guruh barcha ishtirokchilari hamkorlikdagi ish bahosi (umumiy natijaga erishish uchun barcha guruh aʼzolari sarflaydigan kuchi baholanadi) va akademik natijalari yigʼindisidan tashkil topgan bitta baho oladi, yaʼni guruh (komanda) muvaffaqiyati har bir ishtirokchining hissasiga bogʼliq;
- har birining oʼz muvaffaqiyati va guruhning boshqa aʼzolari muvaffaqiyati uchun shaxsiy masʼuliyati;
- hamkorlikdagi faoliyat: guruhiy muzokara, hamkorlik, oʼzaro ѐrdam berish kabi oʼzaro harakat usullari asosida tashkil topadi;
- muvaffaqiyatga erishishda teng imkoniyatlar: har bir oʼqiѐtgan oʼz shaxsiy yutugʼini takomillashtirish, shaxsiy imkoniyatlari, qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda oʼqishga berilgan boʼlishi zarur, chunki u boshqalar bilan teng baholanadi.2


2 Ganieva M., Fayzullaev D. Kichik guruhlarda hamkorlikda ishlash pedagogik texnologiyalar toʼplami.
- T.: Iqtisodiyot, 2013.
1- bosqich
Guruh ish joyini tayѐrlash – stol va oʼrindiqlar shunday joylashtiriladiki, bunda taʼlim beruvchi auditoriyada erkin harakatlana olsin, har bir guruh aʼzosi bir joyda boʼlishlari va bir-birlarini koʼrishlari va eshitishlari kerak, zarur oʼquv qoʼllanmalar barchaga yetarli boʼlishi kerak.
2- Аsosiy bosqich
1. Taʼlim oluvchilarni guruhlarga taqsimlash – tanlangan kichik guruhlarga birlashtirish yoʼli asosida taʼlim oluvchilarni guruhlarga boʼladi.
2. Oʼquv topshiriqlarini tarqatish – muammoli vaziyatni taklif qiladi, taʼlim oluvchilar bilan birgalikda uni echish yoʼli va tartibini muhokama qiladi, guruhlarda hamkorlikdagi faoliyatni taqdim etish shaklini maʼlum qiladi. Har biri va butun guruhning natijalarini baholash mezonlarini tushuntiradi.
3. Oʼquv topshiriqlarni bajarish boʼyicha yoʼriqnomani tushuntirish. Guruhlar boʼyicha ishni bajarish uchun zarur materiallarni tarqatadi. Topshiriqni baajarishda qanday qoʼshimcha materiallaridan foydalanish mumkinligini tushuntiradi. Guruhlarda ishlash qoidalarini eslatadi.

Download 156.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling