Uni qoʼllash bosqichlari quyidagilardan iborat:
Strategiyani qoʼllash jaraѐnida har bir guruh muayyan mavzuga oid topshiriqlarni bajaradi. Oʼquvchi (talaba)larning eʼtiborlariga quyidagi jadvalni taqdim etish mumkin:
Guruhlar Diagrammaning
tartib raqami Topshiriqlar
mazmuni
1- guruh 1-diagramma
2-diagramma
3-diagramma
2-guruh 1-diagramma
2-diagramma
3-diagramma
3-guruh 1-diagramma
2-diagramma
3-diagramma
4-guruh 1-diagramma
2-diagramma
3-diagramma
“Videotopishmoq” metodi (video keys)
Soʼnggi yillarda pedagogik faoliyatda turli axborot vositalar (kompьyuter, televidenie, radio, nusxa koʼchiruvchi qurilma, slayd, video va audio magnitofonlar) ѐrdamida taʼlim jaraѐni tashkil etilishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Oʼqituvchilar oldida oʼqitishda turli axborot vositalaridan oʼrinli, maqsadli, samarali foydalanish vazifasi turibdi.
Metoddan foydalanishda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
Videolavhalar namoyish qilingach, oʼquvchi (talaba)lardan lavhada qanday jaraѐn, hodisa ѐki voqelik aks etganligi, qaysi badiiy asar qahramoni ѐki tarixiy shaxs ifodalanganligi yuzasidan mushohada yuritish
talab qilinadi. Videotopishmoqning javobini topish orqali oʼquvchi (talaba)lar oʼrganiladigan yangi mavzu haqida tasavvurga ega boʼladi.
Xulosa qilinadigan boʼlsa, interfaol usullar - tarix taʼlimi va tarbiya sifatini yaxshilash, samaradorligini oshirish, oʼqituvchi (pedagog) va taʼlim oluvchi (oʼquvchi, talaba)lar, oʼquvchi (talaba) va oʼquvchi (talaba)lar guruhi, shuningdek, jamoa oʼrtasida oʼzaro hamkorlikni qaror toptirish, gʼoyaviy va ruhiy birlikka erishish, yagona maqsad sari intilish, har bir taʼlim oluvchi (oʼquvchi, talaba)ning ichki imkoniyatlarini roʼѐbga chiqarish, shaxs sifatida namoѐn boʼlishi uchun zarur shart-sharoit hamda muhitni yaratishda katta imkoniyatlarga ega.
Interfaol usullar mohiyatiga koʼra taʼlimiy ѐki tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirishda maʼlum darajada samaradorlikka erishishni taʼminlasa-da, biroq, ularning har biri taʼlim ѐki tarbiya jaraѐnida mahsuldorlikni taʼminlash boʼyicha turli imkoniyatlarga ega. Shu sababli oʼqituvchi (pedagog)lar interfaol metodlarni tanlashda oʼrganilaѐtgan mavzu, muammo ѐki hal qilinishi lozim boʼlgan masalaga eʼtibor qaratishlari maqsadga muvofiqdir. Qolaversa, interfaol metodlarning samaradorligi yanada oshadi, qachonki, ularni qoʼllashda taʼlim oluvchi (oʼquvchi, talaba)larning ѐsh, psixologik xususiyatlari, dunѐqarash darajasi, haѐtiy tajribalari inobatga olinsa. Bu oʼqituvchi (pedagog)lardan kasbiy mahorat, malaka, bilimdonlik, sezgirlik va intuitsiyaga ega boʼlishni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |