Malala Yusufzoy Men Malalaman Tik turib taʼlim olgan va tolibonlar


Download 0.59 Mb.
bet3/33
Sana02.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1421165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
1Malala Yusufzoy. Men Malalaman uz-assistant.uz

Oh, mayvandlik Malala
Pushtunlar sharaf qo‘shig‘ini tinglashi uchun yana o‘rningdan qo‘zg‘al! Sening sehrli so‘zlaring dunyoni o‘zgartirdi.
O‘tinaman, yana o‘rningdan tur!
Uyimizga kim kelishidan qatʼiy nazar otam tomonidan aytiladigan Malalay hikoyasini eshitishga majbur bo‘lardi. Men bu hikoyani qayta-qayta eshitishdan charchamasdim, otamning qo‘shiqlari qulog‘imga moydek yoqardi, ismimni aytib chaqirishganlarida faxr hissini tuyardim.
O‘z tug‘ilib o‘sgan yerimni dunyodagi eng go‘zal maskan deb bilaman. Svat vodiysi – serviqor tog‘lar, mag‘rur sharsharalar, tip- tiniq кўллар… Xuddi jannatga tushib qolgandek bo‘lasiz. Shunga mos ravishda vodiyga kiraverishdagi yo‘l chetida “JANNATGA XUSH KELIBSIZ!” degan yozuv qarshingizdan chiqadi. Qadim zamonlarda vodiyimiz Uddiana, yaʼni "bog‘" deb atalgan ekan. Bu yerda yovvoyi gullar bilan o‘ralgan o‘tloqlarni, sarxil mevali bog‘larni, zumrad konlarini va dunyodagi kamyob baliqlarga duch kelish mumkin bo‘lgan daryolarni uchratishingiz mumkin. Ko‘pchilik Svat vodiysini “Sharq Shveysariyasi” deb ataydi. Bu yerda Pokistondagi birinchi chang‘i kurorti tashkil etilgan. Pokistonning eng badavlat kishilari bu yerga vodiyning toza havosidan va so‘fiylarning musiqa va raqs festivalidan bahramand bo‘lish uchun tashrif buyurishadi. Ular bilan bir qatorda vodiydan chet elliklarning ham qadami uzilmaydi. Biz ularning hammasini “angrezan”, yaʼni ingliz deb atardik. Hattoki Angliya qirolichasining shaxsan o‘zi vodiymizga tashrif buyurgan va butun dunyoga dong taratgan Toj Mahal bilan bir xil marmardan qurilgan Oq Saroyda bir muddat yashagan. Bu saroy Svat vodiysining birinchi valiysi va hukmdori tomonidan qurilgan.
Vodiyning ham o‘ziga xos tarixi bor. Hozirgi kunda Svat vodiysi ko‘pchilik pokistonliklar KPK deb ataydigan Hiber Paktukva viloyatining bir qismi hisoblansa-da, ilgari Pokiston mamlakatidan mustaqil bo‘lgan. Qo‘shnilarimiz Chitral va Dir singari o‘zimizning alohida qirolligimiz bo‘lgan. Mustamlaka paytida vodiy qiroli inglizlarga nomigagina bo‘ysunar, mamlakatni esa o‘z bilganicha boshqarardi. Britaniya 1947 yilda Hindistonga mustaqillik berib, uni
ikkiga bo‘lib yuborganidan keyin bizning hududimiz Pokistonga o‘tib ketgan, ammo muxtoriyat huquqi saqlanib qolgan. O‘zaro muomalada Pokiston rupiyasidan foydalansak ham, Pokiston hukumati faqatgina tashqi ishlarimizga aralasha olgan. Hukmdorimiz jumhuriyatimizda adolatni tiklagan, o‘zaro ziddiyatdagi qabilalarni yarashtirib, daromadning 10 foizi miqdorida olinadigan ushr solig‘ini yo‘llar, shifoxonalar va maktablar qurilishiga yo‘naltirgan. Pokiston poytaxti Islomobod bilan o‘rtamizdagi masofa 160 chaqirimni tashkil etsa ham, mamlakat bizga begonadek tuyilaveradi. Sayohat kamida 5 soat davom etadi va siz yo‘l-yo‘lakay qadim zamonlarda ingliz qo‘shinlariga qarshi kurashgan buyuk ulamo Mulla Saydulloh (inglizlar telba Faqir deb atashgan) sharafiga nomlangan Mullaqand dovonining go‘zalligidan bahramand bo‘lishingiz mumkin. O‘sha inglizlar orasida keyinchalik bu haqida kitob yozgan Uinston Cherchill ham bor edi. Garchi bu kitobda xalqimiz shaʼniga yaxshi gaplar yoziilmagan bo‘lsa ham, tog‘ cho‘qqilaridan biri “Cherchill cho‘qqisi” deb ataladi. Dovonning oxirida yashil gumbazli maqbara joylashgan bo‘lib, odamlar eson-omon manzilga yetib kelganiga shukronalar aytib, u yerga tanga tashlab ketishadi.
Deyarli hech qaysi tanishim Islomobodda bo‘lmagan. Boshimizga kulfatlar yog‘ilishidan oldin Svat aholisining aksariyat qismi vodiydan tashqariga chiqa olmagan.
Biz vodiydagi eng katta, umuman olganda, yagona bo‘lgan shahar – Mingorada yashardik. Dastlab kichik va osoyishta bo‘lgan bu shahar keyinchalik qo‘shni qishloqlardan odamlar ko‘chib kelishi ortidan ancha gavjumlashgan. Shahrimiz mehmonxonalari, kollejlari, golf maydonlari va milliy kashtachilik mahsulotlari, qimmatbaho toshlar va qo‘l mehnatidan tayyorlangan buyumlar sotib olish mumkin bo‘lgan taniqli bozori bilan mashxur. Shahar bo‘ylab Marg‘uzor soyi oqib o‘tadi. Plastik idishlar va poliyetilen paketlarga solingan axlatlarga to‘lib oqadigan bu soyning suvi odamlar tirikchilik uchun baliq ovlaydigan va biz bayramlarda tashrif buyuradigan shahar tashqarisidagi tog‘li hududdan oqib o‘tadigan Svat daryosining suvidan mutlaqo farq qiladi.
Bizning uyimiz shaharning Gulkada, yaʼni “gullar makoni” deb nomlangan dahasida joylashgan. Gulkadaning eski nomi “Butkara”, yaʼni “Budda haykali” bo‘lgan. Uyimiz yaqinida sirli xarobalar bilan qoplangan maydon yastanib yotadi. U yerda singan ustunlar, boshsiz tanalar, sakrashga tayyorlanayotgan sherning haykallari, toshdan yasalgan soyabonlarni uchratishingiz mumkin. Vodiyga islom dini XI asrda – Sulton Mahmud G‘aznaviy vodiyni bo‘ysundirganida kirib kelgan. Undan oldin vodiy buddaviylar hukmronligi ostida bo‘lgan. II asrda vodiyga kirib kelgan buddaviylar mamlakatni 500 yildan ko‘proq muddat davomida boshqargan. Xitoylik tarixchilar Svat daryosi bo‘yida
1400dan oshiq buddaviylik ibodatxonalari bo‘lgani, qo‘ng‘iroqlarning sehrli ovozi butun vodiyni qamrab olgani haqida yozib qoldirishgan. Bu ibodatxonalar allaqachon yo‘q bo‘lib ketgan bo‘lsa ham, Svat vodiysiga eltadigan barcha yo‘llarda, navro‘zgul va boshqa yovvoyi gullar orasida ibodatxona qoldiqlariga ko‘zingiz tushishi mumkin. Tabiat qo‘yniga chiqqanimizda biz jilmayib turgan buddaning tasviri tushirilgan qoyatoshlarni tomosha qilardik. Buddaning qadami jannatmakon vodiymizga yetgan, dafn etilgan kulining zarralari vodiy hududida hozir ham saqlanib qolgan degan rivoyatlar ham yo‘q emas.
Butkara qoldiqlari berkinmachoq o‘ynash uchun juda qulay edi. Bir paytlar bu yerda qazishma ishlarini olib borgan chet ellik arxeologlar qadim zamonlarda bu yerda ziyoratgoh bo‘lganligi, buddaviy podshohlarning qabrlari joylashgan tilla gumbazli haybatli ibodatxonalarni ko‘rish uchun bu yerga minglab odamlar tashrif buyurganligini aytishgandi. Otam musulmon masjidlari va buddaviylik ibodatxonalari yonma-yon kelib qolgani tasvirlab berilgan “Butkaraning yodgorliklari” sheʼrida shunday degandi:

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling