Malala Yusufzoy Men Malalaman Tik turib taʼlim olgan va tolibonlar


Download 0.59 Mb.
bet4/33
Sana02.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1421165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
1Malala Yusufzoy. Men Malalaman uz-assistant.uz

Minoradan haqiqat ovozi ko‘tarilganda Budda jilmayadi
Va tarixning uzilgan zanjiri qayta bog‘lanadi.
Biz Hindukush tog‘larining soyasida yashardik. Yovvoyi echki va tustovuqlarni ovlash erkaklarning sevimli mashg‘uloti edi. Bir qavatli uyimiz beton plitalaridan bunyod bo‘lgandi. Uyimizning chap tomonida bolalar doim kriket o‘ynaydigan maydoncha bor edi. Biz o‘yin o‘ynab bo‘lishimiz bilan otam va uning do‘stlari u yerda o‘tirib choy ichishga odatlanishgan, men ham tomga chiqib olib, qo‘shnilarning mo‘risidan chiqqan tutunlarni tomosha qilishni xush ko‘rardim.
Vodiymiz mevali daraxtlarga to‘la, anjir, anor va shaftoli kabi mevalarning dong‘i yon atrofdagi hududlarga ham ketgandi. Bog‘imizda uzum, murut va xurmo daraxtlari bor edi. Old hovlimizda olxo‘ri daraxtidan meva olish uchun doimo qushlar bilan kurashardik va aksariyat hollarda qushlar bu kurashda g‘alaba qozonishardi.
Qushlar bilan suhbatlashish onamning sevimli mashg‘uloti edi. Hovlimizning orqa tarafida mahallamiz ayollari yig‘iladigan ayvon bor bo‘lib, ochlik nima ekanligidan yaxshigina xabardor bo‘lgan onam har doim qo‘shimcha ovqat pishirib, muhtojlarga tarqatardi. Ovqatning qolgan qismi qushlarga nasib etardi. Biz pushtun tilida aytiladigan “tapi”, yaʼni ikki misrali qo‘shiqlarni kuylashdan olam-olam zavq tuyar, onam esa qushlar uchun don sepayotib, shunday derdi:
Bog‘dagi kabutarlarni o‘ldirmang,
birini o‘ldirsangiz, ikkinchisi kelmaydi.
Tomda o‘tirgancha purviqor tog‘larga boqib xayol surish jonu dilim edi. Piramida shaklidagi Elum cho‘qqisi tog‘ning eng baland joyi hisoblanadi. Shu qadar balandda joylashganidan pag‘a-pag‘a bulutlar uni marjon kabi o‘rab olgan. Yozning jazirama kunlarida ham u yerdan qor topish muammo bo‘lmaydi.Maktabda o‘tilgan tarix darslari orqali buddaviylar vodiymizga kelishidan ancha oldin, miloddan avvalgi 327 yilda,Aleksandr Makedonskiy minglab fillari va askarlari bilan Afg‘onistondan Hindiston tomon ketayotganida vodiyga bostirib kirganini bilib olganmiz. Svat aholisi xudolardan najot izlab, tog‘ning eng tepasiga chiqib olishadi. Biroq tadbirli Aleksandr yog‘ochdan yasalgan baland maydonchalar qurishni va ularga katapultalar o‘rnatishni buyuradi. Ushbu aslahalardan yog‘dirilgan o‘qlar cho‘qqining eng tepasigacha yetib boradi. Aleksandr o‘z hokimiyatining ramzi hisoblangan Yupiter yulduziga tegish uchun cho‘qqining eng tepasigacha yetib boradi.
Tomda o‘tirib tog‘lar ham fasllarga qarab o‘zgarishini bilib olganman. Kuzda etni junjiktiradigan salqin shabada esib turadi. Qishda esa hamma joy oppoq qorga burkanib, biz urib tushirishni kanda qilmaydigan tarnovga xanjardek qadalgan sumalaklarni ko‘rib ko‘zingiz quvnaydi. Biz bolalar yiqilib-surilib qorbo‘ron o‘ynaymiz, qorbobo yasaymiz, qor parchalarini qo‘limizga tutib olmoqchi bo‘lamiz. Bahor kelishi bilan tabiat uyqudan uyg‘onib, hammayoqni yashillik qoplaydi. Bodom gullari xonaga uchib kirib, onamdan boshqa hammaning ko‘zini quvnatadigan manzara hosil qiladi (Onamning bundan quvonmasligiga sabab – daraxt gullari bilan to‘la xonani supurish aynan uning zimmasida ekanligi). Shamol burnimizga guruch dalalarining iforini “tashib keltirish” bilan shug‘ullanadi. Men yozda tug‘ilganman, shu sabab bu oyda haddan ziyod issiq va quruq ob-havo hukm surishi ham, soy suvi odamlar tashlagan axlat bilan to‘lib oqishi ham bu faslga bo‘lgan muhabbatimga zarracha taʼsir o‘tkaza olmaydi.
Men tug‘ilganimda oilamiz juda ham kambag‘al bo‘lgan. Otam va uning do‘sti bir amallab maktabga asos solishgan, biz esa maktab ro‘parasidagi ikki xonali xaroba kulbada istiqomat qilardik. Men va ota-onam bir xonada uxlagan bo‘lsak, yana bir xona mehmonlar uchun mo‘ljallangandi. Bizda oshxona ham, hammom ham yo‘q edi, onam hovlidagi o‘choqda ovqat qilar, kirlar esa soy suvida yuvilardi. Uyimizdan doimo mehmon arimasdi. Mehmondo‘stlik pushtun millatining asosiy qadriyatlaridan biri ekanligini yuqorida aytib o‘tgandim.
Men tug‘ilganimdan ikki yil o‘tib kichik ukam Xushal dunyoga keldi. U ham xuddi mendek uyda tug‘ildi, baxtga qarshi, bu davrga kelib ham na shifoxona uchun, na doya uchun otamda pul yo‘q edi. Uning ismi yana bir
pushtun millati qahramoni Xushal xon sharafiga “Xushal” deb qo‘yildi. Sezib turganingizdek, maktabimizning nomi ham “Xushal maktabi” edi. Onam o‘g‘il bo‘lishiga chin dildan umid qilgani sabablimi, ukam tug‘ilganida quvonchdan baqirib yuborgan edi. Yangi tug‘ilgan ukacham mening ko‘zimga juda ozg‘in va kichik, puf desa egilib ketadigan qamish singari ko‘rinardi. Onam uni yeru ko‘kka ishonmas, uning har bir istagi so‘zsiz qondirilishi esa biroz g‘ashimni keltirardi. U har kuni nonushta dasturxonida choy, sut, shakar va xandon pista bo‘lishini talab qilardi, natijada esa onamning toqati toq bo‘ldi va tantiq o‘g‘lining bu erkaligini ko‘tarmay qo‘ydi. Ukam yap-yangi beshikda yotgan, modomiki, men tug‘ilganimda otamning yangi beshik sotib olishga qurbi yetmasdan, qo‘shnilarning ishlatilmayotgan beshigidan foydalanib turishga majbur bo‘lgan. Oradan deyarli besh yil o‘tib oilamizga yana bir mehmon tashrif buyurdi – Atalning porlab turgan ko‘zlarini alanglatishi bizga katta quvonch hadya qildi. Shundan so‘ng otam yetarlicha farzand ko‘rdim deb hisoblab, oilamizni boshqa kengaytirmaslikka qaror qilgan. Vaholanki, vodiy anʼanalariga ko‘ra 3 farzandli oila kichik hisoblanadi, aksariyat ota-onalar 7-8 nafardan farzand dunyoga keltirishadi.
Oramizda arzimagan 2 yosh farq bo‘lganligi uchun men asosan Xushal bilan o‘ynardim, ammo har safar o‘yinimiz janjal bilan yakunlanardi. U yig‘lagancha oyim tomonga chopar, men esa otamga shikoyat qilish uchun yugurardim.
— Nima bo‘ldi, Jani?, ― otam menga yuzida kulgi aralash savol berardi. Har qanday holatda ham otam meni yupatish uchun so‘z topa olardi. Otam bilan oramizda qanaqadir umumiy o‘xshashlik bo‘lib, har doim bir-birimizni tushuna olardik. Onam juda go‘zal ayol bo‘lib, vodiydagi boshqa erkaklar uchun esa bu xususiyat mutlaqo yot hisoblansa ham, otam uni yeru ko‘kka ishonmasdi. Onamning ismi Tor Pekay bo‘lib, bu ibora “qarg‘a kokil” degan maʼnoni bildirardi.Vaholanki, onamning sochlari malla edi. Bobom Janser Xon bu ismni onam tug‘ilishidan sal oldinroq Afg‘oniston radiosidan eshitgan ekan. Onamdek terisi nilufar gulidek oppoq, sarvqomat va sexrli jiloga ega yam-yashil ko‘zli bo‘lishni juda xohlardim, ammo menga otamdan qoramtir teri, jigarrang ko‘zlar va qalin burun meros bo‘lib qolgandi. Bizning madaniyatimizda odamlarning bir-biriga laqab qo‘yishi odat tusiga kirgan, tug‘ilganimdan boshlab onam meni “Pisho”, baʼzi qarindoshlarim esa “Lacho” deb chaqirishadi. Bu pushtun tilida “xandon pista” degan maʼnoni anglatadi. Umuman, bizda qop-qora odamni “oppog‘oy”, bo‘yi kichkina odamni esa “so‘tak” deb chaqirish tez-tez uchraydigan holat. Bu bizning odamlarimiz yumor hissiga boyligidan dalolat.
Oilamizda hammaning laqabi bo‘lgani singari dadam ham bu baxtdan mosuvo qolib ketmagan, biz uni “haysta” dada deb chaqiramiz, bu “kelishgan” degan maʼnoni anglatadi.
Taxminan 4 yoshligimda otamdan so‘ragan ekanman:

  • Ota, sizning rangingiz qanaqa?

  • Aniq bilmayman, biroz oq, biroz qora.

  • Xuddi sut bilan choyning aralashmasiga o‘xshab-a?

U bu gapimdan xandon otib kulganidan so‘ng, menga o‘z hayotida sodir bo‘lgan bir voqeani aytib bergandi. Otam yoshligida terisining qoraligidan juda tashvishlanganidan dalaga borib sigir sutini yuziga surgan va bu ishidan o‘zicha xursand bo‘lib, shundan so‘ng yuzi mo‘jizaviy ravishda oqarib ketishidan umidvor bo‘lgan ekan. Faqatgina onamni uchratib, terining rangi hech qanaqa ahamiyatga ega emasligini anglab yetganidan so‘nggina xotirjam tortgan, aqldan ozdiradigan darajadagi go‘zal qiz uni sevib qolganidan quvvat olgan ekan.
Jamiyatimizda bo‘lajak kelin yoki kuyovni faqatgina ota-onalar tanlashiga qaramay, ota-onam o‘zaro ko‘ngil qo‘yib, turmush qurgan barmoq bilan sanarli oilalardan biri bo‘lishgan. Men ularning dastlabki uchrashuvi to‘g‘risidagi hikoyani ming martalab eshitganman. Ular Svatning yuqori qismidagi Shangla deb nomlangan chekka qishloqda yashashgan. Otam birinchi marta amakisining uyiga taʼlim olish uchun borganida onam qo‘shni uyda yashaydigan ammasinikiga mehmonga kelgan. Bir-birlarini yoqtirib qolishlari uchun birgina qarash kifoya qilgan. Ammo bu jamiyatda hissiyotlarni oshkor qilish qatʼiyan man etiladi. Buning o‘rniga otam onam o‘qishni bilmasligidan bexabar holda quyidagi misralarni qog‘ozga bitib jo‘natgan:

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling