Mamadmusa mamadazimov


Download 320.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/26
Sana20.07.2017
Hajmi320.92 Kb.
#11685
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26

171

a tro fid a   a y la n is h   d a v ri  243  k u n g a  ten g lig in i  h am da  u  Q uyosh 
sistemasining  o ‘z  o ‘qi  atrofida  sharqdan  g‘arbga  aylanuvchi  yagona 
sayyorasi ekanligini m a’lum qildi (boshqa sayyoralar o ‘z  o 'q lari  atrofida 
g‘arbdan  sharqqa  aylanadi).
«Tong  yulduzi»  ning  bir  kuni,  y a ’ni  Quyoshga  nisbatan   o ‘z  o ‘qi 
atrofida  aylanish davri  117 kunga teng bo‘lib,  bir yili uning ikki kunidan 
biroz  ko'proqni  tashkil  qiladi.
1967-yilda uchirilgan «Venera-4» stansiyasiga o‘rnatilgan magnitometr 
yordam ida  o ‘tkazilgan  o ic h ash la r  Venerada  deyarli  m agnit  maydon 
yo‘qligini yoki  eng k o ‘pi bilan u Yer magnit maydoni kuchlanganligidan 
5000  m arta  kuchsiz  maydonga  ega  ekanligini  m aiu m   qildi.
1970-yilda  uchirilgan  «Venera-7»ning  planeta  sirtiga  q o ‘ndiriluvchi 
apparati  Zuhro  sirtiga muvaffaqiyat  bilan ohista qo‘ndirildi va  23  minut 
davom ida  atm osferaning  bosimi,  tem peraturasi  va  tarkibiga  tegishli 
m a iu m o tlarn i  o ic h a b   turdi.
Ayniqsa,  1975-yil  oktyabrda  Y erdan  sayyoraga  uchirilgan  «Venera- 
9» va «Venera-10» apparatlari, o ‘z «qo‘shnisi»ni o'rganish tarixida muhim 
o ‘rin  tu ta d i.  Bu  ik k a la   stan siy a  say y o ran in g   su n ’iy  y o ‘ ld o sh lari 
orbitalariga chiqarilib,  birinchi m arta ularning qo‘ndiriluvchi apparatlari 
sayyora  sirtining  ilk  tasvirlarini  Yerga  uzatdi  (93-rasm).  Bu  apparatlar, 
sayyoraning  sirt  tu p ro g 'id a  tabiiy  radioaktiv  elem entlar  m iqdorini, 
shamol  tezligini,  suv  bugiarining  atmosferadagi  miqdorini,  shuningdek 
uning  temperaturasi,  bosimi  va  yoritilganliklarini  oichadi.
1978-yili  esa  «Tong  yulduzi»  tom on  «mehmonga»  to ‘rtta  avtomatik 
stansiya  y o ig a   chiqdi.  Bulardan  ikkitasi  sobiq  Ittifoqning  «Venera-11», 
«Venera-12»,  qolgan  ikkitasi  AQSHning «Pioner-Venera-1»  v a  «Pioner- 
Venera-2»  stansiyalari  edi.
S tansiyalarning  q o ‘ndiruvchi  ap p aratlarig a  o'rn atilgan   kompleks 
asboblar,  sayyora  atm osferasi  gaz  va  bulutli  qismlarining  kimyoviy 
tarkibini  yana  ham  aniqroq  o ic h ash g a ,  bulutli  qatlam  strukturasi  va 
zarrachalari  konsentratsiyasi,  temperaturasi,  bosimi  va  zichligini  hamda 
uning  bir  necha  rayonlariga  tegishli  shamol  tezligini  o ich ash g a  imkon 
berdi.  V eneraning  sun’iy  y o id o sh i  b o iib   qolgan  «Pioner-V enera-1» 
qo'shim cha  tarzda  sayyora  atmosferasining  dinamikasi,  sirkulyatsiyasi, 
turbulentligi  va  issiqlik  balansiga  tegishli  m aium otlarni  Yerga  uzatdi.
X ulosa  qilib  aytg and a,  V eneraga  uchirilgan  kosm ik  a p p a ra tla r 
y o rd a m id a   u n in g   a tm o sferasi  va  sirtig a   tegishli  q u y id a g i  yangi
172

94-rasm. 
Veneraning ichki  tuzilishi
m a’lum otlar q o ig a  kiritildi:  sayyora atmosferasining bosimi juda yuqori 
bo‘lib,  u  90  atmosferani  ko‘rsatdi.  Uning  97  foizini  karbonat  angidrid, 
suv  b u g ia ri,  1,5  foizini  kislorod  tashkil  qilishi  m a’lum  b o id i.  Sayyora 
sirti  yaqinida  oichangan  uning  temperaturasi  +470  gradusgacha  (Selsiy 
shkalasida)  yetdi.  Zuhro  atm osferasida  ham   Yerdagi  kabi  ionosfera 
qatlami borligi aniqlandi, u taxminan  140 kilometrcha balandlikda b o iib , 
u  y erda  elektronlarning  konsentratsiyasi  b ir  kub  santim etrda  yarim  
milliondan  ortadi.  «Tong  yulduzi»ning  Yerga  yana  bir  «qarindosh»ligi 
shundaki, uning osmonida ham qalin bulutlar kuzatilib, ularning «tizgini» 
shamolning  q o ‘lida  b o ‘ladi.
Qizig‘i  shundaki,  sayyora  atmosferasida  bulutlar  bir  necha  qavatga 
ega.  Asosiy  bulutlar qatlamining yuqori chegarasi  taxminan  65  kilometr, 
pastki  chegarasi  esa  48-49  kilometr  balandlikda  yotadi.  65  kilometrdan 
to  85  kilom etrgacha  oraliqda  siyrak  tu tu n sim o n   q atlam   jo y lash ib , 
ultrabinafsha  diapazonda  yaxshi  k o ‘rinadi.
Zuhroning bulutlari  tuzilishiga  k o 'ra  bir necha  kilometrgacha  k o ‘rish 
mumkin  b o ig an   Yerdagi  siyrak  tum anga juda  o'xshab  ketadi.
«Pioner-Venera-2» bergan m a’lum otlarning tahlili,  Venera sirti o'zaro 
kuchsiz  bo gian g an   mayda  tuproqdan  tashkil  topganini  m a iu m   qildi. 
Dielektrik  singdiruvchanlik  metodi  bilan  aniqlangan  uning  zichligi  bir 
kub  santimetrda  1  grammdan  (sirtida)  4  grammgacha  (taxminan  3  metr 
chuqurlikda)  boiishini  bildirdi.
Sayyoraning  o ‘rtacha  zichligi  haqida  olingan  m a’lum otlar  asosida 
«Tong  yulduzi»ning  zichligi  Mars  va  M erkuriynikidan  ancha  ortiqligi 
aniqla_ndi.
173

U zoq  yillar  davom ida  olim larni  o ‘ylantirgan  sayyoraning  asosiy 
«tilsimi»  uning  sirtiga  tegishli  yuqori  temperaturasi  bo'ldi.  D arhaqiqat, 
Yerga nisbatan Quyoshga juda ham  yaqin bo‘lmagan va qalin  atmosfera 
bilan qoplangan Zuhro sirtida temperaturaning bu qadar yuqori (+470°C) 
bo‘lishining  sababi  nimada  degan  tabiiy  savol  tug‘iladi.
G ap shundaki,  garchi sayyoraning qalin «to‘ni» -  atmosferasi ichidan 
Quyosh  nurlanishining juda  kam  miqdori  uning  sirtiga  o ‘tsa-da,  biroq 
bu  « to ‘n»  sirtid an   a jra lib ,  kosm ik  b o ‘shliqni  « k o 'zla g an »   issiqlik 
nurlanishiga  deyarli  yo‘1  bermaydi.  N atijada  «parnik  effekti»  deyiluvchi 
bu  effekt  sayyora  sirtining  qattiq  qizishiga  sabab  boigan.
Xulosa  qilib  shuni  aytish  mumkinki,  garchi  oxirgi  yillarda  «Tong 
yulduzi»ga  tegishli  talay  kashfiyotlar  qilingan  b o ‘lsa-da,  b iro q   hali  u 
bilan  bog'liq  ko‘plab jum boqlar  yechimini  kutadi.  Sayyoraga  aloqador 
k o ‘plab  «tilsim»larning  yechilishi  uchun  ancha  izlanishlar  qilish  talab  
etiladi.
Zuhroning  tabiiy  yo‘ldoshlari  topilmagan.
3-§.  Yer  sayyorasi
Biz  ustida  yashayotgan  osmon  jismi,  Quyoshdan  uzoqligi  bo‘yicha 
uchinchi o‘rinda turadi, o ‘rtacha uzoqligi  149,6 million kilometrni tashkil 
etadi.  Sayyoram izning  ekvatorial  radiusi  6378  kilometr,  y a ’ni  q u tb  
radiusidantaxm inan21  kilometrga ortiq.  Ver  Quyosh atrofida sekundiga 
30  kilometr  tezlik  bilan  harakatlanib,  uni  365,24  kunda  bir  m arta  to ‘la 
aylanib  chiqadi.  Bir  yilda  to ‘rt  fasl  kuzatilishining  sababi  Y er  o'qining 
orbita  tekisligiga  66,5  daraja  og‘maligi  tufaylidir.
Yer  o ‘z  o ‘qi  atrofida  yulduzlarga  nisbatan  23  soatu  56  minutyu  4 
sekundda to ‘la aylanib chiqadi.  Biroq uning Quyoshga nisbatan aylanish 
davri  biroz  uzunroq  b o iib ,  24  soatni  tashkil  qiladi.  Sayyoram izning 
Q uyoshga  nisbatan  aylanish  davrining  uzunligiga  sabab  Q uyoshning 
yulduzlar  oralig‘ida  yillik  ko 'rin m a  siljishidir  (bunday  siljish  Yerning 
Quyosh  atrofida  haqiqiy  harakatlanishi  tufayli  sodir  bo‘ladi}.
Yeming  o‘rtacha  zichligi  5,5  g/sm
3  ga  teng  bo'lib,  massasi  taxminan 
6.10
24  kilogrammni  tashkil  etadi.  Sayyoramizning  atmosferasi  minglab 
kilometr balandlikka cho‘zilgan, og'irligi qariyb 5 ming  160 trillion tonna 
keladi.  Bunday  «to‘n»  Yerda  hayotning paydo  boiishi  va  riv ojlanishida 
m uhim   rol  o 'y n ag an .  X ususan,  20-30  kilom etr  chamasi  b alan d lik d a
174

Konveklik  oqimktr
95-rasm. 
Yerning sirtqi va ichki  tuzilishi
joylashgan  ozon  qatlam i  Q uyoshning  qisqa  t o ‘lqinli  ultrabinafsha 
nurlarini  kuchli  yutib,  barcha  tirik jonivorlarni,  jumladan,  odamzotni 
ularning  xavfli  ta ’siridan  asraydi.  Atm osferaning  21  foizga  yaqinini 
kislorod,  taxminan  78  protsentini  azot,  qolgan  qismini  esa  boshqa 
gazlar: argon, karbonat angidrid va suv bug‘lari tashkil qiladi (95-a rasm).
Yer gidrosferasiga (Yer yuzidagi qattiq, suyuq va gaz holatidagi suvlaming 
majmui) ko‘ra  boshqa sayyoralardan  keskin  farq  qiladi.  Unda  faqat  suyuq 
holatdagi suvning hajmi  1 million 370 ming trillion kub metr boiib, umumiy 
maydoni  3  ming  610  milliard  kvadrat  metrga  teng.  Boshqacha  aytganda,  u 
Yer sirtining qariyb 71 foizini tashkil qiladi. Quruqlikning o'rtacha balandligi 
dengiz  sathidan  875  metr  b o ig a n i  holda,  dunyo  okeanining  o ‘rtacha 
chuqurligi  3800  metrgacha  boradi.  Suv  o ‘zining  ajoyib  xususiyatlari  bois 
Yerda  optimal  issiqlik rejimi  vujudga  kelishida muhim  rol  o'ynaydi.  Suvsiz 
organik  hayot  Yerda  vujudga  kela  olmasdi.
Suvning qattiq  b o ia g i -  muz  ham sayyoramizning  anchagina qismini 
egallab,  asosiy  qismi  Antarktida  va  Grenlandiya  quruqligini  qoplaydi. 
Uning umumiy massasi 24 ming 200 trillion tonnaga teng. Bordiyu bunday 
miqdordagi  muz  erisa  edi,  dunyo  okeanining  sathi  60  metrga  k o ‘tarilib, 
yana  quruqlikning  10  foizi  suv  ostida  qolgan  boiardi.
Yerning  qattiq  qatlami  litosfera  deyilib,  bu  qismda  sayyoramizning 
asosiy  qatlami  mujassamlashgan.  Garchi  bir  qarashda  litosfera  sirtida 
turib,  uning  ichki  tuzilishi  haqida  m a iu m o tg a   ega  b o iis h   mumkin 
emasdek tuyulsa-da, aslida sayyoramizning inertsiya momenti va zilzilalari 
asosida  uning  ichki  tuzilishi  haqida  yetarlicha  aniq  m aium otlar  olish 
mumkin.
Gap  shundaki,  seysmik  to iq in la r  bo'ylam a  va  ko'ndalang  b o iib , 
b o ‘ylama  toiqinda  zarrachalar  toiqinning  tarqalish  y o ‘nalishi  bo‘yicha
175

Quyosh 
shamoli
Zarbaviy 
'-O 'luvchisoha 
bosh to'lqin 
**
96-rasm. 
Yer  magnit  maydonining  strukturasi
siljigani  h olda,  k o ‘n d alan g  t o iq in d a   ularning  harakati  tarq a lish  
y o ‘n a lish i  b ila n   t o ‘g ‘ri  burchakni  ta sh k il  q ila d i.  K o ‘ n d a la n g  
toiqinlarning  tarqalish  tezligi  bo‘ylama  to ‘lqinlamikidan  katta  b o ia d i. 
Shuningdek,  seysmik  toiqinlar  turli  zichlikdagi  qatlamlar  chegarasidan 
qaytish  va  sinish  xususiyatiga  ham  egadirlar.  Bunday  m aium otlar  asos 
qilib  olingan  m etodlarga  tayangan  holda  litosferaning  ichki  tuzilishi 
haqida  yetarli  darajada  ishonchli  m aium otlar  olingan.
Xususan,  suyuqlik  zarrachalarining  k o ‘ndalang  to iq in   siljishiga 
qarshilik  qilm asligi  tufayli  k o ‘ndalang  to iq in la r   suyuqlikda  tarqala 
olmaydi.  Shu  asosda  litosferaning  quyi  chegarasida  suyuq  yadro  borligi 
asrimizning boshidayoq  aniqlangan  edi  (95-b rasm).  Keyingi  tadqiqotlar 
bu  yadro  asosan  ikki  -   radiusi  1300  kilometrgacha  yetadigan  qattiq  va 
uning  ustida  2100  kilometr  qalinlikdagi  suyuq  qismlardan  iboratligini 
m a’lum qildi.  Bu usullar yordamida bajarilgan  tekshirishlar litosferaning 
qattiq qatlami  ham  bir jinsli  b oim ay,  taxminan 40  kilometr chuqurlikda 
keskin  chegara  borligini  bildirdi.  Bu  chegaraviy  sirt  uning kashfiyotchisi 
nomi  bilan  M oxorovichich  sirti  deb  ataladi.  Bu  sirtdan  yuqori  qatlam 
litosfera  p o ‘stlog‘i,  osti  esa  mantiya  deb  yuritiladi.
Mantiyaning zichligi  3,3  g/sm3  dan  (Moxorovichich  sirtida)  5,5  g/sm3 

>  gacha  (yadro chegarasida)  ortadi.  Yadro chegarasida zichlik keskin  ortib 
9,4  g/sm 3  ni  tashkil  qiladi.  Yer  markazida  zichlik  14,5-18  g/sm 3  gacha 
tartibda  b o iib ,  mantiyaning  quyi  chegarasida  bosim  1  million  300  ming
176

atmosferaga boradi.  Yerning temperaturasi markazga tomon ortib borib, 
m antiyaning  quyi  chegarasida  Kelvin  shkalasida  5000  gradusgacha, 
m arkazda  esa  taxmiian 
10000  gradusgacha  boradi.
Y er  -   ulkan  m agnit  b o ‘lib,  uni  kom pas  strelkasining  sayyoramiz 
m a g n it  m ayd on i  ku ch  ch iz iq la rig a   p a ra lle l  tu rish i  uch un  
harakatlanishidan  bilish  mumkin.  Qizig‘i  shundaki,  geomagnit  qutblar 
Yer  qutblari  bilan  ustma-ust  tushmaydi.  Shimoliy  geomagnit  qutbning 
geografik  kengligi  78°,5  ni,  uzunlamasi  esa  290°  (sharqiy  uzunlama)ni 
tashkil  qiladi.  Boshqacha  aytganda,  geomagnit  o ‘q  Yer  o ‘qiga  11,5°  li 
b u rc h a k k a   o g ‘ish gan.  G e o m ag n it  m ay d o n n in g   k u ch lan g an lig i 
ekvatordan  qutbga  tomon  0,25-0,35  dan  0,6-0,7  erstedga  qadar  ortadi.
Y er atrofi fazosi geomagnit maydoni kuchlanganligining sayyoralararo 
doim iy  magnit  m aydoni  kuchlanganligidan  (5-10  gam m adan)  ortiq 
b o ia g i  Yer  m agnitosferasi  deyiladi.  Bu  sfera  Yer  o ‘qiga  nisbatan 
sim m etrik   b o ‘lm aydi.  M ag n ito sfera  Y ern in g   kunduzgi  to m o n id a 
«siqilgan» b o iib ,  8-14 Yer radiusicha  masofaga  cho'zilgani holda tungi 
tom onida sayyoramiz «magnit dumi»ni vujudga keltirib, bir necha o ‘nlab 
Yer  radiusi  masofasigacha  cho‘ziladi  (96-rasm).
Oxirgi yillarda sayyoramiz  osmon jismlarining ajralmas qismi sifatida 
aktiv o'rganilayotganiga qaramay hali  unga  tegishli muammolar qo‘shni 
sayyoralarnikidan  kam  emas.  Ayniqsa,  uning  ichki  tuzilishi  haqidagi 
m a’lum ot  hali juda  «kambag‘al»  hisoblanadi.
B iro q   Y er  « o ‘z  q o iim iz d a »   b o ‘lib,  b o sh q a  osm on  jism la rin i 
o'rganishga nisbatan uni tadqiq qilishda katta imkoniyatlarimiz borligini 
hisobga  olsak,  sayyoramiz  sirlarini  ochishga  katta  umid  bilan  qarashga 
asos  bor.
Y'erning  yagona  tabiiy  yoidoshi  -   Oy  bor.
4-§.  Oy  -   Yer  yo‘ldoshi
Oy  Yerga  eng  yaqin  osmon  jismi  bo‘lib,  u  sayyoramiz  yo‘ldoshidir. 
Oyning  Yer  atrofidagi  orbitasi  barcha  sayyoralarning  Quyosh  atrofida 
aylanish  orbitasi  kabi  ellips  shaklidadir.  Shu  tufayli  Oyning  Y erdan 
uzoqligi  biroz  o ‘zgarib  turadi.  U  Yerga  eng  yaqin  kelganda  (orbitaning 
perigeyida)  363400  kilometr,  eng  uzoqlashganda  (apogeyda)  esa  405400 
kilom etr masofada  bo‘ladi.  Oyning  diametri  3476  kilometr  b o iib ,  uning 
hajm i  Yer  hajm ining  ellikdan  bir  qism ini  tashkil  qiladi.  Oy  sirtida
177

tortishish kuchi Yerdagidan 6 marta kam.  Oy osmonda g‘arbdan sharqqa 
tomon siljib, 27  kun 8 soatda Yer atrofini bir marta to'la aylanib chiqadi. 
Oy o ‘z o ‘qi atrofida ham xuddi shuncha vaqtda bir marta aylanib chiqadi. 
Shu  bois  u  bizga  (ya’ni  Yerga)  doimo  bir  tomoni  bilan  ko'rinadi.  Oy 
o'zidan  nur  chiqarmaydi.  Quyoshdan  tushayotgan  nurlarni  qaytarishi 
hisobiga  bizga  ko‘rinadi.
Oyda atmosfera  deyarli yo‘q.  Oyning massasi Yerning massasidan  80 
marta  kichikdir.
Oyda  olam  qutbi  Yerdan  qaraganda,  atrofida  yulduzlar  aylanma 
harakat  qiladigan  Qutb  yulduziga  mos  kelmaydi.  Yerda,  O lam ning 
shimoliy qutbi Kichiq Ayiq yulduz turkumining a  yulduziga to‘ g‘ri kelsa, 
Oy  uchun  qutb -  Ajdaho yulduz  turkumining  ю  yulduziga to ‘g ‘ri  keladi 
va  u  yerda  shu  yulduz  atrofid a  b osh q a   yulduzlar  aylan m a 
harakatlanayotgandek tuyuladi (Oy o ‘z o ‘qi atrofida aylanganligi tufayli).
Oy  relyefida  Yernikiga  o'xshash  obyektlar  k o ‘plab  topiladi.  Oyda 
ham  pasttekisliklar,  tepaliklar  va  to g ia r   bor.  Bu  obyektlarni  birinchi 
marta  Galileo  Galiley  1610-yilda  Oyni  o ‘zi yasagan  teleskopdan  kuzatib 
topgan  edi.  U   pasttekisliklarga  «dengizlar»  deb  nom  bergan.  Dengizlar
Arzaxel
Borda
Nek far denyizi
Каре!la
lik denyizi
Messy e
Krizl.dar
denyizi
Prokl
Sokin lik denyizi 
Yuliy 
Ravshanlik denyizi
Alp toy
Bulutlar denyizi
NamUkla.r 
denyizi 
Ptolomery
Kepler
Bo'rontar
okeani
Kopernik
97-rasm.  Oy relyefming tasvirlanishi
178

degan  nom  shartli  ravishda  hozirgacha 
q o ‘llanilsa-da,  aslida  u  yerlarda  suvdan 
asar  ham  yo‘q  (97-rasm).
Oy  sirtida  ham  Yerdagi  kabi  vulqon 
otilishi hodisalari  b o iib   turishini  1958-yili 
sobiq  Ittifoq  Fanlar  Akademiyasi  bosh 
astronom ik  observatoriyasi  (Pulkovo) 
professori N.A.Kazirov aniqladi. 0 ‘sha yili 
olim   A lfons  krateridan  gaz  o tilish in i 
teleskopdan  kuzatdi.
Oydagi  togiardan  eng  yiriklari  Alp,
A p en in 
va  K avkaz 
t o g i a r i  
deb 
n om lan gan .  T o g ia r n in g   b a la n d lig i 
b a ’zan  

kilom etrgach a 
y eta d i.
Shuningdek, Oyda halqali to gia r ko'plab 
uchraydi  (98-rasm).  Sirklar deb  ataluvchi  yirik halqali  togiardan  Klaviy 
va  Shikkardlarning  diametrlari  200  kilom etrgacha  yetadi.  Yerdagi 
togiardan  farqli  o ia ro q ,  Oy  to g ia ri  k o ‘proq  tik  chiqqan  b oiad i.  Oy 
orqa  tomonining  relyefi  birinchi  marta  1959-yili  uchirilgan  «Luna-З» 
avtomatik  stansiyasi  olgan  rasmlardan  m a iu m   b o id i  va  Oyning  to iiq  
globusini  tayyorlashga  imkon  berdi.  Oy  orqa  tomonining  relyefi,  bizga 
ko'rinadigan old tomoni relyefidan biroz farq qilib, «dengizlar» deyiluvchi 
pasttekisliklar  kamroq  kuzatiladi.
«Luna-16», «Luna-20»,  «Luna-24» avtomatik stansiyalari Oy tuprog‘i 
va jinslaridan  namunalar  keltirdi.
« L u n a -17»  va  «Luna-21»  O yga  eksperim ental  laboratoriyalar 
(«Lunoxod-1»  va  «Lunoxod-2»)ni  eltdi.  Bu  laboratoriyalar  Oyda  bir 
necha  o ‘n  kilometrlik  masofani  o ‘tib,  uning  relyefi,  tuprog'i  tarkibi, 
seysmik  va  vulqonli  hodisalar,  kosmik  nurlar  hamda  shu  kabi  ko‘plab 
hodisalarni  uzoq  vaqt  davomida  o ‘rgandi.
Oydan  keltirilgan  tuproq  namunalarining  analizi,  Oy  tuprogi  asosan 
to ‘rt  xil  jinslardan:  mayda  donador,  g 'o va k   yirik  donador jinslardan, 
brekchiya deyiluvchi minerallar siniqlaridan va regolit (mayda zarrachalar 
va  changlar)dan  tashkil  topganligini  k o ‘rsatdi.  Bulardan  birinchi  uch 
xili  kim yoviy  jihatdan  bir  xil  b o i ib ,  regolit  esa  m eteor  m oddalar 
aralashmasidan iboratliligi aniqlandi va u Oy materiklari uchun xarakterli 
jins  degan  xulosaga  kelindi.
98-rasm. 
Oyning yirik  kraterli 
zonalari
179

99-rasm. 
Oy  sirtini  «Apollon»  ekipaji yordamida  tekshirish
1969-yilning  iyunida  AQ SH ning  «Apollon-11»  kosmik  apparatida 
ikki  astronavt  -   Armstrong  va  Oldringlar  Oyga  q o‘ndi.  Oy  ustida  ular 
uzoq  sayr  qilib,  Yerga  Oy  sirti  toshlari,  tuprog‘i,  kristallarini  olib 
qaytishdi.  «Apollon»lar  Oyga  12  astronavtni  muvaffaqiyatli  q o ‘ndirib, 
Oyning  relyefi,  fizik  tabiatiga  tegishli  qimmatli  m a’lumotlarni  q o ig a  
kiritishdi  (99-rasm).
O soyishtalik  «dengizi»dan  olingan  nam unaning  (« A p o llo n -11») 
tarkibi  40-45%  alyuminiy,  4-6%  titan  va  magniyga  ega  b o‘lib  chiqdi. 
B o ‘ronlar  «okeani»dan  olin gan   nam una  («A p ollon -12»)  esa  biroz 
boshqacha  b o iib ,  unda  titan  2-3  marta  kam,  magniy,  kobalt,  vanadiy 
va  skandiy  esa  aksincha  ko‘p  b o iib   chiqdi.  Agar  Yer va  Oy jinslarining 
kimyoviy tarkibi to‘g ‘risida gapirilsa, bu jinslarda anchagina farq topiladi. 
Bu masalada ayniqsa,  Oy changi deb  nomlangan  Oy sirti qatlami  tabiati 
jihatidan diqqatga sazovordir.  Uning tarkibi kristall siniqlari,  temir-nikel 
aralashmali shisha donachalari, bir jinsli tiniq shisha parchalaridan tashkil 
top gan   b o i ib ,  yuqori  vakuum   sharoitida  joylash gan i  tufayli  juda 
yopishqoqligi  m a iu m   b o id i.
Oyni o ‘rganishning tabiat fanlari uchun muhimligi, uning atmosferadan 
xoliligidadir.  Oyga  o'rnatilgan  kichik  teleskop  Yerdagi  katta  teleskoplar 
yordamida  olingan  osmon  jismlari  rasmlaridan  bir  necha  marta  sifatli 
materiallar  olishga  imkon  beradi.  Oyda  o ‘rnatilgan  o'rtacha  kattalikdagi 
observatoriya Yerdagi o ‘nlab observatoriyalar xizmatini a io  darajada o ‘tay 
olishi  mumkin.  Shuningdek,  muayyan  Yer  atmosferasi  elektromagnit 
nurlarining juda  kam  qisminigina  o ‘tkazib,  qolgan  qismlari  uchun  «tiniq» 
emas. Oyda esa  barcha to iq in  uzunliklarida Koinotni o ‘rganish imkoniyati 
mavjud. Kosmosdan sayyoramiz tomon turli to iq in  uzunligidagi nurlardan 
tashqari,  elementar  zarrachalarning  oqimi  ham  uzluksiz  kelib  turadi.  Bu
180

zarrachalarning  manbalari  portlovchi  yulduzlar,  tumanliklar  va  asosan 
Quyoshdagi  aktiv  hodisalardir.  Kosmik  nurlar  deb  yuritiluvchi  bu  oqim 
zarrachalari  turli  qiymatdagi  energiyaga  ega  boiadi.  Kosmik  nurlaming 
Yer  atmosferasida  ko'plab  yutilib  qolishi,  ulami  to ia   o ‘rganishga  imkon 
bernnaydi.  Oy  sirtida  turib  bu  nurlami  o'rganish  esa,  fiziklar  uchun juda 
sam_arali  b o iib   ko‘p  yangiliklar  bera  oladi.
Shuningdek,  Oyda qazilma boyliklar, qimmatbaho mineral va rudalar 
k o n i  b o iis h i  mumkinligi,  uning  tu p ro q   nam unalarini  o ‘rganishdan 
m a’ lum  b o id i.
Y aq in yillarga qadar Oyning kelib chiqishi haqida  hukmronlik qilgan 
gepotezani  biolog  Charlz  D arvinning  o ‘g‘li  m atem atik  va  astronom  
Djorris Darvin taklif qilgan edi.  Bu gepotezaga muvofiq, Oy Yerdan uning 
evoLyutsiyasining dastlabki bosqichida ajralib chiqqan deb tushuntiriladi. 
Sayyoralarning  Quyoshdan  ajralganligi  haqidagi  kosmogonik  gepoteza, 
hisoblashlar natijasida o‘zini oqlamagach,  Darvinning gepotezasi asosiga 
han*  putur  yetdi.
H ozirgi  davrda  Oyning  kelib  chiqishi  haqida  ikkita  gepoteza  mavjud 
b o ii b ,  bulardan  biriga  k o ‘ra  (Yuri,  Derbiger  va  Alven)  Oy  Quyosh 
atrofida  Yerga  yaqin  masofada  aylanuvchi  kichik  sayyora  b o ig a n   va 
v aq t o ‘tishi bilan Yerga yaqinlashib, u bilan «ushlanib» qolgan.  Natijada 
Y erning  tabiiy  yoidoshiga  aylangan.
Ikkinchi gepotezaga ko‘ra (B.Yu.  Levin  boshchiligidagi guruh) Oy Yer 
atro'fida  y ig ilg a n   chang  z a rra c h ala rid an ,  Y erning  m assasi  hozirgi 
massasining  qariyb  0,3-0,5  qismini  tashkil  qilgan  davrlarda  hosil  boigan. 
Bu g;epotezaga ko‘ra, Oyning «yoshi» Yerdan  100-200 million yilga kamroq 
boiLshi  zamonaviy  m aium otlarga  mos  kelishi  bilan  diqqatga  sazovordir. 
Bu ikki  gepotezadan  qay  biriga ko‘proq yon  berish  hozircha  qiyin boisa- 
da,  Oyning  ichki  strukturasini  va  yoshini  aniq  o'rganish,  yaqin  kelajakda 
bu  kosmogonik  muammoni  hal  qilishga  to ia   imkon  beradi.
Download 320.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling