Manasova Izumgul Syerdanovna Qosimov Xayriddin Olimovich ovqatlanishning gigienik asoslari
Download 3.56 Mb. Pdf ko'rish
|
OVQATLANISHNING GIGIENIK ASOSLARI oquv qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bankaning germitikligini tekshirish
- Tunukali konserva bankalarining ichki yuzasini ko’zdan kechirish
Ko’rsatkichlar
Tekshirish usullari Tashqi ko’rinishi: -ezilish, zang dog’larining mavjudligi; -bombajning borligi Ko’rish orqali Yorliqni tavsiflash, shtamp belgilarini o’qish Ko’rish orqali Zichligi Issiq suvli namuna 86 Bankaning ichki yuzasining holati Ko’rish orqali Organoleptik ko’rsatkichlar: rangi, hidi, konsistenstiya, ta’mi organoleptik Fizik-kimyoviy ko’rsatkichlar: -kislotaliligi; -quruq moddalarning miqdori; -osh tuzining miqdori Laboratoriya usullari Banka tublaridagi shtamp belgilarni o’qish uchun misollar; Banka tubidagi shtamp belgilar: MM 232 122A37 O’qish:1 - qator : MM - go’sht - sut sanoati indeksi; 23 - zavod nomeri; 2 - chiqarilgan yilning oxirgi raqami (2002 y); 2-chi qator: 1 - smena raqami; 22 - oy sanasi; A - oy indeksi (A-yanvar, B-fevral va h.k.), 37 mahsulotning assortiment raqami. "37 assortiment raqamli go’shtli konserva №23 zavodda chiqarilgan, 1 smena, 22 yanvar 2002 yil". Baliq konservasi 051086 137157 1R 1-qator 05 – sana; 10 – oy (oktyabr); 86- yil; 2-qator: 137- assortiment raqami; 157 – zavod raqami; 3-qator 1 – raqam smena; R- baliq ishlab chiqarish korxonasining indeksi Bankaning germitikligini tekshirish 87 Bankadagi yorliq olib tashlanadi, bankaga surtilgan yog’ artiladi va kanop ipga bog’lab qaynash darajasiga olib borilgan suvga tushiriladi. Bankani suv to’liq qoplashi shart va banka ustiga chiqqan suvning sathi 2-3,5 sm dan kam bo’lmasligi kerak. Shunday holda banka 5-7 daqiqaga qoldiriladi. Agar banka germetik yopilmagan bo’lsa, banka ustida suv pufakchalari hosil bo’ladi. Tunukali konserva bankalarining ichki yuzasini ko’zdan kechirish: A) qora-qora dog’larning bor-yo’qligi B) banka zirxlarini kovsharlashda hosil bo’ladigan metalli ortiqcha qadoqlanganligi V) sterilizastiya vaqtida mramor rangidagi dog’larning hosil bo’lganligi Usul talabalarning ilk bilimlarni nazorat qilish uchun ham, o’tilgan materiallarni mustahkamlash uchun ham qo’llanishi mumkin. Guruhni 2-3 tadan qilib kichik guruhlarga (KG) bo’linadi va har bir kichik guruh talabalariga savollar yozilgan varaqlarni tarqatib, 1-2 daqiqa davomida berilgan savolga yozma javobni yozish va bu varaqni boshqa guruh talabalariga o’tkazish va ulardan ularning varaqlarini olib u yerdagi savolga javob berish vazifasi beriladi va h.k. Shunday qilib, agar 6 ta kichik guruhcha tashkil etilgan bo’lsa (bitta stolda 2 tadan talaba), har bir varaqdagi savolga 6 tadan javob yozilgan bo’lishi kerak. 12 daqiqadan so’ng o’qituvchi tarqatilgan varaqlarni yig’ib oladi va harbir varakdagi javoblarni ovoz chiqarib o’qiydi hamda javobning to’g’ri yoki noto’g’riligi qarab javob bergan kichik guruh talabalariga baho qo’yadi. Ishni osonlashtirish uchun har bir kichik guruhni raqamlar bilan nomerlanadi, shunda olingan javoblarga muvofiq ularga baho qo’yish osonlashadi. Qaysi guruhdagi talabalar 6 ta savolga to’g’ri javob bergan bo’lsalar yuqori ball oladilar, 4 yoki 5 ta savolga to’g’ri javob berganlar esa "yaxshi", 3 ta savolga to’g’ri javob berganlar "qoniqarli", 3 tadan kam savolga to’g’ri javob berganlarga esa "qoniqarsiz" baho qo’yiladi. Download 3.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling