Маркетинг асослари


Narx‑navo siyosati: narx shakllanishining tarkibiy qismlari, narx belgilanishining shakllanishi


Download 1.66 Mb.
bet34/73
Sana19.06.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1612962
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   73
Bog'liq
portal.guldu.uz-MARKETING ASOSLARI

5.2. Narx‑navo siyosati: narx shakllanishining tarkibiy qismlari, narx belgilanishining shakllanishi


Narxlar xaridorlar va sotuvchilar tomonidan savdolashuv davomida belgilanadi, tarixan shunday bo’lib qolgan. Bugunga kelib esa, yagona narxlar belgilanadigan, buning ustiga turli shakldagi bozorlarda turlicha narxlar qo’yiladigan bo’lib qoldi (18‑rasmga qarang).


Sof raqobat bozori - ko’psonli qandaydir o’xshash tovarni (aksiyalar) sotuvchilardan tashkil topgan. Alohida bir xaridor yoki sotuvchi tovarning narxiga katta ta’sir ko’rsatmaydi.





18‑rasm. Mumkin bo’lgan strategiya doirasi.


Monopolistik raqobat bozori yagona bozor narxida emas, balki keng diapazondagi narxlarda bitim tuzuvchi ko’plab sotuvchi va xaridorlardan iborat. Bu holat sotuvchilarning tovarning sifati, xususiyatlari va hokazolari bilan farq qiluvchi turli variantlarini taklif qilishlari mumkinligi bilan izohlanadi.
Oligopolik raqobat bir necha sotuvchidangina tashkil topadi, chunki da’vogarlar uchun bozorga kirish qiyindir. Shuning uchun sotuvchi narxlarni hushyorlik bilan kuzatib boradi. Bironta sotuvchi narxni tushiradigan bo’lsa, xaridorlar tovarni (mis, paxta) undan sotib ola boshlaydi.
Sof monopoliyada bozorda birgina sotuvchi bo’ladi.
Firma narxlar vositasi bilan aynan qaysi maqsadlarni ko’zlayotganligini hal qiladi.
Amalda quyidagicha bo’lishi mumkin:

  • yashovchanlikni ta’minlash - bu daromaddan muhimroqdir;

  • joriy daromadni maksimallashtirish;

  • bozordagi ulush yoki tovarlarning sifati jihatdan (narxlarni pasaytirish orqali - max.) birinchilikka erishish.

Narxni his qilish ruhiyati.
Ko’pchilik xaridorlar narxga sifat ko’rsatkichi deb qaraydilar.
Masalan, real bahosi 20 so’m bo’lgan odekolon shishasini 100 so’mdan sotish mumkin. Ko’pgina sotuvchilar toq raqamli narxlarni e’tiborni yaxshi jalb qiladi, deb hisoblaydilar, masalan, bir shisha odekolonning narxini 99 so’m deb qo’yishni ma’qul ko’rishadi.




Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling