Lokomotiv tovar: bu tovarlar har doim ham etakchi bo’lavermaydi, ammo o’zi bilan boshqa tovarlarni ergashtirib yuradi. “PHILIPS” televizori shu nomdagi changyutkichni ham o’z ortidan ergashtiradi.
Vagon tovarlar: ularni taktik tovarlar deyishadi. Masalan, ma’lum bir bozor shokolad bilan liq to’la (etakchi), bu bozorga yana pechene, keks va hokazolarni ham chiqarish mumkin.
Qush-tovar (provokator tovar): tovar o’zining past narxi bilan diqqatni tortadi (hatto u zararga ham sotilaveradi), ammo uning hisobiga boshqa tovar yaxshi o’tadi. Masalan, bir tovar onalarga mo’ljallangan, ammo bolalar uchun ham tovarlar bor, natijada onalar bolalarga mo’ljallangan tovarni ham xarid qilishga majbur bo’lishadi.
“Yangilik” tovar: firma turli sabablarga (ta’blarning, talabning, raqobat sharoitlarining o’zgarishiga) ko’ra yangi tovar ishlab chiqarishga o’tadi.
Marka - tovarni aniqlash va uni raqobatchilarning tovarlaridan ajratib turish maqsadida qo’yilgan nom, ramz, model yoki bularning majmuidir.
Markaga ega bo’lish - o’z nomiga, imidjiga ega bo’lish demakdir. Yaxshi sifati bilan mashhur bo’lgan tovar belgisi yaxshi nom chiqarishi va tovarning sifati uchun javob berishi mumkin.
“Yangilik” tovarni ishlab chiqarish quyidagi masalalar bo’yicha marketing tadqiqotlari o’tkazilishini talab qiladi:
Bu jihatlar aniqlangandan so’ng, ikkinchi fazaga o’tish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |