Strategik jihatdan qaraganda, firma marketingida ikki yo’nalish mavjud bo’lishi talab qilinadi, ular quyidagilarni ta’minlashi lozim:
1. Turli xildagi yangiliklarni (tovarlar, savdo usullari, o’tkazish uslublari va hokazolar) yaratish;
2. Tashqi (bozorlar, filiallar va boshqalar) va ichki (struktura, xarid vaziyatlari va hokazo) muhitdagi faoliyatning oqilona yo’llarini tanlab olish.
Firmaning tashqi va ichki muhitdagi faoliyatini muvofiqlashtirish strategiyalari quyidagicha bo’lishi mumkin:
1. Ish faolligini oshirish - yangi bozorlarga kirib borish, eski bozorlarga yangi tovarlarni kiritish.
2. Ish faolligini pasaytirish - mazkur bozorlarda rejalashtirilgan daromadni keltirmay qo’ygan tovarlarni sotishni to’xtatish, zarar keltirayotgan tovarlarni ishlab chiqarishni tugallash, faoliyatni boshqa bozorlarga yo’naltirish maqsadida bir bozordan ketish va hokazo;
3. Hamkorlik - o’z savdo tarmog’iga ega bo’lgan qo’shma korxonalar tashkil qilish va shu kabilar.
Marketingning qisqa muddatli, taktik mazmuni eng yaxshi deb tanlab olingan bozorlarda firma tovarlarining maksimal darajada xilma‑xilligini ta’minlashdan iboratdir.
Quyidagi taktik marketing usullari tavsiya qilinadi:
Yuqorida aytib o’tilganlarni hisobga olgan holda, asosiy maqsadlar belgilab olinadi:
xaridor va iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirish;
raqobatchilarga nisbatan ustunlikka erishish;
talab qilinayotgan bozor ulushiga ega bo’lish;
savdo hajmini oshirishni ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |