Bozor konyunkturasi — muayyan davrdagi bozor holati; bozorda muvozanatning mavjudligi yoki buzilganligi bilan harakterlanadi. Shunga koʻra Bozor konyunkturasi ijobiy va salbiy, qulay yoki noqulay boʻlishi mumkin. Bozor konyunkturasi talabning oshishi bilan harakterlansa, sotuvchi uchun qulay, chunki u tovarini qimmatga sotib, ortiqcha daromad kuradi. Agar bozorda taklif oshib ketsa, konyunktura haridor uchun qulay boʻladi — tovarni arzonga olib, naf koʻradi.
Bozor konyunkturasi ni oʻrganishda tahlil etiladigan asosiy masalalar: ishlab chiqarish, talab va taklif; tovar va uni sotish; xalqaro savdo; narxlar holatlari; 1—1,5 yil uchun oldindan ayrim taxminlar. Bozor konyunkturasi ayrim tovar ishlab chiqarish miqyosiga va sotib oluvchilarning harid qobiliyatiga, narxnavoga, modaning oʻzgarishiga qarab har xil boʻladi. Bozornknt kelajakdagi holatini — tovarlar taklifini ishlab chiqarishning texnikaviy ahvoli, unga sarflangan qoʻshimcha resurslar va ularning qaytim berish muddatlari, tovar zaxiralari oʻsishi, eksport va import, shuningdek narxnavodagi oʻzgarishlar yoʻnalishiga qarab aniqlash mumkin, ikkinchi tomondan, investitsiya summasi va tarkibiga korxona, tashkilotlar pul sarfining yoʻnalishiga qarab, shuningdek aholi harid qobiliyatini, uning tovarlar bilan taʼminlanishi darajasini hisobga olib tovarlar talabi oʻrganiladi. Bozor konyunkturasini oʻrganish marketingning zaruriy shartlaridan biridir. Buning uchun dastlab oʻrganilishi lozim boʻlgan obyekt aniqlanib, konyunktura maʼlumotlarini beruvchi manbalar va asosiy koʻrsatkichlar bilan tanishib chiqiladi, toʻplangan maʼlumotlarga tayanib bozor konyunkturasi ning haqiqiy holati aniqlanadi va istiqbollar belgilanadi.
Bozor konyunkturasi taxminlari millim, mintaqaviy va jahon bozorlariga, ayrim tovarlarga nisbatan aniklanadi. Bozor konyunkturasini oldindan koʻra bilish iqtisodiy tanglikka yoʻliqmaslik, bozor muvozanatiga erishish sharti hisoblanadi.
Maqsadli segmentni tanlash deganda nimani tushunasiz?
|
Bozor segmentatsiyasi - bu brendning umumiy manzilli bozor ulushini kichikroq guruhlarga bo'lish uchun aniq belgilangan mezonlardan foydalanadigan marketing strategiyasi. Har bir guruh yoki segment brendga yo'naltirilgan va maqsadli mahsulotlar, takliflar va tajribalarni yaratishga imkon beruvchi umumiy xususiyatlarga ega.
Brendning umumiy manzilli bozori turli ehtiyojlar, qiyinchiliklar, imtiyozlar va sotib olish mezonlariga ega bo'lishi mumkin. Bozor segmentatsiyasi ushbu segmentlarga moslashtirilgan xabarlar, mahsulot va xizmatlarni yaratish uchun maqsadli bozorning yo'naltirilgan qismlarini ajratadi.
Bozor segmentatsiyasi raqobatbardosh farqlovchi bo'lishi mumkin. Bozor segmentatsiyasi kampaniyalari orqali xizmat ko'rsatadigan mijozlar brendning xabarlari va mahsulotlari ularga maxsus moslashtirilganligini tushunishlari mumkin.
|
Tovarning raqobatbardoshligi deganda nimani tushunasiz?
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |