Ma’rupov akmaljon
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
BOTANIKA QOLLANMA
44 - §. QIRQQULOQLAR BO`LIMI 1. Qirqquloqlarning lotincha nomi? – qirquloqtoifa 2. Suv qirqqulog`ining suvdagi barglari asosida nima joylashgan? -- soruslar. 3. Qaysi qirqquloqning soruslarida ikki xil sporalar yetiladi? -- suv qirqqulog`i. 4. Anteridiy va arxegoniy uchi qachon ochiladi? -- yomg`ir paytida 5. Barg bo`laklari ham qisqa bandli bo`lgan o`simlik? -- zuxrasoch 6. Bo`yi 1sm keladigan o`simta? -- gametafit 7. Bu bo`lim vakillarida sporalari qayerda yetiladi? -- soruslar ichidagi sporangiylarda 8. Bu bo`limning daraxtsimon vakillari bormi,bo`lsa qayerda? -- bor; tropik va subtropik mintaqalarda 9. Gametofitdagi anteridiyda …xivchinli xarakatchan spermatozoidlar yetiladi? -- ko`p xivchinli 10. Gametofitga xos xususiyat? (3ta) -- yashil, yupqa, yuraksimon 11. Nam tuproqqa tushgan sporadan …o`sib chiqadi? -- gametafit 12. O`rta Osiyoda qirqquloqlarning qancha turi o`sadi? -- 32 13. O`zbekistonda qirqquloqlarni asosan qayerlarda uchratish mumkin?(3ta) -- to`g`lardagi o`rmonlarda, qoyalar soyasida, g`orlar ichidagi sernam tuproqlarda 14. O`zbekistonda qirqquloqlarning …turi bor? -- 15 15. Qirqquloqlar hayotiy shakliga ko`ra…o`simliklardir? -- ildizpoyali ko`p yillik 16. Qirqquloqlar qaysi belgilari bilan qirqbo`g`imlardan farq qiladi? -- bargining yirikligi spora beruvchi boshoqlarining bo`lmasligi 17. Qirqquloqlar qaysi jihatdan qirqbo`g`imlarga o`xshaydi? -- o`sishi 18. Qirqquloqlarda ko`payishning qanday turlari uchraydi? -- jinsiz, jinsiy va vegetativ 19. Qirqquloqlarda tuxum xujayra qayerda bo`ladi? -- arxegoniyda 20. Qirqquloqlarda urug`langan tuxum hujayrasidan…xosil bo`ladi? -- murtak 21. Qirqquloqlarda yangi qirqquloqcha nimadan o`sib chiqadi? -- murtakdan Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov @biologiya_fardu telegram kanali 49 22. Qirqquloqlarning barglari qanday tuzilgan? -- to`p patsimon qirqilgan 23. Qirqquloqlarning mamlakatimizda nechta turkumi bor? -- 10 ta 24. Qirqquloqlarning yer yuzida qancha turi bor? --10 000 25. Sorus ichida …bo`ladi, uning ichida…bo`ladi? -- sporangiy; sporalar 26. Sorus nima va vazifasi? -- qo`ng`ir rangli bo`rtmachalar; sporangiy saqlash 27. Soruslar qanday rangda bo`ladi? -- qo`ng`ir 28. Sporalar nimalar yordamida tarqaladi? -- shamol yoki suv 29. Sporali mevasi 4-8 ta bo`lgan o`simlik? -- suv qirqqulog`i 30. Sporangiy nimani ichida joylashgan bo`ladi? -- sorusni 31. Suv qirqquloqlarining bargi …tadan bo`lib o`rnashgan? -- 3 32. Suv qirqquloqlarining 2ta bargi…o`rnashgan va shakli? -- yashil; poyaning ikki tomonida 33. Suv qirqquloqlarining sporalari qayerda va qachon yetiladi? -- suvdagi bargining asosida; avgust va sentabr 34. Suv qirqquloqlarining uchinchi bargi …turadi va shakli? -- suv ichida osilib; mayda ipsimon; 35. Suv qirqquloqlarining zuxrasochdan farqi? -- sporali mevasida har xil sporalar hosil bo`ladi 36. Suv yuzida suzib yuradigan ipsimon ildizpoyali mayda o`simlik? -- suv qirqqulog`i 37. Yer betiga qirqquloqlar qanday chiqadi? -- bir to`p qirqilgan patsimon uzun barglari bilan 38. Yosh barglarining uchi …bo`lib, o`sagan sari…boradi? -- o`ralgan; yozila 39. Yurtimizda qirqquloqlarni qaysi turlarini uchratish mumkin? -- zuxrasoch, suv qirqqulog`i 40. Zuxrasoch bargi (poyasi) …simon? -- keng nashtarsimon 41. Zuxrasoch qayerlarda uchraydi? -- tog`larda, qoyalarning yoriqlarida, soya joylarda, buloqlarning bo`ylarida 42. Zuxrasoch…o`t? -- ko`p yillik o`t 43. Zuxrasochning sporalari qayerda va qachon xosil bo`ladi? -- bargining ostidagi soruslarda;iyun va avgust 44. Zuxrasochning uzunligi va bargi qanday murakkab barg? -- 10-40 sm; 2-3 karra patsimon Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling