Ma’ruza 1 “Lokomotivlarga texnik xizmat ko`rsatish asoslari” faniga kirish Ma’ruza rejasi
Hisobiy ko’rsatkichlarni aniqlash usullari
Download 0.62 Mb.
|
Фойдаланиш ва таъмирлаш маъруза 1-7
8.2. Hisobiy ko’rsatkichlarni aniqlash usullari
Temir yo’l transporti korxonalarining boshqaruv funksiyalarini kompleks bajarish uchun, temir yo’l transportining korxonalari faoliyatini baxolash va me’yorlash ko’rsatkichlari tizimi ishlab chiqilgan va qo’llaniladi. Ko’rsatkichlarning bir qismi uzoq muddatli iqtisodiy me’yorlar xisobi bilan korxonafaoliyatini rejalashtirishda qo’llaniladi. Xisob kitoblar natijasida olingan ko’rsatkichlarning katta guruhi korxonalar ishini nazorat qilish, baxolash va taxlil etish uchun xizmat qiladi. Lokomotivlardan foydalanish ko’rsatkichlari bajariladigan ishning xajmini aniqlash va uning sifatini baxolashni rejalashtirishga xizmat qiladi. Lokomotiv depolarining ishining son ko’rsatkichlariga quyidagilarni kiritish mumkin: Lokomotivlarning bosib o’tgan masofasi, lokomotiv-kilometrlar; Lokomotivlarning ish vaqti, lokomotiv-soat. Ushbu ko’rsatkichni xisoblash uchun birlamchi asosiy ma’lumotlar natur varag’idagi birlamchi ma’lumotlar xisoblanadi. Lokomotivlarning ishi, lokomotiv – soatlarda. Ushbu ish lokomotivning xar bir ishi va joyining turi bo’yicha xisoblanadi va shu bilan birga ta’mirlash yoki TO da bo’lgan va lokomotivlarning foydalanilmaydigan parkidagi lokomotivlar uchun xam xisoblanadi. Ko’rib chiqilgan xajmiy ko’rsatkichlar, lokomotivlardan foydalanishning samaradorligini kerakli darajada ko’rsatib berolmaydi va ularning ishini aniq bir davr mobaynida tahlil etib bera olmaydi. Ikkinchi guruh ko’rsatkichlari, bu sifat ko’rsatkichlari – lokomotiv va lokomotiv xo’jaligi ishini nisbatan aniq baxolash imkoniyatini kengaytiradi. Lokomotivlardan foydalanishning sifat ko’rsatkichlarini shartli ravishda uch guruhga bo’lish mumkin: Lokomotivdan foydalanish vaqti bo’yicha; Lokomotiv quvvatidan foydalanish bo’yicha; Lokomotivning ishlab chiqaruvchanligi bo’yicha. Lokomotivdan foydalanish vaqti bo’yicha baxolash uchun, aylanish uchastkasi yoki tortuv elkasidagi bir juft poezd tomonidan xizmat ko’rsatilishida sutka davomida uning aylanmasining elementlarini etarli darajadagi aniqlik bilan ko’rib chiqish lozim bo’ladi. Temir yo’lning aniq bir uchastkasida bir juft poezdga xizmat ko’rsatish uchun lokomotivning ketkazgan vaqti, lokomotiv aylanmasi deb ataladi. Ushbu vaqt bir nechta elementlar yig’indisidan iborat. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling