Maruza mashg’ulotining xronologik xaritasi Ishlash boskichlari
Download 0.94 Mb.
|
1-ma'ruza
Elektrostatik plotterlar (Elektrostatic plotters) - chizuvchi moslama yordamida maxsus elektrostatik qog’ozga bo’yoqlarni surkash asosida hosil qiluvchi rangli plotterlar.
Termografik plotterlar (Dizect Imaging plotters) - tasvirlarni issiqlik ta’sirida qorayuvchi maxsus qog’ozga chiqaruvchi plotterlardir. Bunda maxsus miniatyurli qizdirg’ichlar ishlatiladi. Monoxromli plotterlarning eng oddiyi va sifatlisi bo’lib (o’tkazish qobiliyati 800 dpi, chizish tezligi 50 mm./sek) juda keng tarqalgandir. Bunday plotterlarga CalComp DrawingMaster 600, CalComp DrawingMaster 800, OCE G9050-S plotterlari misol bo’la oladi. Lazerli plotterlar (Laser plotters) - tasvirlarni yarim o’tkazgich qatlami bilan qoplangan baraban yordamida hosil qiluvchi plotterlardir. Ya’ni lazer nuri bilan zaryadlangan qatlam quruq tonerni (bo’yoq kukunini) o’ziga tortadi va so’ngra uni baraban ostidan o’tayotgan qog’ozga ko’chiradi. Keyin esa, bu qog’oz maxsus Qizdirgich ta’sirida qizitilib, tonerlar yaxlitlanadi va qotiriladi. Bunday plotterlarning afzalligi- o’tkazish qobiliyatining yuqoriligi (800dpi), tezkorligi (50 mm./sek.), shovqinsiz ishlashi va to’liq avtomatlashtirilganligidadir. Ularga CalComp Solus 4-A0, OCE 9555, JDI 4000E kabi plotterlar misol bo’la oladi. YuQorida keltirilgan plotterlarning barchasi rulonli (o’ram shaklidagi) va planshetli (stol ustiga qo’yiluvchi tekis) hamda turli formatli (A0 dan to A7 gacha formatli) qog’ozlar bilan ishlay oladi, maxsus xotiraga ega (64 Mb gacha). Asosan HP, Canon va Xerox firmalari tomonidan ishlab chiqilib, loyihalash ishlarini avtomatlashtiruvchi tizimlarda qo’llaniladi. Digitayzerlar Digitayzerlar (digitizer) - tasvir va chizmalarni o’qib, so’ngra ularni mashina kodlariga aylantirib kompyuterga kirituvchi qurilmalardir. Ikkinchi nomi grafik planshetlar. Ular ikki qismdan, ya’ni asosi bo’lgan planshetdan va shu asos sathi bo’ylab siljuvchi pero yoki kursordan iboratdir. Pero yoki kursor tugmachasi bosilgan holda planshet bo’ylab siljitilganda, uning holati koordinatalari ketma-ket qayd qilinib kompyuterga uzatilib boriladi. Digitayzerlardan planshetga o’rnatilgan Qog’ozga foydalanuvchi chizayotgan rasmni ham parallel ravishda kompyuterga kiritish mumkin. Bu kiritilayotgan ma’lumotlar ingichka o’tkazgichlardan tashkil topgan to’r yordamida qayd qilinadi va signallarga aylantirilib kompyuterga kiritiladi. Digitayzerlar ikki turga elektrostatik va elektromagnit digitayzerlarga bo’linadi. Elektrostatik digitayzerlar - kursor ostidagi o’tkazgichlar to’ri elektrostatik potensialining o’zgarishiga asoslangan. Elektromagnit digitayzerlar - harakatlanayotgan kursorning o’tkazgichlar to’rida elektromagnit signallarni hosil qilishiga asoslangan. Zamonaviy digitayzerlarga CalComp DrawingFax 333644, CalComp DrawingBoapd 3400, GTCO Roil-up 2024R, Summa Grid, Kurta XLC, GTCO Super 1.22 (qattiq asosli, 1220x1524 mm. formatli), CalComp Drawing Board III 34180, Hitachi Puma Pro, GTCO Ultima, XLP (A3 formatli) qurilmalari misol bo’la oladi. 2.4. Kompyuterlarning qo’shimcha qurilmalari Bunday qurilmalarni xarid qilishingiz ham xarid qilmasligingiz ham mumkin. Lekin, bunday qurilmalarni xarid qilsangiz zarar qilmaysiz. Chunki, ular Sizning kompyuteringizga qo’shimcha imkoniyatlarni yaratib bera oladi. Quyidagi elektron Qurilmalar, zamonaviy kompyuterlarning qo’shimcha qurilmalarini tashkil qiladi: Kompyuterlar to’ri kartasi (Network - card); Modem kartasi (Modem - card); Web - TV va VGA-NTSC kartalari; Uzluksiz ta’minlash bloki; Antielektrostatiklar; Web-kameralar; Multiproyektorlar; Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling