Maruza mashg’ulotining xronologik xaritasi Ishlash boskichlari


Download 0.94 Mb.
bet8/12
Sana05.01.2022
Hajmi0.94 Mb.
#222310
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-ma'ruza

Termoprinterlar. Bunday printerlarning ishlash usuli matrisali printerlarga o’xshaydi. Faqat, bularda tasvirlar matrisa shaklida joylashtirilgan hamda qizdirilgan sterjenlarning qog’ozga urilib uning sathida qoldiradigan izlari orqali hosil qilinadi.

Fotoprinterlar. Kompyuterdagi yoki xotiralash qurilmalaridagi fototasvirlarni maxsus fotoqog’ozlarga bosib chiqaruvchi buyoqli printerlardir.

Bulardan tashqari, katta hajmdagi matnli ma’lumotlarni (masalan, telefon kanali orqali uzatilgan ma’lumotlarni) zudlik bilan bosmaga chiqarish maqsadida maxsus matrisali va lazerli (masalan, HP LfserJet 4Si, HP LaserJet 4V) printerlar ham, fotosuratlarni bosib chiqarishga mo’ljallangan maxsus fotoprinterlar ham ishlab chiqarilmoqda.

Keyingi yillarda, turli g’ayri tabiiy printerlar ham yaratilmoqda. Axborot vositalarida hatto, kompyuterdagi tasvirlarni turli rangdagi kremlar orqali tortlarning yuzasiga chizuvchi maxsus printerlar ham ishlab chiqarilgani to’g’risida ma’lumotlar ham tarqaldi.

Skanerlar

Skanerlar (Scanners) - qog’ozdagi matnli va grafik ma’lumotlarni, tasvirlarni, xar xil rasmlarni o’qib kompyuterga kirituvchi qurilmalardir. Ularning rangli va oq-qora (monoxrom) tasvirlarni kirituvchi 260 dan ortiq turi ishlab chiqilgan. Tuzilishiga va skanerlash usuliga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: qo’l skanerlari, varaqli skanerlar, planshet skanerlar, barabanli skanerlar, formalar skaneri hamda shtrix-skanerlar.

Qo’l skanerlari (Hand-scanners) - portativ skanerlardan bo’lib, skanerlash jarayoni rolik shaklidagi qurilmani ma’lumotlar yozilgan qog’oz ustida qo’l bilan harakatlantirish orqali kechadi;

Varaqli (stol) skanerlar (Leaf-scanners) – stol ustiga qo’yib ishlatiladigan skanerlar bo’lib, skanerlarning eng ko’p tarqalganidir. Standart o’lchamli varaqdagi ma’lumotlarni kirita oladi. Skanerlash sifati juda yaxshi. Asosiy kamchiligi - har bir varaqni alohida skanerlashidir. Varaqlarni navbat bilan qurilmaga avtomatik ravishda uzatib beruvchi vositasi yo’q;

Planshet skanerlar (Flatbed - scanners) - kseronusxa oluvchi qurilmaga o’xshash bo’lib, hujjatlarni, chizma va suratlarni kompyuterga kirituvchi eng qulay va sifatli skanerlardir. Skanerlash muddati bir necha soniyani tashkil qiladi. Bunday skanerlarning stol skanerlari deb ataluvchi turi hozirda keng tarqalgandir;

Barabanli skanerlar (Drum scanners) - shaffof materiallardagi ma’lumotlarni (slaydlarni, negativlarni va h.k.) kiritishga mo’ljallangan. Bunday skanerlarning o’quvchi qurilmasi harakatsiz holda bo’lib, katta tezlikda aylanayotgan maxsus silindrik barabanlar tasvirli materiallarni o’ziga o’rab oladi va shu ma’lumotlarni satrlar bo’yicha o’qib, kompyuterga kiritadi;

Formalar skanerlari (Form - scanners) - to’ldirilgan blankalardagi, anketalardagi, saylov byulletenlaridagi ma’lumotlarni kiritishga mo’ljallangan maxsus skanerlardir. Varaqli skanerlarning bir turi bo’lib, faqat bunda Qog’ozlarni avtomatik ravishda skanerga uzatuvchi vositaga ega. Shuning uchun ham ish unumi juda yuqori;

Shtrix-skanerlar (Trait-scanners) - qo’l skanerlarining bir turi bo’lib, mahsulotlarning qutilaridagi yoki etiketkalaridagi shtrix-kodlarni o’qib, kompyuterga kiritishga va ularni maxsus dastur yordamida dekodlashga (ya’ni matnli ma’lumotlarga aylantirishga) xizmat qiladi. Shu bilan birga bunday skanerlar kredit kartochkalari va smartkartalardagi kodlarni ham o’qish imkonini ham beradi.

Zamonaviy skanerlar, asosan Canon, HP va Microtek kabi kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilmoqda.

Ko’pfunksiyali qurilma (MFU – MnogoFunksionalnoye Ustroystvo)

Keyingi yillarda. turli qurilmalarni ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan bir-nechta qurilmalarning funksiyalarini birdaniga bajaradigan universal qurilmalarni ishlab chiqarishga katta e’tibor berilmoqda. Smartfonlar, kommunikatorlar, raqamli video-fotokameralar va flesh-pleyerlar kabi qurilmalar shular jumlasidandir. Shunday universal qurilmalar qatoriga ko’pfunksiyali qurilmalarni ham kiritish mumkin.

Ko’pfunksiyali qurilmalar – printer va skanerning funksiyalarini o’zida mujassamlagan qurilmalar bo’lib, bulardan tashqari ular ma’lumotlarni turli xotiralash qurilmalardan (flesh-karta, flesh-brelok va h.k.) kiritishga xizmat qiluvchi maxsus portlar bilan ham jihozlangandirlar. Bunday qurilmalar kompyutersiz ham xotiralash qurilmalaridagi ma’lumotlarni to’g’ridan-to’g’ri bosmaga chiqarish hamda skaner orqali kiritilayotgan ma’lumotlarni to’g’ridan-to’g’ri shunday xotiralash qurilmalariga yozish imkoniyatini ham beradi.


Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling