Maruza mashg’ulotining xronologik xaritasi Ishlash boskichlari
Download 0.94 Mb.
|
1-ma'ruza
Mikrofonlar. Ovozli ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga kirituvchi qurilmalar bo’lib, aktiv va passiv mikrofonlarga bo’linadi. Bunday qurilmalarga stolga qo’yiladigan Werbatim mikrofonlari misol bo’ladi.
Naushniklar. Quloqqa o’rnatiladigan mini-kolonkalardir. Bunday qurilmalarga Werbatim 41645, AIWA va keyingi yillarda ishlab chiqilayotgan mikrofonli naushniklar misol bo’ladi. Raqamli videokameralar. Tevarak atrofni tasvirga olib, olingan tasvirlarni raqamli kodlarga aylantirib o’zining xotiralovchi mikrosxemalariga yozuvchi qurilmalardir. Olingan tasvirlarni so’ngra kompyuterning xotirasiga kiritish yoki to’g’ridan-to’g’ri multiproyektorlarga uzatish mumkin. Bunday qurilmalarga Canon DM-MV400 videokamerasi misol bo’ladi. Raqamli fotokameralar. Tasvirlarni suratga olib, so’ngra ularni raqamli kodlarga aylantirib o’zining xotiralovchi mikrosxemalariga yozuvchi qurilmalardir. Bunday tasvirlarni ham so’ngra kompyuterning xotirasiga kiritish yoki to’g’ridan-to’g’ri multiproyektorlarga uzatish mumkin (1.19-rasm). Bunday qurilmalarga HP Photo Smart 215 fotokamerasi misol bo’ladi. Flesh-karta va flesh-breloklar. Mitti karta yoki brelok shaklidagi zamonaviy tashqi xotiralash qurilmalaridir. Sig’imlari bir-necha gigobaytga boruvchi bunday qurilmalar asosan, ma’lumotlarni saqlashga hamda tashishga xizmat qiladi. Kompyuterning USB portlariga ulanadi. Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari: Zamonaviy kompyuterlarning arxitekturasini qanday qurilmalar tashkil qiladi? Zamonaviy kompyuterlarning konfigutasiyasi nima va ular qanday necha xil bo’ladi Kompyuterlarning asosiy qurilmalari nima uchun “asosiy” va ular qanday qurilmalardan nashkil topgan? Kompyuterlarning tashqi qurilmalari nima uchun “tashqi” va ular qanday qurilmalardan nashkil topgan? Kompyuterlarning qo’shimcha qurilmalari nima uchun “qo’shimcha” va ular qanday qurilmalardan tashkil topgan? Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar: 1. Kompyuterlarning asosiy qurilmalarining vazifalarini aniqlang, ularning umkoniyatlarini baholang va asosiy qurilmalarning turlariga (markalariga) misollar keltiring; 2. Kompyuterlarning tashqi qurilmalarining vazifalarini aniqlang, ularning umkoniyatlarini baholang va tashqi qurilmalarning turlariga (markalariga) misollar keltiring; 3. Kompyuterlarning qo’shimcha qurilmalarining vazifalarini aniqlang, ularning umkoniyatlarini baholang va qo’shimcha qurilmalarning turlariga (markalariga) misollar keltiring; 4. Prays-listdan foydalanib yangi kompyuterni yig’ish uchun kerakli qurilmalarni tanlang va sarf bo’ladigan xarajatlarni hisoblang. Tavsiya qilingan adabiyotlar va internet ma’lumotlari: 1. Леонтьев В. Новейшая энцшлопедия персонального компьютера. М.,: Олма-пресс образование, 2009, 31-138; 2. Кушнир А.Н. Новейшая энцшлопедия персонального компьютера 2009. М.,: Эксмо, 2009, 17-25; 3. Левин А. Самоучитель работы на компьютере. Санкт-Питербург,: Питер, 2008, 17-35; 4. Симонович С., Евсеев Г., Мураховский Г. Вы купили компьютерю М.,: АСТ-Пресс, 2002, 20-75 ; 5. Жуманов И.И., Мингбоев Н.С. Ахборот технологиялари. 1-қисм. Самарқанд, СамДУ нашри, 2005, 41-91 бетлар; 6. Mingboyev N.S. Kompyuter bilan yuzma-yuz. Samarqand, SamDU nashri, 2010, 21-34. 7. IXBT (http://www.ixbt.com); 8. СофтКей.Инфо (http://www.softkey.info); 9. Компьютерная энциклопедия Кирилла и Мефодея (http://www.km.ru); Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling