Ma’ruza mashg‘ulotlarining o‘quv materiallari mavzu: kichik biznes va tadbirkorlikning ijtimoiy, iqtisodiy
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qayta tashkil etish va yopish tartibi
Download 494.02 Kb.
|
5 Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ma\'ruza matni
3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qayta tashkil etish va yopish tartibi
Bugungi kunda turli ko’rinishdagi tadbirkorlik subyektlari yurtimiz iqtisodiy yuksalishiga muhim hissa qo’shmoqda. Bozor iqtisodiyoti har bir tadbirkordan o’z faoliyatiga jiddiy yondashishni talab qiladi. Aks holda, foyda olish o’rniga zarar ko’rish ham hech gap emas. Mana shunday holatda korxona faoliyatini ixtiyoriy tugatish va to’xtatish tartibiga rioya qilishning ahamiyati kattadir. Xalqaro amaliyot anchagina mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyatini tugatish jarayoni soddalashtirilganligini ko’rsatadi. Tan olib aytish kerakki, mamlakatimizda yaqingacha korxonalarni ixtiyoriy tugatish tartibi yuzasidan amaldagi qonunchilikda ayrim muammoli masalalar mavjud edi. Xususan, ixtiyoriy tugatishni huquqiy tartibga solish va uni amalga oshirish to’g’risida alohida normativ-huquqiy hujjat mavjud emas edi. Tugatish jarayonida ishtirok etadigan davlat organlari (soliq, ichki ishlar, ro’yxatga oluvchi organ) va boshqa muassasalar (tijorat banki, arxiv) bilan bog’liq munosabatlar tartibga solinmagan va qat’iy muddatlar belgilanmaganligi sababli, tadbirkorlik subyektlari bu jarayonda sansolarlik va turli to’siqlarga duch kelar edilar. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini to’xtatish muayyan muddatga mo’ljallangan yoki butkul. Biroq faoliyatni vaqtinchalik to’xtatib turish imkoniyati mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi tadbirkorlik subyektlari uchun amal qilmaydi. Korxonani ixtiyoriy tugatish O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 iyuldagi 327-son qarori bilan qisman tartibga solingan, lekin amaliyotda vujudga kelayotgan muammolar ushbu jarayonni tartibga solish alohida huquqiy hujjat joriy etish ehtiyojini tug’dirar edi. Mazkur muammoga barham berish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 27 apreldagi “Tadbirkorlik subektlarini faoliyatini to’xtatish va ixtiyoriy tugatish tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga ko’ra, tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to’xtatish tartibi to’g’risidagi Nizom ishlab chiqilib, tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatishga oid tartib-taomillar belgilandi. Nizom talabiga muvofiq, korxonani ixtiyoriy tugatish to’g’risidagi qaror uning muassislari (qatnashchilari) tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qilinadi. Ushbu qarorda tugatuvchi – tugatish komissiyasi (uning a’zolari tarkibi) yoki jismoniy shaxs (pasporti ma’lumotlari), mo’ljallanayotgan tugatish muddati ko’rsatiladi. Tugatuvchi tayinlangan vaqtdan boshlab korxona ishlarini boshqarish bo’yicha barcha vakolatlar unga o’tadi. Tugatuvchi ixtiyoriy tugatish to’g’risida qaror qabul qilingandan so’ng keyingi ish kunidan kechikmay: a) ro’yxatdan o’tkazgan organga – ixtiyoriy tugatish to’g’risidagi qaror nusxasini; b) korxonaning talab qilib olinadigan asosiy depozit hisob raqamiga (keyingi o’rinlarda asosiy hisob raqami deb ataladi) xizmat ko’rsatuvchi bankka va korxonaning xorijiy valyutadagi mablag’lari jamlanadigan vakolatli bankka: ixtiyoriy tugatish to’g’risidagi qaror nusxasini; imzolar namunalari va tugatuvchi muhrining bosma izi qo’yilgan, notarial tasdiqlangan kartochkalarning ikki nusxasini; v) korxonaning milliy valyutadagi ikkilamchi depozit hisob raqamlariga, jamg’arma depozit hisob raqamlariga va muddatli depozit hisob raqamlariga xizmat ko’rsatuvchi banklarga — ularni yopish hamda mablag’larning mavjud qoldiqlarini uning milliy valyutadagi asosiy hisob raqamiga o’tkazish to’g’risidagi ariza-topshiriqnomani; g) korxonaning xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlari, jamg’arma depozit va muddatli depozit hisob raqamlari ochilgan banklarga – ularni yopish hamda mablag’larning mavjud qoldiqlarini uning depozit hisob raqamlariga, uning milliy valyutadagi asosiy hisob raqami ochilgan joyda ochilgan xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga yoki, agar uning asosiy hisob raqamiga xizmat ko’rsatuvchi bank vakolatli bank hisoblanmasa, boshqa vakolatli bankdagi xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga o’tkazish to’g’risidagi ariza-topshiriqnomani jo’natadi. Yuridik shaxsni ixtiyoriy tugatish to’g’risida qabul qilingan qaror haqida ro’yxatdan o’tkazuvchi organ xabardor qilingan kundan boshlab korxonaning moliya-xo’jalik faoliyati to’xtatiladi, shu munosabat bilan yer solig’i, yagona yer solig’i, mulk solig’i, suv resurslaridan foydalanganlik solig’i, shuningdek, barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha penyalarni hisoblab yozish to’xtatiladi. Tugatuvchi korxonani davlat reestridan chiqarish uchun ro’yxatdan o’tkazgan organga quyidagi hujjatlarni: bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda chiqqan korxonaning ixtiyoriy tugatilganligi to’g’risidagi e’lonni; davlat ro’yxatidan o’tkazilganlik to’g’risidagi guvohnomani; korxonaning barcha hisob raqamlari yopilganligi to’g’risida xizmat ko’rsatuvchi banklarning ma’lumotnomalarini; korxonaning muhr va shtamplarini; vakolatli organning, agar mavjud bo’lsa, chiqarilgan qimmatli qog’ozlarini bekor qilish to’g’risidagi ma’lumotnomasini; agar mavjud bo’lsa, barcha litsenziyalar (ruxsatnomalar)ning asl nusxalarini; davlat soliq xizmati organining soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha qarz yo’qligi to’g’risidagi ma’lumotnomasini; tugatilayotgan korxona qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjati Sud departamenti organlari ish yurituvida mavjud emasligi haqidagi Sud departamenti hududiy boshqarmasining yozma javobi; korxona hujjatlarining davlat arxiviga topshirilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomani taqdim etadi. Korxona muassislari (qatnashchilari), tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs tugatishning istalgan bosqichida faoliyatini tiklash va tugatish jarayonini to’xtatish to’g’risida qaror qabul qilish huquqiga ega. Biroq, tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsni ixtiyoriy tugatishning umumiy muddati ro’yxatdan o’tkazgan organ ixtiyoriy tugatish to’g’risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan boshlab to’kqiz oydan oshmasligi kerak. Ushbu muddatda korxona tugatilmaganda, shuningdek ixtiyoriy tugatish va korxona faoliyatini tiklash tartiboti to’xtatilganda yuqorida ko’rsatib o’tilgan imtiyozlar qo’llanilmaydi hamda barcha tegishli to’lovlar ularni hisoblab yozish to’xtatib qo’yilgan davr uchun to’liq hajmda undiriladi. Ro’yxatdan o’tkazgan organning tegishli davlat reestriga korxona tugatilganligi to’g’risida yozuvlar qayd etilgandan keyin korxona tugatilgan hisoblanadi. Download 494.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling