Maruza matni
maydonidagi harakatlar shu qadar tig‘iz, shu qadar tezkorki
Download 396.42 Kb. Pdf ko'rish
|
5-мавзу - маруза матни - копия
maydonidagi harakatlar shu qadar tig‘iz, shu qadar tezkorki,
endi ilgarigidek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo‘q, deb beparvo qarab bo‘lmaydi. Ana shunday kayfiyatga berilgan xalq yoki millat taraqqiyotdan yuz yillar orqada qolib ketishi hech gap emas”. OAVning ta’sir kuchi uning materiallari muayyan auditoriyaga mo‘ljallangani bilan ham belgilanadi. Masalan, ichki auditoriyaga mo‘ljallangan materiallarni yoshi, jinsi, ijtimoiy maqomi (kasb-kori), milliy, diniy mansublik kabi belgilarga ko‘ra farqlash mumkin. 39 OAV ijtimoiy hayotdagi muayyan voqea, hodisa yoki muammo yuzasidan axborotni etkazib berish orqali, uning jamiyat uchun ahamiyati, keng aholi qatlamlari uchun dolzarbligini ta’kidlaydi. Axborot oqimi hajman keng, mazmunan rang-barang, uzatilishga ko‘ra tezkor bo‘lgan bugungi kunda bu jarayon yanada chuqurlashib bormoqda. OAV muayyan xabarni uzatish yoki biror bir g‘oyaning mohiyatini ochib berish orqali uning o‘zlashtirilishiga, kishilar ongida barqaror tasavvurlar, obrazlar, qadriyatlarning shakllanishiga ham ko‘maklashadi. Sodda qilib aytganda, u ijtimoiy fikrga doimiy va izchil ta’sir o‘tkazish, uni shakllantira olish imkoniyatiga egadir. 40 OAV va kommunikatsiya texnologiyalari rivoji hozirgi davrdagi g‘oyaviy kurashga o‘ziga xoslik bag‘ishlamoqda. Bu jumladan, ma’lumotlar oqimi manfaatdorlik nuqtai nazaridan etkazilishida yoki ataylab qarama-qarshi xarakterdagi ma’lumotlarni poyma-poy berish orqali oxir-oqibatda odamlarning idrokini susayishtirishga intilishida yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu o‘ziga xoslik jamiyat a’zolaridan tizimli ravishda axborotning muayyan qatlamini yashirish, ularni muhokama ob’ektiga aylantirmaslikka intilishda ham yaqqol ko‘rinadi. O‘tgan asrning 40-yillarida “Reyter” agentligini boshqargan Kristofer Chansellor “Yangilikni targ‘ibotdan farqlash zarur. Targ‘ibot boshqa narsa, yangilik esa mutlaqo boshqa narsa. Inglizcha yoki amerikacha yangiliklar bo‘lmaydi, u xalqaro 41 tovardir”,- deb yozgan edi. Bugun mutlaqo boshqacha sifatiy holat yuzaga keldi. Har kuni dunyoda millionlab voqealar sodir bo‘ladi. Ammo kishilar diqqatiga OAV muayyan ijtimoiy-siyosiy kuchlar manfaatidan kelib chiqib e’tibor qaratgan masalalargina havola etiladi. Bu ularning hodisalarni yoritishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishini, muayyan ma’lumotlarni olish, talqin qilish, baholash va tarqatish orqali fuqarolarda tegishli fikr va xulosalar shakllanishiga xizmat qilishini ko‘rsatadi. Bu OAV ning ijtimoiy fikrni kerak bo‘lgan shaklga yo‘naltira olishi, u bilan manipulyasiya qila olishidan dalolat beradi. Mazkur jarayonda soxta, to‘qib chiqarilgan axborotni xaqiqat sifatida taqdim etish, voqelikni biryoqlama taqdim etish yoki buzib 42 ko‘rsatish, reallikni adekvat qabul qilishga yordam beradigan muhim, kerak elementlarni yashirishga alohida e’tibor berilishini ta’kidlash zarur. OAV muayyan axborotni etkazish, u yoki bu masalaga diqqatni qaratish orqali fuqarolarni uning atrofida birlashishlariga xizmat qiladi, turli ijtimoiy guruh vakillariga o‘z fikrlarini ifoda etish, fikrdoshlarni topish, yagona maqsad va e’tiqod yo‘lida yakdillik bilan harakat qilishga zamin yaratadi. Afsuski, zamonaviy voqelik OAVning bu funksiyasi faqat ijobiy mohiyatga emasligini ko‘rsatmoqda. OAV g‘araz maqsadlarga xizmat qilganda bu yaqqol ko‘rinadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, nemis olimlarining “Muhim axborotga ega bo‘lish hokimiyatga ega bo‘lish; muhim axborotni nomuhimidan 43 ajrata bilish yanada ko‘proq hokimiyatga ega bo‘lish; muhim axborotni o‘ziga ma’qul bo‘lgan ruhda tarqata olish imkoniyatiga ega bo‘lish yoki u haqida ko‘pchilikka hech narsa ma’lum bo‘lmasligiga erishish ikki karra hokimiyatga ega bo‘lishni anglatadi”,-degan fikrlari diqqatga sazovordir. Ma’lumotlarga ko‘ra, 30 minutdan keyin axborotning 60 foizi, kun oxiriga kelib 40 foizi, hafta oxiriga kelib bor yo‘g‘i 10 foizi esda qoladi. Shundan kelib chiqib, ijtimoiy fikrga ta’sir o‘tkazishga qaratilgan, turli g‘oyaviy mazmun bilan sug‘orilgan axborotlarni vaqti-vaqti bilan takrorlab turishga ham alohida e’tibor berilayotganini ta’kidlash zarur. OAV bu so‘z, obrazlar, musiqa va shu kabi shakllarda axborotlarning tezlikda uzatilishi va ommaviy tarqatilishini 44 ta’minlashga xizmat qiladi. Bunday vositalarga ommaviylik, davriylik, tinglovchi yoki o‘quvchilar auditoriyasining kengligi kabi xususiyatlar xosdir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, hozirgi davrda OAV imkoniyati va qamrovining keskin darajada o‘sganini qayd etish lozim. OAVning qamrov darajasi, boshqacha aytganda, mahalliy, umummilliy, mintaqaviy yoki xalqaro (global) miqyosda faoliyat ko‘rsatishi ham uning ta’sir doirasini ko‘rsatuvchi omillardan biri hisoblanadi. 1980 yilda tuzilgan CNN (The Cable News Network) kompaniyasi bugungi kunda 24 soat davomida axborot uzatish bilan shug‘ullanadi. Hozirda CNN tarkibida yangilik tarqatish bilan shug‘ullanadigan 14 kabel va sputnik kanallari, 2 ta 45 radiostansiya, 6 ta internet sayti va xorijiy mamlakatlardagi 37 ta byuro faoliyat ko‘rsatmoqda. CNN yangiliklari 38 ta kosmik yo‘ldosh signallari yordamida uzatiladi, uni 212 mamlakat va hududdagi 1,5 milliard odam bir vaqtning o‘zida ko‘rish imkoniga ega. 1991 yilning yanvarida aynan CNN yordamida Fors ko‘rfazida olib borilgan harbiy harakatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri teleefirga olib berildi. 2001 yilning 11 sentyabridagi terrorchilik amaliyoti haqidagi telesyujetlar ham shu kompaniya harakati tufayli butun dunyoga voqea sodir etilgan joydan to‘g‘ridan- to‘g‘ri uzatib turildi. Bi-bi-si eshittirishlar korporatsiyasiga (British Broadcasting Corporation, BBC) esa 20 dan ortiq telekanal va 14 ta radiokanal, 46 bir qator saytlar va 40 yaqin jurnallar tegishlidir. VVS 40 dan ortiq tillarda eshittirishlar olib boradi. Reyter axborot agentligida dunyoning 91 mamlakatida 14 000 xodim, shu jumladan, 2300 jurnalist, fotomuxbir va videooperatorlar ishlaydi. Reyter agentligi dunyoning turli mamlakatlarida 197 ta byurosiga ega. Agentlik xabarlari bilan har kuni 1 milliard odam tanishadi. Ushbu misollar ham bugungi kunda OAV qamrov doirasining naqadar kengligini muayyan darajada tasavvur qilish imkonini beradi. Axborot inqilobining hosilasini juda katta axborotni qayta ishlash, xohlagan mamlakat kutubxonasida saqlanayotgan kitoblardan foydalanish imkoniyatining mavjudligida ham ko‘rish 47 mumkin. Radio, televidenie, internet eng so‘nggi ilmiy yangiliklarni qisqa vaqtda butun dunyoga ma’lum qilish, ilm-fan, madaniyat, adabiyot va san’at yutuqlaridan har bir odam foydalana olishiga zamin yaratmoqda. Global miqyosdagi ijtimoiy va madaniy-ma’naviy maydon shakllanayotgani madaniyatlararo va sivilizatsiyalararo aloqalarning mustahkamlanishiga yo‘l ochmoqda. Yuqoridagi mulohazalar bugungi kunda turli shakl va mazmundagi axborotlar inson va jamiyat hayoti, taraqqiyoti va kamolotining zaruriy shartiga, OAV esa uni tarqatishning muhim bo‘g‘iniga aylanganini ko‘rsatadi. Xususan, radio, televidenie, gazeta va jurnallarsiz har qanday ma’lumotli kishi ham murakkab ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlarda to‘g‘ri yo‘l topa olishi 48 qiyin. OAV esa, kishilarga o‘zining individual tajribasi doirasidan chiqishga va keng qamrovli jarayonlar mohiyatini his qilishga yordam beradi. OAV odamlar ongi va hissiyotlariga, tafakkur tarziga, xulq atvorlariga ta’sir ko‘rsatishda katta imkoniyatlarga ega. OAVning bugungi kundagi rivoji g‘oyaviy ta’sir o‘tkazishning miqyosi va ko‘lamining keskin darajada o‘sishiga olib keldi. OAV orqali amalga oshiriladigan va katta mablag‘ talab qilmaydigan g‘oyaviy ta’sir va tazyiqning o‘ziga xosligi shundaki u o‘quvchi, tinglovchi yoki tomoshabinga sezdirilmasdan amalga oshiriladi va bevosita qurbonlarni keltirib chiqarmaydi. Axborot dushmanni yo‘q qilmagan, katta xarajatni talab qilmagan holda yuqori samara beradi. Bunda g‘oyaviy ta’sir yo‘naltirilgan 49 mamlakatlar aholisining xohish-istaklari, mentaliteti, mavjud muammolari jiddiy o‘rganilgan holda asosiy diqqat kishilar ongi va dunyoqarashiga ta’sir ko‘rsatishga, shakllangan qadriyatlarni o‘zgartirishga, ularning regulyatorlik rolini kamaytirishga yoki butunlay yo‘qqa chiqarishga qaratiladi. Bunday ta’sir o‘tkazishda davriy nashrlar tadrijiylik, radio va televidenie fragmentli uzatish usullaridan ustalik bilan foydalanishmoqda. Internet bugungi axborot makonining muhim bo‘g‘iniga aylandi. Hozirda internetdan nafaqat kompyuter tarmog‘i, balki kosmik aloqa yo‘ldoshlari, radiosignal, kabel televideniesi, telefon, uyali aloqa orqali ham foydalanish mumkin. Internet kishilar hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Bugungi 50 kunda 1 milliard 250 million kishi u yoki bu darajada undan foydalanishi ham mazkur fikrlarning to‘g‘riligini tasdiqlaydi. Bugungi kunda inson ma’naviyatiga qarshi yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan ulkan ziyon etkazishi mumkin. Mamlakatimiz Prezidentining bunday ogohlantirishlari jiddiy asosga ega ekanini internet keltirib chiqarayotgan bir qator salbiy jihatlarda ham yaqqol ko‘rinadi. Unda o‘z-o‘zini o‘ldirishning oson yo‘llarini targ‘ib qiluvchi 9 mingdan, erotik mazmunga ega 4 mingdan ziyod saytlarning mavjudligi ham buning isboti bo‘la oladi. Mutaxassislar o‘tkazgan maxsus tadqiqotlar mavjud 51 saytlarning taxminan 12 foizi pornografik xarakterga egaligini ko‘rsatadi. Mavjud maxsus dasturlar internet tarmog‘idagi pornografiyaning faqat 90 foizinigina filtrlaydi, ya’ni komyuterdan foydalanuvchining ixtiyoridan tashqarida ekranda paydo bo‘lishi yo‘liga to‘siq qo‘ya oladi. Demak, qanchalik harakat qilinmasin pornografik mazmunga ega saytlar internetdan foydalanuvchilarning xohish-istagidan qat’i nazar, ularning diqqatini torta oladi. Jumladan, tadqiqotlarda 42 foiz bolalar va o‘smirlar onlayn pornografiya ta’siriga tushishi qayd qilinadi. Shuningdek, mutaxassislar ma’lumotlariga ko‘ra, internet orqali tarqatiladigan komyuter o‘yinlarining 49 foizi sezilarli darajada zo‘ravonlik va yovuzlik ko‘rinishiga ega, 41 foiz jangari (turli otishmalar va portlashlarga asoslangan) o‘yinlarda esa o‘yin 52 qahramoni o‘z maqsadiga etishish uchun shunday zo‘ravonlik va yovuzlik sodir etadi. 17 foiz o‘yinlarda ana shu zo‘ravonlik va yovuzlikning o‘zi bosh maqsad hisoblanadi. Internet rivoji, u berayotgan imkoniyatlar o‘ziga xos qaramlikni ham keltirib chiqarmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha internetdan foydalanuvchilarning taxminan 10 foizi unga mustahkam bog‘lanib qolgan. Bu inson hayoti va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solayotgan va butun jahonda bamisoli balo-qazodek tarqalib borayotgan bunday xurujlarga qarshi kurashish hayotiy-amaliy ahamiyatga egaligini ko‘rsatadi. Ammo Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, bizning milliy ruhimiz va tabiatimizga yot Download 396.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling