Maruza matni
Download 396.42 Kb. Pdf ko'rish
|
5-мавзу - маруза матни - копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxs g‘ururi
G’urur. Ona tilimiz asrlar bo‘yi xalqimiz tomonidan
zargarona sayqal berilib, shunday mukammal qilib yaratilganki, u orqali har qanday ma’no va tushunchalarni, ularning eng nozik va harir jihatlarigacha aniq va tiniq ifodalash mumkin. Ya’ni necha ming yillar davomida xalqimiz ongi to‘lishib boravergan, unda hosil bo‘lgan tushunchalarni o‘z tub so‘zlarimiz bilan ham, o‘rnida jahon tillariga oid so‘zlar bilan ham, yangi-yangi so‘zlar yaratish vositasi bilan ham ifodalangan. Shu tariqa til bisoti boyib kelgan. Tilimizdagi g‘urur, faxr va iftixor so‘zlarini olib ko‘raylik. Bular bir-biriga yaqin ma’nolarni 28 anglatsa-da, ayni bir paytda, bir-biridan muayayn darajada farqlanuvchi tushunchalarni ham bildiradi. Shaxs g‘ururi - bu faxrdir. Har bir shaxs o‘zining yutuqlaridan mamnuniyat hissini tuyadi. Ota-ona qobil farzandlaridan, ustoz iste’dodli shogirdidan, yozuvchi yaxshi asaridan, bog‘bon so‘lim bog‘idan, millat o‘z merosi, iste’dodli farzandlari bilan faxrlanadi va hokazo. Inson o‘z kuchiga ishongan va bu bilan faxrlana olgan taqdiridagina biror narsaga erisha oladi. O‘z qadr-qimmatini anglash aqlli odamni yanada kamtarin, yanada sabotli qiladi. Kishi uchun o‘z qobiliyatidan ortiq darajada g‘ururlanishi ham, o‘z-o‘zini erga urishi ham yaramaydi. O‘z-o‘zligicha qola bilgan odamning g‘ururi bus-butundir. 29 O‘ziga ortiqcha bino qo‘ymoq, gerdaymoq, kekkaymoq, dimog‘dorlik - bular takabburlikka kiradi. Milliy g‘urur - bu milliy iftixordir. Milliy iftixor millat o‘zini yaxlit ijtimoiy birlik ekanligini ongli ravishda his qilishidir. Bu shunday bir kuchli ruhiy holatki, u tufayli tarixiy birlik, qon- qarindoshlik, til, madaniyat, ma’naviyat, iqtisodiy hayot va kelajak birligi millat vakillarining qalbidan chuqur o‘rin oladi. Download 396.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling