Maruza matni
va begona bo‘lgan ana shunday hodisalarni faqat tanqid va
Download 396.42 Kb. Pdf ko'rish
|
5-мавзу - маруза матни - копия
va begona bo‘lgan ana shunday hodisalarni faqat tanqid va
53 inkor qilish yoki ularni taqiqlashning o‘zi etarli emas. Bunday xatarlardan hayotimizni asrash, ma’naviy bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymaslik uchun avvalambor ezgu insoniy g‘oyalar bilan xalqimizning ongu tafakkurini va saviyasini yuksaltirish, jahon maydonida yuz berayotgan keskin aql- zakovat va iste’dod musobaqasida bellashuvga qodir bo‘lishimiz shart. OAVning mafkuraviy jarayonlar rivojiga o‘ziga xos va kuchli ta’sir o‘tkazayotganini quyidagi misolda ham ko‘rish mumkin. Ma’lumki, bugungi kunda internet ommaviy axborot va kommunikatsiya tizimining eng tez rivojlanib borayotgan bo‘g‘ini hisoblanadi. Uning g‘oyaviy kurash va targ‘ibotning asosiy maydoniga aylanganini ekstremistik, shu jumladan, diniy 54 ekstremistik qarashlarni targ‘ib qilishdagi o‘rni misolida ham ko‘rish mumkin. Diniy ekstremistlar va terrorchilarning internetdagi saytlarida tashkilotning maqsadi, tarixi hamda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy mazmundagi ma’lumotlarga keng o‘rin beriladi. Jumladan, terrorchilar kuch ishlatish yo‘liga o‘tishga go‘yoki majbur bo‘lganlarini asoslashga, terror va qo‘poruvchilik harakatlarini ma’naviy va axloqiy jihatdan oqlashga intilishadi, Bunda o‘zlarini “ozodlik kurashchilari”, “partizanlar”, “qarshilik ko‘rsatuvchilar” deb atagan holda tinchlik tarafdori qilib ko‘rsatishga va ular bilan kurashda hukumat tinch yo‘l bilan harakat qilish lozimligini asoslashga intilish keng tarqalgan. Ular o‘z saytlarida hukumat 55 tarafidan qo‘llanilayotgan usullarning “vahshiyligini” yoritishga ham alohida e’tibor beradilar. Tezkor axborotlar, yangiliklarning bir vaqtning o‘zida bir necha tilda va terrorchilar uchun foydali bo‘lgan yo‘nalishda berib borilishi, ularning faoliyatni oqlovchi, “qahramonligini” kuylovchi qo‘shiqlar, kliplar berilishi bunday saytlarning mafkuraviy hamda emotsional ta’sir quvvatini oshirishga xizmat qiladi. Bunday saytlar, bir tomondan, terrorchilik tashkilotining faol a’zolariga, ikkinchi tomondan, terrorchilarning asl maqsad muddaolarini bilmaydigan, ularni “kurashchilar”, “oppozitsiya” va shu kabi ijobiy maqom hamda sifatda qabul qilishga o‘rgangan odamlarga mo‘ljallangan bo‘ladi. Ulardan jamiyatda tegishli 56 ijtimoiy fikrni shakllantirish va qarma-qarshi (dushman) tomonga psixologik ta’sir ko‘rsatish, qo‘rquv, vahima tarqatish orqali ichki ikkilanishni keltirib chiqarishdek maqsadlar ko‘zlanadi. Ana shunday sharoitda axborot xavfsizligini ta’minlash uchun virtual olamda ham faol harakatlar olib borish zarur. SHundan kelib chiqib, ko‘pgina mamlakatlar axborot sohasida ustuvorlikni ta’minlashni strategik maqsadlarga erishish, milliy xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlashning asosiy yo‘llaridan biri sifatida e’tirof etmoqdalar. Bugungi kunda yoshlarimiz nafaqat o‘quv dargohlarida, balki radio-televidenie, matbuot, Internet kabi vositalar orqali ham rang-barang axborot va ma’lumotlarni olmoqda. Jahon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda 57 bolalarimizning ongini faqat o‘rab-chirmab, uni o‘qima, buni ko‘rma, deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan o‘rab olish, hech shubhasiz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu maqsad-muddaolarimizga ham to‘g‘ri kelmaydi. Nega deganda, biz yurtimizda ochiq va erkin demokratik jamiyat qurish vazifasini o‘z oldimizga qat’iy maqsad qilib qo‘yganmiz va bu yo‘ldan hech qachon qaytmaymiz. “Kimki axborotga ega bo‘lsa, u, dunyoga egalik qiladi”,- degan fikr bugungi kunda barcha tomonidan e’tirof etilgan. Shunday ekan, bugungi kunda har bir fuqaromizda axborot olami imkoniyatlaridan oqilona foydalanish malakasini shakllantirish hayotiy-amaliy ahamiyatga ega. 58 Ana shunday yondashuvdan kelib chiqib, mamlakatimizda mustaqillik yillarida zamonaviy texnik uskunalarga, keng va chuqur fikrlovchi kadrlarga ega bo‘lgan, yangicha mazmun- mohiyat kasb etadigan ommaviy axborot vositalari faoliyati uchun hamma sharoitlar yaratildi. 1991 yilda respublikamizda bor-yo‘g‘i 1 ta teleradiokompaniya mavjud edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda mamlakatimizda 70 dan ziyod teleradio studiya, 29 ta kabel televideniesi faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston matbuotining 40 foizdan ortig‘i nodavlat nashrlaridir. Jami 612 ta gazetadan 11 tasi, 165 jurnaldan 2 tasi xususiy sektorga tegishlidir. 59 Ommaviy axborot vositalari va ma’naviy-g‘oyaviy tahdidlar haqida gap ketar ekan, eng avvalo g‘araz maqsadlarda amalga oshirilayotgan tashqi g‘oyaviy ta’sirlar, mamlakatimiz hayotida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga xolis yondashuv bayrog‘i ostida berilayotgan bir yoqlama axborotlar va baholarning oldini olish, ularga qarshi ob’ektiv ma’lumotlarni kishilarga tezkor, tizimli va tadrijiy etkazib berish masalasi dolzarb bo‘lib turganini alohida qayd etish zarur. SHunday vaziyatda har xil shaklu shamoyilda chiqayotgan bunday urinishlarga qarshi xalqimiz hayotida sodir bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlar haqida hikoya qiluvchi chuqur tahliliy ma’lumotlarni muntazam berib borish, fuqarolarimizning ijtimoiy faolligini kuchaytirish, turli ijtimoiy toifa va guruhlarning qiziqish va intilishlari, hayotiy manfaatlarini 60 yoritish, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ham hayotiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalari oldida O‘zbekistondagi vaziyat, turli sohalarda erishilgan yutuqlar bo‘yicha ob’ektiv axborotlarni jahon jamoatchiligiga vaqtida etkazib berish hamda mamlakatdagi real voqelikning undan tashqarida ham to‘g‘ri va o‘rinli qabul qilishlariga erishishdek muhim vazifa borligini ham ta’kidlash zarur. Prezidentimiz so‘zlari bilan aytganda, insonning qalbi va tafakkuriga bevosita Download 396.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling