Maruza matni


Download 396.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana29.03.2023
Hajmi396.42 Kb.
#1305553
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-мавзу - маруза матни - копия

Milliy 
birdamlik 
tuyg‘usi 
milliy 
ongning 
negizidir. Milliy birdamlik etuk va mukammal ma’naviy fazilat 
sifatida, milliy ongi rivojlangan millatlarda to‘laroq namoyon 
bo‘ladi. Mahalliychilik va guruhbozliklar milliy birdamlik 
hissiyotining kuchsizlanishiga olib keladi. Milliy iftixor millat 


30 
ma’naviy kamolotining barcha jihatlarini, merosi va bugungi 
qadriyatlarni o‘z ichiga oladi. 
Milliy istiqlol natijasida erishilgan va erishilayotgan iqtisodiy 
va ma’naviy yutuqlar ko‘paygani sari O‘zbekiston bilan 
faxrlanish 
hissi 
kuchayib 
boraveradi. 
Milliy 
iftixor 
mamlakatimizning barcha fuqarolari uchun birdek tegishli va 
uning yuksala borishi uchun barcha fuqarolar barobar 
mas’uldirlar. 
Xulosa qilib aytganda, imonli odam risoladagi fuqarodir. Bu 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Parlamentimiz 
tomonidan qabul qilingan fuqarolikka doir qonun-qoidalarga ham 
mos keladi. Biz kelajagimiz taqdirini ana shunday fidoyi insonlar, 
o‘z ehtiyojlarini tafakkur tarozusida, imon ko‘zgusida idrok 


31 
etadigan, nafs balosidan forig‘ yoshlar qo‘liga topshirishimiz 
lozim. Bu yoshlar har qancha g‘ururlansa, faxrlansa arziydigan 
tarixi va qadriyatlari bor halqga, millatga, Vataniga xizmat 
qilishni o‘zlarining burchi deb qarashlari, shunday e’tiqodga ega 
bo‘lishlari zarur. Shuning uchun yoshlarimizda milliy g‘ururni 
tarbiyalash ishlarini har kuni va muntazam olib borish ular 
ma’naviyati yuksalishining garovidir. Yoshlarimizning har biri 
milliy g‘urur va milliy iftixor tuyg‘ularini o‘zlari ham shakllantira 
oladilar. 
Milliy g‘urur, avvalambor, har bir millat vakilining o‘z xalqi 
tarixini, ma’naviy, axloqiy qadriyatlari, istiqbolini bilishi va 
qadrlashi, shu bilan birgalikda, boshqa xalqlar va millatlarning 
ham milliy qadr-qimmatini, udumlari, tarixi, adabiyoti, san’ati va 


32 
madaniyatini adolatli ravishda himoya qilish, chuqur his etish va 
o‘rganish, hurmat qilish bilan bog‘liq faxrlanish tuyg‘usi bo‘lgan 
millatning insoniy fazilatidir. 
Milliy g‘urur yoshlarni o‘z kuchi, qobiliyati va iste’dodini 
milliy va umuminsoniy manfaatlar yo‘lida safarbar qilishga 
chaqiradi. O‘zbek xalqining yuksak milliy qadr-qimmati, or-
nomusi va shon-sharafi uning o‘ta mehribonligi va sof 
vijdonligiga asoslangandir. 
Milliy iftixor, eng avvalo, o‘zligini anglash, milliy ravnaqni 
ta’minlash yo‘lidagi hatti-harakat, o‘z millati istiqboli oldida 
mas’ul-likning beqiyos namunasidir. Milliy o‘tmishini yaxshi 
bilgan, uni qadrlay oladigan va ayni paytda, uni yangicha 
sharoitlar va holatlarda boyitib boradigan komil insondir. 


33 
Aks holda, milliy iftixor hissi shunchaki maqtanchoqlik 
vositasiga aylanib qolishi mumkin. Dunyoda 200 dan ortiq 
millatlar bo‘lsa, har bir millat o‘ziga xos fe’l-atvoriga egadir. 
Shuning uchun ham turli mintaqada yashayotgan xalqlar turlicha 
yashash tarziga, bir-biriga o‘xshamagan urf-odatlarga ega 
bo‘lishadi. 
Jumladan, o‘zbeklar diyonat, or-nomus, sharm-hayoni ijtimoiy 
hayot-ning hamma jabhalarida muhim fazilat deb qabul qilishgan. 
Shunday hislatlarga egalarki, ba’zan bu faqat «o‘zbekona fazilat» 
deb yuritiladi. 
Milliy iftixor tuyg‘usining yana bir jihati shundaki, u 
yoshlarning, eng avvalo, qaysidir millatga mansubligi, uning keng 
imkoniyatlaridan quvona olish fazilatigina emas, balki yashab 


34 
turgan zaminga, fuqaroligiga daxldor bo‘lgan mamlakatga 
munosabat belgisi hamdir. Milliy iftixori kuchli bo‘lgan yoshlar 
o‘z mamlakati bilan faxrlana oladi va uning taqdiriga befarq 
qaray olmaydi. Demak, bunday xalq o‘z istiqbolini chuqurroq 
anglaydi va unga sidqidildan xizmat qiladi. 
Milliy g‘urur, milliy o‘z-o‘zini anglash mazmun va mohiyat 
jihatidan o‘zaro aloqadorlikda bo‘lib, bir-birini boyitadi, 
to‘ldiradi, biri ikkinchisisiz mavjud bo‘lmaydi. 
«Biz sharq farzandi ekanligimizdan, o‘zimizning urf-
odatlarimizdan faxrlanamiz. Milliy qadriyatlarimizni asrash va 
hech qachon unutmaslik haqida ota-bobolarimizdan tarbiya 
olganmiz. Endi esa buni bolalarimizga ham o‘rgatayapmiz». 


35 
O‘tmishini bilmagan va e’zozlamagan xalqning kelajagi yo‘q. 
O‘tmish bizlar uchun ham, boshqa xalqlar uchun ham allaqachon 
qaytmas bo‘lib ketgan, ko‘z o‘ngimizdan olislashgan, tarix 
mulkiga aylangan davrdangina iborat emas, balki ahamiyati hech 
qachon yo‘qolmaydigan tag zamin, o‘q ildizimizdir. O‘tmish 
bizning tayanch nuqtamiz ekaniga shubha yo‘q. 
Shu bilan birga, siyosiy globallashuv hamda fan, madaniyat, 
ta’lim va axloq sohasidagi jarayonlarni ifodalovchi ijtimoiy-
madaniy globallashuv ham sodir bo‘layotganini yoddan 
chiqarmaslik zarur. Globallashuv jarayonining yana bir o‘ziga xos 
jihati uning mafkuraviy ta’sir o‘tkazish ko‘lamini haddan ziyod 
kengaytirib, beqiyos darajada tezlatib yuborganida ham 
ko‘rinadi.


36 
Mafkuraviy globallashuv axborot vositalarining rivoji va bu 
sohada sodir bo‘layotgan inqilob bilan bog‘liq. Mutaxassislar 
fikricha, insoniyat bugungi kunda yangi axborot inqilobini 
boshdan kechirmoqda va u kishilik jamiyati tarixidagi birinchi 
inqilob 
emas. 
Nutqning 
shakllanishi 
axborot 
uzatish 
imkoniyatlarini kengaytirgan bo‘lsa, yozuvning paydo bo‘lishi 
uni uzoq vaqt davomida saqlash va axborotni uning 
yaratuvchisidan ajratgan holda ulkan masofalarga etkazish, hatto 
zamonlararo olib o‘tishga yo‘l ochdi. Gazeta va jurnallarni nashr 
etishning yo‘lga qo‘yilishi yozma axborotni uzatishdagi tezkorlik 
va qamrovlilikni yanada kengaytirdi. Radio va televidenie esa 
axborotni ovoz va tasvir orqali uzatishni ta’minlab, uni yangi 
sifatiy bosqichga ko‘tardi. 


37 
Hozirgi axborot inqilobi oldingi davrlarda paydo bo‘lgan 
axborot uzatish usullarining ko‘pgina tomonlarini o‘zida sintez 
qilgan zamonaviy kompyuter texnologiyalariga asoslangan 
Internet kabi hodisalarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. 
Axborotni keng jamoatchilikka etkazib beruvchi matbuot, 
radio, televidenie kabi hodisalarni o‘zida birlashtiruvchi ommaviy 
axborot vositalari (OAV) jamiyat hayotiga ulkan ta’sir o‘tkazish 
quvvatiga ega. Qanday katta kuchga ega ekanini ularga nisbatan 
«to‘rtinchi hokimiyat» atamasi qo‘llanilishida ham ko‘rish 
mumkin. 
OAVning ta’sir kuchi beriladigan materiallarning tezkorligi, 
ko‘tarilayotgan masalalarning dolzarbligi hamda tahliliylik 
darajasi va mavjud muammolarning samarali echimlarini taklif 


38 
etishiga ko‘p darajada bog‘liq. Birinchi prezidentimiz I.Karimov 
ta’kidlaganlaridek, “Bugungi kunda zamonaviy axborot 

Download 396.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling