Maruza matni


Download 396.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana29.03.2023
Hajmi396.42 Kb.
#1305553
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-мавзу - маруза матни - копия

Andisha. Andisha - bu oqibatini o‘ylab yoki yuz-xotir qilib 


24 
yuritilgan mulohaza, ehtiyotkorlik hissidir. Andishali odam 
deganda, oqibatini o‘ylab ish qiladigan, yuz-xotirni biladigan, or-
nomusli, sharm-hayoli, iboli insonni tushunamiz. Odatda 
andishali odam betgachoparlik qilmaydi, farosat bilan ish tutadi. 
Nomus. Nomus - bu iffat, bokiralik ma’nolaridan tashqari 
kishining o‘z mavqeini saqlash, ulug‘lash va ardoqlash, xijolat 
tortish tuyg‘ularini, oila va ajdodlar sha’niga dog‘ tushirmaslik 
ma’nosini ham ifodalaydi. Odatda, nomusli odam ma’naviy 
qadriyatni moddiy boylikka alishishni o‘ziga ep ko‘rmaydi. 
Qonun taqiqlay olmagan narsalarni goho nomus taqiqlay oladi, 
degan 
naql 
ham 
bor 
halqimizda. 
Vijdon. Vijdon - bu kishining kundalik faoliyati, qilmishi, 


25 
fe’l-atvori uchun oila, jamoat, jamiyat va Vatan, millat oldida 
ma’naviy mas’uliyat his etishidir. 
Vijdon tug‘ma hislat deyuvchilar ham bor. Vijdon - 
kishilarning yashab turgan sharoitiga, olgan ta’lim-tarbiyasiga 
bog‘liq, deb hisoblovchilar ham mavjud. Vijdon ko‘p yoki oz 
bilimlilikka, boy yoki kambag‘al bo‘lishlikka, oddiylik yoki 
mashhurlik bilangina bog‘liq emas. 
Insof. Insof - bu adolat va vijdon amri bilan ish tutish tuyg‘usi 
va qobiliyati, ishda, kishilarga munosabatda halollik, to‘g‘rilik, 
barobarlik, tenglik, sofdillik va haqiqatgo‘ylikdir. O‘zgani o‘z 
o‘rniga va shuningdek, o‘z o‘rniga o‘zgani xayolan qo‘yib ko‘rish 
ham insofga kiradi. To‘q ochni, boy kambag‘alni, baxtli 
baxtsizni, tolei baland tolei zabunni, omadli omadsizni, sog‘lom 


26 
bemorni o‘z o‘rniga qo‘yib ko‘rolsa, va aksincha, ham xuddi 
shunday bo‘lsa, insoflilar safi kengayib boradi. 
Insof 
tushunchasi 
Sharq 
falsafasida 
shunday 
talqin 
etiladi. Insof - bu kishining ijtimoiy axloq me’yori nuqtai 
nazaridan o‘z hulq-odobini tartibga solishi va axloqiy 
baholashidir. Insof vijdonli odamning yoki ma’lum jamoatning 
jamiyatga yoki boshqa kishilarga nisbatan o‘z xulq-atvori uchun 
ma’naviy javobgarlik hissidir. Agar kishi biror ishni to‘g‘ri 
bajarsa, unda ichki qoniqish paydo bo‘ladi, vijdon pok bo‘ladi, 
atayin noto‘g‘ri bajarsa, insofdan chiqqan bo‘ladi. Insof kishini 
biror ishni qilishga undasa yoki qilishdan tortsa, bunda u qalb 
amri tarzida bo‘ladi. 


27 
Xullas, insof kishining jamiyat oldida, tevarak-atrofidagi 
kishilar oldida o‘z xatti-harakati bilan ma’naviy mas’uliyatini his 
etishining 
ifodasidir. 

Download 396.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling