Maruza matni


o’quv savol: O‘zbekistonga xuruj qilayotgan mafkuraviy


Download 396.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana29.03.2023
Hajmi396.42 Kb.
#1305553
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-мавзу - маруза матни - копия

 
1 o’quv savol: O‘zbekistonga xuruj qilayotgan mafkuraviy 
tahdidlar va ularning turlari. 35 daqiqa. 
1. Diniy ekstremizm va fundamentalizm. 
2. Buyuk davlatchilik va agressiv millatchilik. 
3. Narkobiznes. 
4. Xalqaro terrozim. 
5. Axloqsizlikni targ‘ib qiluvchi ommaviy axborot tizimlari. 
 Tarixiy qonuniyat: bir ijtimoiy tuzumdan ikkinchisiga o‘tish 
davida g‘oyaviy-mafkuraviy sohada ham muayyan muammolarni 
hal etish zaruriyati yuzaga keladi. 


10 
Mamlakatimizdagi 
barqarorlik 
va 
mustaqillikni 
mustahkamlashga halaqit beruvchilarning niyati istiqlol yo‘lidan 
borayotgan O‘zbekistondagi g‘oyaviy bo‘shliqni o‘z g‘oyalari 
bilan to‘ldirib, mamlakatimiz hududidagi beqiyos boyliklarga 
egalik qilish, xalqimizni o‘z siyosati, o‘z hukmronligiga 
bo‘ysundirishni, eng yomoni, mana shu muhim geopolitik 
maydonni o‘z ta’sir doirasiga olishdan iboratdir. 
Mustaqillikka erishganidan so‘ng mamlakatimizda eski 
mafkura 
asoratlariga, 
quruq 
safsatabozlikka, 
xalqimiz 
manfaatlariga zid bo‘lgan sobiq siyosiy va mafkuraviy 
tuzilmalarga barham berildi. Ijtimoiy adolat, xavfsizlik, ijtimoiy 
muhofaza, millati, dini va e’tiqodidan qat’iy nazar, fuqarolarning 
huquq va erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini, qonunning 


11 
ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan zarur chora-tadbirlar 
ko‘rildi. Jamiyatdagi sog‘lom ijtimoiy-siyosiy muhitni buzadigan, 
odamlar fikrini chalg‘itadigan noxush holatlarga barham berildi. 
Mamlakat va xalq manfaatlari yo‘lida birlashish, hamjihat bo‘lish, 
barcha imkoniyatlardan ehtiroslarga berilmay, aql-idrok bilan 
foydalanish yo‘li tutildi. 
Aslida «fundamentalizm» va «ekstremizm» g‘oyalarining 
Markaziy Osiyoga kirib kelishidan ko‘zlangan maqsad - dinning 
qadriyatlarini qaytadan tiklash emas, balki ana shu g‘oyalardan 
vosita sifatida foydalanish orqali mintaqada beqarorlikni, diniy va 
millatlararo nizolarni vujudga keltirish, oxir - oqibat esa 
hokimiyatni qo‘lga kiritishdir. Bu urinishlarda tuzatib bo‘lmas 
fojialarga olib kelishi mumkin bo‘lgan, tarix sahifasida qolib 


12 
ketgan xalifalikni tiklash g‘oyasiga ham zo‘r berilishi bilan 
bog‘liq. Bugun diniy ekstremizm va fundamentalizm oqimlari 
tomonidan Markaziy Osiyoda olib borilayotgan qo‘poruvchilik va 
terroristik harakatlar ham ana shunday maqsad, yo‘l va uslublarga 
tayanmoqda. 
O‘zlarini islom dinining «himoyachilari» deb ko‘rsatishga 
urinayotgan terroristlarning asl niyati chinakam islomiy 
qadriyatlarni tiklash emas, balki hokimiyatni qo‘lga kiritish, 
Markaziy Osiyodagi mamlakatlarni o‘zlari tanlagan yo‘ldan 
qaytarish va butun mintaqada o‘z hukmronligini o‘rnatishdir. 
Umuman, 
XXI 
asr 
boshidagi 
mafkuraviy 
kurashlarni targ‘ibotlar kurashi davri, deb tavsiflash mumkin. 
Bizga tahdid solayotgan mafkuralar «maftunkor», «ommabop» 


13 
bo‘lib ko‘rinsada, puxta, ilmiy texnologik asosga qurilganligi sir 
emas. Chunki ularning targ‘iboti oldingi va hozirgi zamonaviy 
mafkuraviy kurash usullariga ega. Faqat g‘oya, maqsad shakli 
o‘zgargan. Masalan, ana shunday g‘oyalardan biri «Xalifalik 

Download 396.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling