Maruza matni
Download 396.42 Kb. Pdf ko'rish
|
5-мавзу - маруза матни - копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Hizbut- tahrir»
- «Hizbut-tahrir»
- Yoshlar ma’naviyatiga yot tahdidlar va unga qarshi milliyg‘oyaviy tarbiya vositalari.
davlatini tuzish» g‘oyasidir. «Xalifa» so‘zining lug‘aviy ma’nosi
- «o‘rinbosar», terminologik ma’nosi «musulmon jamoasi va musulmon davlatining diniy hamda dunyoviy boshlig‘i» deb talqin etiladi. Xalifalik davlati mutlaq monarxiya tipidagi davlat bo‘lib, davlatni xalifa boshqaradi. Xalifalik davlatining boshqaruv tizimi islom-shariat qonunlari bilan belgilanadi. «Hizbut- tahrir» da’vo qilgan xalifalik davlati esa «Islom Nizomi» nomli kitobida bayon qilingan qonunlarga asosan boshqariladi. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)dan rivoyat qilingan ushbu 14 Hadisi sharifda aniq aytilgan: «Xalifalik mendan so‘ng, ummatim ichida 30 yildir, undan keyin podshohlik bo‘ladi». Hozirda «Hizbut-tahrir» tarafdorlari minglab begunoh kishilarning nohaq qoni to‘kilsa-da, xalifalik barpo etilishini majburiy, deb da’vat etmoqdalar. «Hizbut-tahrir» - sunniylik doirasidagi diniy-siyosiy partiya bo‘lib, 1952 yilda Quddus shahrida tashkil etilgan. Bu partiya falastinlik Taqiyiddin Naboxoniy (1909-1978) tomonidan, «Al- Ixvon al musliman» rahbari Sayid Qutb bilan kelisha olmay qolganlaridan keyin tashkil etilgan. «Hizbut-tahrir» (Ozodlik) partiyasi g‘oyasiga ko‘ra musulmon davlatlarida mavjud bo‘lgan tuzumni o‘zgartirib, «xalifalik» davlatini tuzishlik va bu maqsadni amalga oshirishlik uchun «Islom dini» niqobi ostida 15 «Ozodlik» partiyasiga asos solinib, bu «Hizbut-tahrir» partiya- sining idoraviy to‘plamlari va boshqa qonunlari ishlab chiqilgan. Yoshlar ma’naviyatiga yot tahdidlar va unga qarshi milliyg‘oyaviy tarbiya vositalari. Mustaqillikning dastlabki va eng oliy ne’mati o‘zligimizni anglab etish bo‘ldi. O‘zligini anglab etgan tafakkurning birinchi belgisi milliy g‘oya, milliy mafkuradan bahramand bo‘lishdir. Mamlakatimizdagi tinchlik va barqarorlik milliy mafkura doirasida uchrashi mumkin bo‘lgan ichki ixtiloflarning oldini oldi va uni keng miqyosda yoshlar qalbiga kirib borishiga imkon yaratdi. YOshlar ongi va tafakkurida o‘zgarish kuchayar ekan, ular o‘z hayoti va istiqbolini millat hamda mamlakat istiqboli bilan bog‘liq ekanligini chuqur his qila boshlaganini anglatadi. 16 «Dunyoda yoshlar ongi va qalbini egallashga» urinishlar saqlanib qolmoqda. Ayniqsa, yoshlar tafakkuri, dunyoqarashini shakllantirish masalalariga befarq bo‘lmaslik kerak. Demak, mafkuraviy tahdidning saqlanib qolishi yoshlarni ham o‘ylashga undaydi. Foyaviy tahdid yuzaki qaraganda birdan va bevosita ko‘zga tashlan-masligi mumkin. Chunki g‘oya inson ongi, tafakkurida shakllanadi. Shunga binoan, ongni, tafakkurni tahlikaga soluvchi har qanday tahdidlarning oldini olish, ularga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Dunyoviy fuqarolik jamiyatida har kim o‘z ishini qilishi, shug‘ullanishi, shuningdek, «din dinning ishini, davlat davlatning ishini qilishi kerak. Davlat diniy masalalarga aralashmaganidek, 17 din ham davlat ishlariga, siyosiy jarayonlarga aralashmasligi kerak. Agar yoshlarimiz orasida o‘z mamlakatida diniy qadriyatlarning rivoji, ma’naviy yuksalishning jamolini ko‘rishga xayrixohlar bo‘lar ekan, ular, birinchi navbatda, zamon farzandi, milliy g‘oya va milliy mafkura egasi bo‘lgan bilimdon va ma’rifatli inson bo‘lmog‘i lozim. Ular azaliy va abadiy ma’naviy qadriyatlarimizdan uzilmagan holda zamonaviy tafakkur darajasidagi bilim va idrokka ega bo‘lishlari kerak». Milliy g‘oya, milliy tafakkur va milliy mafkura yo‘lida yoshlar qanchalik birlashsa, jipslashsa jahon xalqlari ko‘z o‘ngida kuchimiz, mavqeimiz va o‘rnimiz shunchalik baland ko‘tariladi. Biz boshqa davlatlarga suyanib, boshqa davlatlarni panoh tutib, ularning etagidan ushlab yuradigan davlat, xalq emasmiz, 18 mustaqil siyosat, mustaqil tafakkur va mustaqil harakatlargina doimo boshqalarda hurmat va e’tibor uyg‘otgan. Mutelik, tobelik mevasi har qanday sharoitda millatning rivojlanishiga yo‘l bermaydi. Download 396.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling