Maruza matni
ta’sir o‘tkazadigan bu sohadagi faoliyatimizni xalqimizning
Download 396.42 Kb. Pdf ko'rish
|
5-мавзу - маруза матни - копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Seminarda ko’rib chiqiladigan savollar
ta’sir o‘tkazadigan bu sohadagi faoliyatimizni xalqimizning
ma’naviy ehtiyojlari, zamon talablari asosida yanada kuchaytirishimiz, yangi bosqichga ko‘tarishimiz zarur. 61 Aholining xolis va haqqoniy axborotga ega bo‘lishini ta’minlash, yurtdoshlarimizning madaniy saviyasi, bilim va dunyoqarashini oshirish, qadimiy an’analarimiz, tarixiy merosimizni asrab-avaylash va rivojlantirish, shu bilan birga, fuqarolarimiz ongida demokratik qadriyatlar, grajdanlik pozitsiyasini shakllantirish, yosh avlodni vatanparvarlik va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashni ommaviy axborot vositalari oldida turgan yana bir muhim vazifa sifatida qayd etish mumkin. Inson kundalik hayotida turli narsalardan foydalanadi. Inson ularni iste’mol qilar ekan har gal muayyan tartib-qoidalar, sodda qilib aytganda, madaniyatga rioya qiladi. Aytaylik, kiyim-bosh kiyish yoki oziq-ovqat iste’mol qilishning o‘ziga xos madaniyati 62 bor. Bugungi kunda axborot ham iste’mol qilinadigan tovarga aylangan ekan, har bir inson yoki alohida olingan jamiyat o‘zida uni iste’mol qilish madaniyatini tarbiyalashi lozim. Xo‘sh, axborot iste’moli madaniyati deganda nimani tushunish kerak? Axborot iste’moli madaniyati, eng umumiy ma’noda, axborot oqimidan inson manfaatlari, kamoloti hamda jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ma’lumotlarni qabul qilish, saralash, tushunish va talqin etish xizmat qiladigan bilimlar, qobiliyat va malaka tizimini anglatadi. Inson o‘zida bunday madaniyatni tarbiyalashi uchun nima qilishi zarur? Buning uchun u yoki bu axborotni eshitar ekan, har bir inson hech bo‘lmaganda “Bu axborotni kim uzatayapti?”, “Nima uchun uzatayapti?” va “Qanday maqsadda uzatayapti?” 63 degan savollarni o‘z-o‘ziga berishi, unga asosli javob topishga harakat qilishi kerak bo‘ladi. Ana shundagina turli g‘oyalar ta’siriga tushib qolish, taqdim etilayotgan ma’lumotlarga ko‘r- ko‘rona ergashishning oldi olinadi. Shakllangan axborot iste’moli madaniyati milliy manfaatlarimiz va qadriyatlarimizga zid bo‘lgan xabar, ma’lumotlarga nisbatan o‘ziga xos qalqon rolini o‘taydi, shaxs dunyoqarashi va xulqidagi sobitlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Seminarda ko’rib chiqiladigan savollar: 1. O‘zbekistonga xuruj qilayotgan mafkuraviy tahdidlar va ularning turlari. 2. Yoshlarda milliy g‘urur, milliy or-nomus va milliy iftixor fazilatlarini shakllantirish. Download 396.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling