Ma’ruza matnlari 1-Ma’ruza Mavzu: Sintaksis haqida ma’lumot. Sintaktik birliklarning uch tomoni Reja
Download 229.5 Kb.
|
O\'zbek tilining nazariy grammatikasi Ma\'ruza
5. Gap bo‘laklarining tartibi. O‘zbek tili morfologik jihatdan agglyutinativ tillarga kirganligi va ko‘p hollarda so‘z shakllari uning sintaktik o‘rinlarini ham tayinlab turganligi tufayli gap bo‘laklarining tartibi amorf tillariga nisbatan ancha erkin. Gap bo‘laklari tartibining o‘zgarishi ko‘pincha bu bo‘laklarning sintaktik o‘rnini va gapning umumiy mazmunini o‘zgartirmaydi. Masalan: Derazamning oldida bir tup o‘rik oppoq bo‘lib gulladi. (H.O.) Bir tup o‘rik derazamning oldida oppoq bo‘lib gulladi. // Bir tup o‘rik oppoq bo‘lib derazamning oldida gulladi. //Gulladi bir tup o‘rik oppoq bo‘lib derazamning oldida.
Lekin bu holat gap bo‘laklarining tartibi ma’lum bir me’yorga bo‘ysunmaydi, degani emas. O‘zbek tilida gap bo‘laklarining tartibi quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) so‘z birikmalari qismlari tartibining grammatik me’yorini ko‘rsatish; 2) gap (jumla)ning kommunikativ maqsadiga ko‘ra u yoki bu bo‘lakning ahamiyatliligini ko‘rsatish; 3) nutqning uslubiy xususiyatini aks ettirish va boshqalar. (Bu xususiyatlar haqida «Gap bo‘laklarining tartibi» mavzusiga qarang.) Shunday qilib, gap bo‘laklarinint tartibi ma’lum grammatnk, uslubiy vazifa bajaradi. 6. Ohang. Gapning grammatik shakllanishida ohang vositalarining ishtiroki zaruriydir. Chunki ohang gapning zaruriy belgilaridan biri hisoblanadi. Gapning melodikasi turli xildagi axborotlarni ifodalash xususiyatiga ega: gaplarning darak, so‘roq, buyruq turlarini; emotsionallikka ko‘ra turini ajratishda Poyezd keldi (emotsionalsiz) // Poyezd keldi! (emotsionalli); so‘z va gaplarni farqlashda (bahor – so‘z, Bahor – gap); turli piching, kesatiq, ishonchsizlik, taxmin kabi modal ma’nolar ifodasida (Pichoqni shu Xolmat uradimi? // Pichoqni shu Xolmat uradimi?!) va boshqalar. Shunday qilib, bog‘li nutqda gapni shakllantirishda xilma-xil vositalar ishtirok etadi. Jumladan, sintaktik (gap bo‘laklarining tarkibi, yordamchi so‘zlar), leksik (mustaqil so‘zlar), morfologik (mustaqil so‘zlarning morfologik shakli), fonetik (ohang) vositalar. Bularning ko‘pchiligi (morfologik vositalardan tashqari barcha vositalar) barcha tillar uchun xarakterli bo‘lib, universal xususiyatga egadir. Download 229.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling