Ma’ruza matnlari 1-Ma’ruza Mavzu: Sintaksis haqida ma’lumot. Sintaktik birliklarning uch tomoni Reja


Download 229.5 Kb.
bet5/12
Sana23.09.2023
Hajmi229.5 Kb.
#1686263
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O\'zbek tilining nazariy grammatikasi Ma\'ruza

Yordamchi so‘zlar. Yordamchi so‘zlar bog‘li nutqda gap bo‘laklari va gaplarni grammatik aloqaga kirituvchsh vositalar hisoblanadi. Bu vazifani bajarishda barcha turdagi yordamchi so‘zlarning xizmati bir xil emas.
1. Ko‘makchilar. Ko‘makchilar ham xuddi so‘z o‘zgartiruvchi shakllar kabi gap bo‘laklarini va qo‘shma gap qismlarini sintaktik aloqaga kirituvchi vosita vazifasini bajaradi. Bu vositalar ot yoki ot o‘rnida almashinib kelgan olmoshlarni boshqa so‘zlar bilan (asosan fe’llar bilan) bog‘lab keladi.
Masalan: Ona o‘g‘lining so‘zi bilan ovundi. (P.T.) Vatan uchun to‘kkani yo‘qmi bir qoshiq qoning. (H.O.)
Ayrim hollarda ko‘makchilar kelishik shakllari bilan almashinishi mumkin. Solishtiring: Ona o‘g‘lining so‘zi bilan ovundi // Ona o‘g‘lining so‘zidan ovundi. Paxtani mashina bilan terdik // Paxtani mashinada terdik. Akam maktab tomon ketdi // Akam maktabga ketdi. Yoki kelishik shakli bilan birga kelishi mumkin. Masalan: Akam maktabga qarab (tomon) ketdi. Shuning uchun ham so‘zlarning kelishikli (maktabga), ko‘makchili (maktab tomon) va kelishikli-ko‘makchili (maktabga tomon) shakllari shu so‘zlarning sintaktik shakllari sanaladi. Bu sintaktik shakllar o‘rtasida ma’lum mazmuniy farqlanishlar bor. Ko‘p hollarda kelishiklari shakl bilan ko‘makchili shakl bir-biridan aniqlik-noaniqlik belgisiga ko‘ra farqlanadi. Sintaktik (kelishikli) shakl ko‘pincha aniqlik, analitik (ko‘makchili) va sintetik-analiktik (kelishikli-ko‘makchili) sintaktik shakllar esa noaniqlik belgisiga ega bo‘ladi. Solishtiring: maktabga ketdi (yo‘nalish nuqtasi aniq – maktab), maktab tomon ketdi// maktabga tomon ketdi (yo‘nalish nuqtasi aniq emas).
2. Bog‘lovchilar. Bog‘lovchilar sodda gap qismlarini, qo‘shma gap komponentlarini va matn tarkibidagi gaplarni o‘zaro grammatik va mazmuniy aloqaga kiritish uchun xizmat qiladi. Masalan: So‘ylab beray Zaynab va Omon Sevgisidan yangi bir doston. (H.O.)
3. Yuklamalar. Ko‘makchi va bog‘lovchining vazifasiga qaraganda yuklamalarning sintaktik vazifasi murakkab va xilma-xildir. Birinchidan, sodda gap tarkibida gap bo‘laklarining sintaktik aloqaga kirishida teng bog‘lovchilar kabi xizmat qiladi. Shuning uchun ham teng bog‘ovchi o‘rnida yuklamani qo‘llash mumkin bo‘ladi. Masalan: Bir sevgi kim jon berur tanga Ham Zaynab-u Omonlarga xos. (H.O.) Zaynab va Omonlarga xos. Solishtiring: Keldi va ketdi // keldi-da, ketdi // keldi-yu ketdi. Faqat bog‘lovchi va yuklama o‘rtasida nozik mazmuniy farq bor. Uyushiq fe’l kesimlar yuklamalar yordamida bog‘langanda, harakat tezligi semasi ham ifodalanadi.
Ayrim yuklamalar uyushiq bo‘laklarning va uyushiq gaplarning sintaktik aloqaga kirishuvida ma’lum darajada xizmat qilish bilan birga, uyushayotgan bo‘laklarga ta’kid ma’nosini (ham yuklamasi) va butun gapga inkor ma’nosini (na ... na ...) yuklaydi. Masalan: Na xotin, na farzand ko‘r(ma)gan bir yigit. (U.) // Xotin ham, farzand ham ko‘rmagan bir yigit.
Ikkinchidan, yuklamalar ergash gapli qo‘shma gaplar tarkibida ergash gaplarni bosh gapga bog‘lab keladi. Masalan: Bilki, jangda bilinadi mard yigitning sarasi. (H.O.)
Yuklamalar matnning alohida gaplarini bog‘lab keladi va matn hosil qilish vazifasini bajaradi. Masalan: Na ko‘kning fonari o‘chmasdan, na yulduz sayr etib ko‘chmasdan... (U.)
Yuqoridagi gapning birinchi komponentida na yuklamasining ishlatilishi xuddi shu yuklama bilan boshlanuvchi keyingi komponentning ham kelishini taqozo etadi. Keyingi komponent ifodalanmasa, birinchi komponent nisbiy tugal ma’no anglatmaydi, sinsemantik xususiyatga ega bo‘ladi. Avtosemantiklik butun bir matnga xos bo‘ladi. Matn qismlarini bog‘lashda ohang asosiy, inkor yuklamasi esa qo‘shimcha rol o‘ynaydi.
Yuklamalar matn qismlarini bog‘lashda xizmat qilish bilan birga, gapga emotsional-ekspressiv va modal ma’nolar ham yuklaydi. Masalan: Nahotki dengizlar chappa aylanib, nahotki daryolar oqar teskari. (G‘.G‘.)

Download 229.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling