Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Morfologiya va sintaksisning farqli jihatlari qaysilar?
2. Gapning ta’rifini ayting?
3. Gap va so‘z birikmasining farqli tomonlari qaysilar?
4. So‘z birikmasining til birligi, gap uchun qurilish materiali ekanligini rad etuvchi Y.F.Fomenko o‘z fikrini isbotlash uchun qanday asoslarni keltiradi?
5. Sintaktik birliklarning uch tomoni qaysilar?
6. Propozitsiya, deskriptiv so‘zlar, diskurs singari atamalarning mohiyatini o‘zlashtirib oling.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Mahmudov N., Nurmonov A. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi (Sintaksis). T.: O‘qituvchi, 1995.
2. Nurmonov A. Tanlangan asarlar. III jildlik. I jild. –Toshkent: Akademnashr, 2012. – 416 b.
3. Nurmonov A., Raximov A. Lingvosinergetikaga kirish. – Toshkent: Akademnashr, 2013. – 112 b.
4. Qo‘chqortoyev I. So‘z valentligi haqida. O‘zbek tili va adabiyoti. 1973, 3- son, 35-bet.
5. Кифер Ф.О. роли прагматики в лингвистическом описании. Новое в зарубежной лингвистике. Вып. XVI, М. 1985.
6. Столнейкер Р. С. Прагматика. Новое в зарубежной лингвистике. Вып. XVI, М., 1986, с. 420.
7. Арутюнова Н. Д. Типы языковых значений. Оценка. Событие. Факт: М., 1988, с. 3.
2-Ma’ruza
Mavzu: Sintaktik munosabatlar. Sintagmatik munosabat
Reja:
1. Sintagmatik munosabat va uning ikki xususiyati.
2. Sintaktik aloqa vositalari.
3. Mazmuniy sintagmatik munosabat.
4. Tobelikning yo‘nalishiga ko‘ra sintaktik aloqa turlari.
5. Bog‘li aloqa va uning turlari.
6. Erkin aloqa.
Tayanch tushunchalar: sintaktik munosabat, sintagmatik munosabat, shakliy sintagmatik munosabat, so‘z shakli, yordamchi so‘zlar, atributiv munosabat, obyektli munosabat, relyativ munosabat, subyektli munosabat, koordinatsiya, subordinatsiya, erkin aloqa.
SINTAKTIK MUNOSABATLAR
Sintaktik birliklar ham til birligi sifatida tizim tarkibida sintagmatik va paradigmatik munosabatda bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |