Ma’ruza matnlari 1-Ma’ruza Mavzu: Sintaksis haqida ma’lumot. Sintaktik birliklarning uch tomoni Reja
Download 229.5 Kb.
|
O\'zbek tilining nazariy grammatikasi Ma\'ruza
4. Olmoshlar. Olmoshlar ergash gaplarning bosh gapga bog‘lanishida va matn qismlarining o‘zaro bog‘lanishida xizmat qiladi. Masalan: Toleyim shulki, Vatanda bir guliston tanladim. (H.O.) Bu gapda ergash gapni bosh gapga bog‘lashda -ki yuklamasi ishtirok etishi bilan birga, olmosh mazmuniy «puch» so‘z bo‘lganligi uchun keyingi gap «puch» so‘zning ma’nosini izohlash, uni «to‘ldirish» uchun xizmat qilmoqda. Demak, olmosh asosida ikki gap bog‘lanadi.
Olmosh matn hosil qilish vazifasini ham bajaradi. Bu vaqtda matnning birinchi qismida qatnashgan ot, sifat, son o‘rnida keyingi gapda olmosh almashinib keladi va bu almashinish matn qismlarini bir butunlik ichida birlashtirishga xizmat qiladi. Masalan: Bu erining yaqin o‘rtog‘i To‘lanboy ismli kishi edi. U qiz tanlab-tanlab yoshini o‘tkazib qo‘ygan, oxiri qirqni qoralab qolganda uylangan, o‘zi kichikkina, har gapiga maqol yoki matal qo‘shib gapiradigan so‘zamol kishi edi. U kirgan davra birdan yashnab ketar, to‘yhashamlarda u bo‘lmasa, o‘rni yo‘qlanib turadi. U o‘zini katta olmasdi. (SL.) Bu mikromatndagi gaplarning sintaktik aloqasi birinchi gap tarkibida kelgan atoqli ot To‘lanboyning keyingi gaplarda III shaxs kishilik olmoshi bilan almashinishi orqali yuzaga chiqadi. Boshqa mustaqil so‘zlar, odatda, maxsus grammatik vosita vazifasini bajarmaydi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, ular ham ma’lum darajada gapning grammatik shakllanishida xizmat qiladi. Ayrim mustaqil so‘zlarning leksik ma’nosi gapda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan barcha so‘zlarning mazmuniy va grammatik aloqalari hakidagi, ayrim so‘zlarning mazmuniy vazifa imkoniyati hakidagi, boshqa so‘zlar bilan bog‘laiish imkoniyati haqidagi dastlabki axborotni tashiydi. Masalan: keldi so‘zi quyidagi savollarga javob bo‘lib keluvchi so‘zlar bilan birika oladigan bo‘sh o‘rinlarga ega: keldi – kim?, qachon?, qayerdan?, nimada?, nima uchun?, qayerga? Demak, bu fe’l oltita valentlikka, bo‘sh o‘ringa ega. Gap tarkibida boshqa so‘zlarni ergashtiruvchi grammatik va mazmuniy markaz predikat sanaladi. Uning bo‘sh o‘rinlarini to‘ldiruvchi, u bilan qandaydir munosabatda bo‘lgan so‘zlar predmet argumentlari hisoblanadi. Ko‘rinadiki, predmet barcha argumentlarni uyushtirib bog‘lab keladi. Download 229.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling