Ma’ruza matnlari 1-Ma’ruza Mavzu: Sintaksis haqida ma’lumot. Sintaktik birliklarning uch tomoni Reja


Download 229.5 Kb.
bet9/12
Sana23.09.2023
Hajmi229.5 Kb.
#1686263
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
O\'zbek tilining nazariy grammatikasi Ma\'ruza

Atributiv munosabat belgi + predmet semantik modelidagi so‘z birikmasi uchun xosdir (qizil kalam, uchta daftar), shoir Abdulla Oripov tipidagi oppozitiv munosabat ham atributiv munosabatning bir turi sifatida qaraladi.
Obyektli munosabat obyekt + harakat, predmet + belgi (komparativ birikmalarda: Karimdan katta, Karimdan kuchli va boshqalar) semantik modelidagi so‘z birikmalarida ifodalanadi.
Relyativ munosabatni ifodalovchi so‘z birikmalari bir qancha semantik modellarga ega:
1) harakat + uning sifat yoki miqdor tavsifi (tez yurmoq, ko‘p o‘qimoq);
2) harakat + uning yuzaga chiqish o‘rni (Moskvadan kelmoq, Moskvada ishlamoq);
3) harakat yoki belgi + uning yuzaga chiqish payti (tongda turmoq, doimo quvnoq);
4) harakat yoki belgi + uning yuzaga chiqish sababi (kasalligi uchun kelolmadi yoki kasalligidan kelolmadi, tadbirkorligi uchun hurmatli);
5) harakat + uning yuzaga chiqish maqsadi (dam olish uchun bordi) va boshqalar.
Subyektli munosabat subyekt va uning harakati munosabatidir. Bu munosabat ikki xil shakliy sintaktik munosabat orqali ifodalanadi. Birida ega va kesimning moslashuv yo‘li bilan bog‘lanishi orqali ifodalanadi. Masalan, Nasiba Abdullayeva kuyladi. Ikkinchisida esa subyektni bildiruvchi qism qaratqich aniqlovchi shaklida, qaratuvchi predikatni bildiruvchi qism esa egalik shaklida qaralmish vaziyatida keladi. Demak, qaratuvchi va qaralmishning muvofiqlashuv aloqasi orqali ifodalanadi.
Anglashiladiki, subyektli munosabat borliqdagi ma’lum propozitsiyani aks ettiradi va tilning ikki xil birligi orqali ifodalanadi: a) gap orqali (ega – kesim orqali), b) so‘z birikmasi (qaratuvchi – qaralmish aloqasi) orqali.
So‘z birikmasi sathida subyektli munosabatni atributiv munosabatdan alohida olinishiga sabab shuki, bu munosabat predikativ munosabat bilan assotsiativ bog‘langan. Har ikki munosabat ham bir propozitsiyani ifodalaydi. Ular o‘rtasidagi farq shu propozitsiyaning qanday ifodalanishidadir.
Subyektli munosabatning bu ikki turini ikki sath birligi sifatida farqlash uchun ega-kesim munosabati orqali ifodalangan subyektli munosabatni predikativ, qaratuvchi-qaralmish munosabati orqali ifodalangan subyektli munosabatni muvofiqlashuv munosabati terminlari bilan nomlash mumkin.
Bulardan tashqari, undalma va kirishlar orqali ifodalanadigan mazmuniy munosabat turi ham borki. Bu mazmuniy munosabat yuqoridagi mazmuniy munosabatlardan ma’lum farqli xususiyatlarga ega.
Atributiv, relyativ, obyektli va boshqa mazmuniy munosabatlar gapning sintaktik tuzilishi orqali ifodalanadigan diktum (propozitsiya)ning ikki birligi o‘rtasidagi munosabat bo‘lsa, ikkinchi tipdagi munosabat gapning sintaktik tuzilishi orqali ifodalangan diktum bilan so‘zlovchi o‘rtasidagi munosabat, boshqacha aytganda, diktum va modus munosabatidir.
Birinchi tipdagi munosabat obyektiv munosabat bo‘lsa, ikkinchi tipdagi munosabat subyektiv munosabatdir. Birinchi tipdagi munosabat gap (jumla) diktumiga kirsa, ikkinchi tipi modusiga oid bo‘ladi.
Birinchi tipdagi munosabat o‘zining shakliy bog‘lovchi vositalariga va bog‘lanish usuliga (moslashuv, boshqaruv, bitishuv) ega bo‘lsa, ikkinchi turi bunday xususiyatga ega emas.
Ikkinchi tipdagi munosabatni gap (jumla) diktumiga qanday ma’no yuklashiga ko‘ra ikki turga ajratish mumkin:
a) vokativ munosabat: undalma orqali ifodalangan predmetning (tinglovchining) gap (jumla) orqali ifodalangan diktum bilan munosabati;
b) modal munosabat: gap (jumla) orqali ifodalangan diktum bilan so‘zlovchining munosabati.

TOBELIKNING YO‘NALISHIGA KO‘RA SINTAKTIK ALOQA


TURLARI

Download 229.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling