Ma’ruza matnlari 1-Ma’ruza Mavzu: Sintaksis haqida ma’lumot. Sintaktik birliklarning uch tomoni Reja
Sintaktik aloqa yo‘nalishiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: a) ikki tomonlama aloqa (koordinatsiya), b) bir tomonlama aloqa (subordinatsiya)
Download 229.5 Kb.
|
O\'zbek tilining nazariy grammatikasi Ma\'ruza
Sintaktik aloqa yo‘nalishiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: a) ikki tomonlama aloqa (koordinatsiya), b) bir tomonlama aloqa (subordinatsiya).
IKKI TOMONLAMA ALOQA (KOORDINATSIYA) Ikki tomonlama aloqada ikki sintaktik shakl o‘zaro ikki tomonlama – ham chapdan o‘ngga qarab, ham o‘ngdan chapga qarab bog‘lanadi. Har ikki sintaktik shakl bog‘lovchi vosita oladi. Bunday aloqada sintaktik shaklning birini hokim, ikkinchisini tobe deb bo‘lmaydi. Tobelanishning bir yo‘nalishida hokim qism, boshqa yo‘nalishida tobe vaziyatni egallaydi. Masalan, mening qalamim tipidagi qaratqich va qaralmish aloqasida qaratuvchi qaratqich kelishigi, qaralmish esa qaratuvchining shakliga muvofiq ravishda I shaxs egalik qo‘shimchasini olib, o‘zaro bog‘lanadi. Bunday bog‘lanishda, bir tomondan, qaratuvchi qaralmishning o‘ziga mos egalik shakllaridan birida kelishini, ikkinchi tomondan, qaratuvchini qaratqich kelishigida kelishini talab qiladi. Ana shu xususiyaglarini hisobga olib, ayrim mualliflar bunday aloqani teng aloqadan ham, tobe aloqadan ham farqlagan holda alohida aloqa turi sifatida ajratishni ma’qul ko‘radilar. Sintaktik aloqaning bu turi uchun turli xil terminlarni tavsiya qiladilar: tobedosh aloqa, munosabatdorlashish va boshqalar. Darhaqiqat, qaratuvchi – qaralmish aloqasi tobelanishning bir tomonlama yo‘nalishiga asoslangan tobe aloqadan – subordinatsiyadan tubdan farq qiladi. Shuning uchun bunday aloqani tobe aloqadan farqlab o‘rganish maqsadga muvofiq. Bu aloqani muvofiqlashuv (koordinatsiya) termini bilan nomlash ma’qulroq. BIR TOMONLAMA ALOQA (SUBORDINATSIYA) Bir tomonlama aloqada tobelanish yo‘nalishi bir tomonlama bo‘ladi: tobelashish yo chapdan o‘ngga qarab yo‘naladi (ikkinchi darajali bo‘laklarning hokim bo‘lak bilan aloqasi), yo o‘ngdan chapga qarab yo‘naladi (bosh bo‘laklarning o‘zaro aloqasi). Tobe qism tobelashtiruvchi vosita yordamida hokim qismga bog‘lanadi. Masalan, kitobni o‘qi, ovqatdan ol, men keldim va boshqalar. Bunday aloqaning ikki turini farqlash lozim bo‘ladi: a) bir tomonlama bog‘li aloqa; b) bir tomonlama erkin aloqa. BOG‘LI ALOQA Tobe qismning qanday shaklda kelishi hokim qismga bog‘liq bo‘lgan aloqa bog‘li aloqa sanaladi. Tobe qism hokim qism talab etgan shaklda keladi. Tobe qism qaysi shaklda kelishi hokim qism tomonidan belgilanadi. Masalan, kitobni o‘qi birikmasida tobe qism o‘timli fe’ldan ifodalangan hokim qism talabiga muvofiq tushum kelishigida keladi. Bog‘li aloqa uch turga bo‘linadi: a) moslashuv, b) boshqaruv, v) bitishuv. Moslashuv Tobe qism o‘z shaklini hokim qism shakliga muvofiklashtirishi moslashuv sanaladi. Hokim so‘zning shakli o‘zgarishi bilan tobe qismning shakli ham o‘zgaradi. Demak, hokim qism shaklining o‘zgarishi tobe qismning o‘zgarishiga ta’sir qiladi. Ana shu xususiyati bilan bu aloqa boshqaruvdan farq qiladi (boshqaruv aloqasiga qarang). Kesim ega bilan moslashuv yo‘li bilan bog‘lanadi. Men keldim qurilmasida ega (men) kesim (keldim) bilan shaxs va sonda moslashgan. Hozirgi o‘zbek tilida ega bilan kesim shaxsda moslashsa ham, sonda doimo moslashishi shart emas. Ega III shaxsdagi shaxs bildiruvchi otlardan ifodalanganda kesim ikki variantda — birlikda ham, ko‘plikda ham qo‘llanilishi mumkin. Masalan, talabalar to‘planadilar, talabalar to‘planishdi, talabalar to‘plandi. Ega III shaxsdagi shaxs bildirmaydigan otlardan ifodalanganda, ega bilan kesim o‘rtasida sonda umuman moslik bo‘lmaydi. Masalan, qushlar sayraydilar emas, qushlar sayraydi; yellar esadilar emas, yellar esadi. Ega bilan kesimning moslashish qamroviga ko‘ra moslashuv ikkiga bo‘linadi: a) to‘liq moslashuv, b) qisman moslashuv. Ega bilan kesimning ham shaxsda, ham sonda mosligi to‘liq moslashuv sanaladi. Masalan, biz qazdik. Ega bilan kesimning faqat shaxsda mosligi qisman moslashuv hisoblanadi. Masalan, -paxtalar ochildi. Boshqaruv Hokim qism talabi bilan tobe qismning ma’lum shaklda kelishi boshqaruv hisoblanadi. Masalan, tobe vaziyatdagi qalam so‘zi hokim vaziyatdagi yozmoq so‘zi talabi bilan o‘rin-payt kelishigi yoki yordamchi so‘z yordamida bog‘lanadi: 1) qalamda yozmoq; 2) qalam bilan yozmoq. Hokim qism boshqaruvchi, tobe qism boshqariluvchi sanaladi. Tobe qismni hokim qismga bog‘lovchi vosita tobe qismda – boshqariluvchida bo‘ladi. Shuning uchun tobe qismning qaysi shaklda ekanligi boshqaruv uchun ahamiyatli bo‘lsa ham, hokim qismning qanday shaklda bo‘lishining bu aloqa uchun ahamiyati bo‘lmaydi. Ana shu xususiyati bilan boshqaruv aloqasi moslashuvdan farq qiladi (solishtiring: moslashuv). Boshqaruv aloqasida tobe qism hokim qismning sintaktik va mazmuniy valentligini yuzaga chiqarish uchun xizmat qiladi. Shuning uchun hokim qismning qanday so‘zdan ifodalanishi ham bunday aloqa uchun katta ahamiyatga ega. Boshqaruvchi sifatida eng keng qo‘llanadigan so‘z turkumi fe’ldir. Shu bilan birga, ot, sifat, son, ravishlar ham ba’zan boshqaruvchi bo‘lib kelishi mumkin, Shuning uchun ham boshqaruvchining qanday so‘z turkumidan ifodalanishiga ko‘ra boshqaruv ikkiga bo‘linadi: 1) fe’l boshqaruvi; 2) ot boshqaruvi. Hokim qism fe’l va uning funktsional shakllaridan ifodalangan boshqaruv aloqasi fe’l boshqaruvi sanaladi: uyni ko‘rmoq, uydan chiqmoq. Hokim qism fe’ldan boshqa so‘z turkumlaridan: ot, sifat, son, ravishdan ifodalangan boshqaruv aloqasi ot boshqaruvi hisoblanadi: devdan kuchli, shamoldan tez. Boshqaruv aloqasini yuzaga chiqaruvchi vositaga ko‘ra boshqaruv ikkiga bo‘linadi: 1) kelishikli boshqaruv, 2) ko‘makchili boshqaruv. Tobe qismning hokim qismga kelishik shakllari orqali bog‘lanishi kelishikli boshqaruv sanaladi: senga oldim, temirdan qattiq. Tobe qismining hokim qismga ko‘makchilar yordamida bog‘lanishi ko‘makchili boshqaruv hisoblanadi: maktab tomon ketdi, ariq bo‘ylab yurdi. Ba’zan tobe qism hokim qismga kelishik shakli bilan birga, ko‘makchi yordami bilan ham bog‘lanishi mumkin. Bunday ikkita vositali boshqaruv kelishikli-ko‘makchili boshqaruv sanaladi: maktabga tomon ketdi – maktab tomonga ketdi. Shunga ko‘ra, bunday aloqani variantli va variantli bo‘lmagan aloqaga bo‘lish mumkin. Variantli bo‘lmagan aloqada tobe qism hokim qism talabi bilan faqat bir shaklga ega bo‘ladi: uydan chiqmoq, Karimni ko‘rmoq. Variantli aloqada esa tobe qism hokim qismga bir necha shaklda bog‘lanadi: uzum yemoq – uzumdan yemoq maktabga ketmoq – maktab tomon ketmoq – maktab tomonga ketmoq variantlarining har biri o‘zaro umumiylik-xususiylik, aniqlik-noaniqlik ma’nolari bilan farq qiladi. Download 229.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling