Ma’ruza matnlari 1-Ma’ruza Mavzu: Sintaksis haqida ma’lumot. Sintaktik birliklarning uch tomoni Reja


Download 229.5 Kb.
bet11/12
Sana23.09.2023
Hajmi229.5 Kb.
#1686263
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
O\'zbek tilining nazariy grammatikasi Ma\'ruza

Bitishuv
Tobe qismning hokim qismga so‘z tartibi va ohang yordami bilan bog‘lanishi bitishuv sanaladi: katta bino, tez yurmoq, o‘nta bola.
Davrlar o‘tishi bilan kelishik shakli o‘z vazifasini yo‘qotib, so‘z tarkibida «qotib» qolishi mumkin. Bu hollarda kelishik shakllari tobe qismni hokim qismga bog‘lovchi vosita bo‘lib kelmaydi. Shuning uchun ham bunday so‘zlar boshqaruv aloqasini emas, balki bitishuv aloqasini hosil qiladi: tezda keldi, yurakdan so‘zladi kabi.
Bu so‘zlarda kelishik shaklining o‘z vazifasini yo‘qotib, qotib qolganligi so‘rog‘idan ham bilinib turadi, bu so‘zlar kelishikli so‘roqni talab qilmaydi: tezda (qachon?) ishga tushdi, yurakdan (qanday?) so‘zladi kabi. O‘z vazifasidagi kelishik shaklini olgan so‘zlar esa shunday kelishikdagi so‘roqqa javob bo‘ladi: olmadan (nimadan?) oldi, kitobni (nimani?) o‘qidi, do‘stidan (kimdan?) eshitildi.


Erkin aloqa
Bog‘li aloqada tobe qism hokim qismning valentligini yuzaga chiqarish uchun xizmat qilsa, u bilan chambarchas bog‘liq bo‘lsa, erkin aloqada tobe qism hokim qismning valentligini yuzaga chiqarmaydi. Tobe qismning qaysi shaklda kelishi hokim qismga bog‘liq bo‘lmaydi. Masalan, Zavodda ishchi. Sinfimizda a’lochi.
Erkin aloqa bog‘li aloha tarkibiga kiruvchi boshqaruvga o‘xshaydi. Shuning uchun ham o‘zbek tilshunosligida bunday tipdagi birikmalar boshqaruv aloqasi sifatida – ot boshqaruvi nomi ostida o‘rganib kelindi. Lekin erkin aloqaga kiruvchi unsurlar boshqaruv unsurlaridan muhim belgisi bilan farq qiladi. Boshqaruv aloqasining yuzaga chiqishida hokim qismning mazmuniy-grammatik xususiyati, uning kategorial belgisi asosiy rol o‘ynaydi. Hokim qismning kategorial xususiyati tobe qismning shaklini hamda uning hokim qism bilan bog‘lanish xarakterini oldindan belgilaydi. Masalan, Mashinada keldim qurilmasida tobe qismning (mashinada) vosita kelishigida kelishi hokim qismning umumiy kategorial ma’nosi (fe’l kategoriyasiga mansubligi) va xususiy kategorial ma’nosi (o‘timsizlik, nisbat va hok.) bilan oldindan belgilangan.
Erkin aloqada hokim qismning umumiy kategorial ma’nosi ham, xususiy grammatik ma’nosi ham tobe qismni boshqaruv shaklida kelishini talab etmaydi. Rahmat (yordamingizga rahmat), sovg‘a (bolalarga sovg‘a, bolalardan sovg‘a, bolalarda sovg‘a), xat (akamdan xat, akamga xat, akamda xat) kabi so‘zlar o‘zlari uchun izchil bir shaklni talab etmaydi. Bunday so‘zlarning jo‘nalish, o‘rin, chiqish kelishiklaridagi so‘zlar bilan erkin bog‘lanaverishi ularning muayyan kelishik shaklidagi so‘zlarni boshqarishini emas, balki bu shakllarga nisbatan betarafligini ko‘rsatadi.
Aslida bunday tipdagi birikmalarning bir guruhi boshqaruvchi fe’lning tushib qolishi natijasida ikki birikmaning qisqarib, bir birikma holiga kelib qolishidan, o‘ziga xos kantaminatsiya hodisasining ro‘y berishidan vujudga kelgan. Masalan, «mehrobdan chayon», «tobutdan tovush» kabi birikmalar «mehrobdan chiqqan chayon», «tobutdan chiqqan tovush» singari ikki birikma asosida – boshqaruv (tobutdan chiqqan, mehrobdan chiqqan) va bitishuv (tobutdan chiqqan tovush, mehrobdan chiqqan chayon) aloqalaridan birinchi birikma hokim qismi (boshqaruvchi fe’l)ning tushib qolishidan hosil bo‘lgan. Birinchi birikmada tobutdan, mehrobdan so‘zlari hokim qism (chiqqan)ning umumiy kategorial ma’nosi (fe’lligi), xususiy kategorial ma’nosi (o‘timsizligi, aniqlik nisbati), mazmuniy maydoni (yo‘nalish harakati) talab etgan grammatik shaklda (chiqish kelishigida) kelgan. Ikkinchi birikmaning tobe qismi (...dan chiqqan) hokim qismga bitishuv yo‘li bilan bog‘langan. Birinchi birikma hokim qismining tushib qolgani natijasida boshqaruv birikmasining tobe qismi bilan bitishuv birikmasining hokim qismi birikib qoladi. Tabiiyki, hosil bo‘lgan bunday birikma tobe qismining shakli hokim qismning umumiy kategorial va xususiy grammatik ma’nolariga asoslanmaydi. Natijada boshqaruv barham topadi.
«Menga ruxsat», «qardoshlarga salom» tipidagi birikmalar ko‘makchi fe’lning tushib qolishidan hosil bo‘ladi: menga ruxsat bering, qardoshlarga salom ayting. Tobe qism (menga, qardoshlarga) boshqaruvchi fe’lning kategorial va xususiy grammatik ma’nolari talab etgan shaklni olgan. Boshqaruvchi fe’lning tushib qolishi esa boshqaruv munosabatiga ham barham bergan.
Yuqorida ko‘rsatilgan tipdagi barcha birikmalarda tobe qismning shakli hokim qismning umumiy kategorial ma’nosi va xususiy grammatik ma’nosiga bog‘liq bo‘lmaydi. Demak, bunday tipdagi aloqa alohida tipni – erkin aloqani tashkil etadi.
Bunday aloqadagi tobe qism ayrim mualliflar tomonidan determinantlar termini bilan ham nomlanadi.



Download 229.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling