Kasallikning quyidagi o‘ziga xos belgilar kuzatiladi:
nospetsifik umumiy belgilaming mahalliy belgilardan ustuvorligi;
kasallikning o‘tkir va og‘ir kcchishiga bola organizmining ba’zi a’zo va sistemalarining, asosan, markaziy va vegetativ nerv sistemasining nisbatan yetilmaganligi sabab bo‘ladi. Bemor yoshi qancha kichik bo‘lsa, ushbu holat kuchliroq namoyon bo‘ladi;
bolani tekshirishda, u bilan ruhiy muloqot o‘matish, tushunish hissiga va moyillikka erishish ham muhim. Ushbu holda jarrohning mahorati, ayniqsa, erta yoshdagi bemorlarda o‘tkir appenditsitni aniqlashda katta ahamiyatga ega.
Asosiy umumiy klinik belgilari:
og‘riq (o‘ng yonbosh sohada doimiy og‘riq);
ko‘ngil aynishi, qusish;
tana haroratining ko'tarilishi (tana harorati 37-38°C bo‘lishi mumkin);
ichak faoliyatining buzilishi - ich kelmasligi (35%), ich ketishi (7%);
tili quruq, oq karashlagan.
Asosiy mahalliy belgilari:
mushaklar tarangligi (defanse musculare);
lokal og‘riq;
qorin parda ta‘sirlanish belgisi (Shyotkin-Blyumberg).
O‘tkir appenditsitni aniqlashda yordam beruvchi simptomlami quyidagicha ta’riflash mumkin.
Appendikulyar simptomlar:
Filatov simptomi – o‘ng yonbosh sohada lokal og‘riq (rasm);
Koxer simptomi – epigastral sohada boshlangan og‘riqning o‘ng yonbosh sohaga o‘tishi (rasm);
Voskresenskiy simptomi – kaft bilan o‘ng yonbosh sohani kiyim ustidan tez siypalaganda og‘riq paydo bo‘lishi (rasm);
Rovzing simptomi – chap yonbosh sohani bosib-bosib ko‘rganda og‘riqning o‘ng yonbosh sohada paydo bo‘lishi;
Sitkovskiy simptomi – bemor chap yonboshga ag‘darilganda, o‘ng yonboshda og‘riq paydo bo‘lishi;
Bartome-Mixelson simptomi – bemor chap yonboshga ag‘darilganda, o‘ng yonboshni paypaslaganda og‘riq paydo bo‘lishi;
Obraztsov simptomi – bemor o‘ng oyog‘ini tik ko‘targanda, o‘ng yonboshda og‘riq paydo bo‘lishi;
Razdolskiy simptomi – barmoqlar bilan to‘qillatib urganda og‘riq bo‘lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |