Mashg‘ulot №3 atipik va asoratlangan o‘tkir appenditsitning klinikasi, diagnostikasi, differensial diagnostikasi va davolash. Oilaviy shifokor taktikasi. Dispanserizatsiya va reabilitatsiya


O‘TKIR APPENDITSITNING ATIPIK TURLARI


Download 1.75 Mb.
bet7/18
Sana21.04.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1374138
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
3-mavzu. Bolalarda atipik va asoratlangan appenditsit matn

O‘TKIR APPENDITSITNING ATIPIK TURLARI
O‘tkir appenditsitning atipik kechishi chuvalchangsimon o‘simtaning qorin bo‘shlig‘ining qaysi sohasida joylashuviga bog‘liq (retrotsekal, chanoq sohasida, medial, jigar ostida) hamda yallig‘lanish jarayoning ko‘rinishiga (gangrenoz appenditsit) bog‘liq bo‘ladi. O‘tkir appenditsitning atipik turlarida yallig‘lanish jarayoning kechishida asosiy mahalliy simptomlar joylashishi va intensivligi o‘zgaradi va bu noto‘g‘ri tashxis qo‘yishga olib keladi. Shubhali holatlarda bemorni statsionar sharoitda dinamik kuzatiladi. Bemorni birinchi marta ko‘rganda atipik joylashgan o‘tkir appenditsitni sub'ektiv va ob'ektiv baholash qiyin bo‘ladi.

Chuvalchangsimon o‘simtaning noodatiy (atipik) joylashuvlari: 1) medial; 2) chanoqda; 3) retrotsekal; 4) jigar osti
Retrotsekal appenditsit. Chuvalchangsimon o‘simta retrotsekal (intraperitoneal yoki retroperitoneal) joylashganda tashxis qo‘yishda qiyinchilik tug‘diradi.
Chuvalchangsimon o‘simtaning intraperitoneal joylashuvida kasallikning klinik belgilari nisbatan o‘tkir kechadi, ammo qorin old devori mushaklari tarangligi va og‘riq belgilari chuvalchangsimon o‘simtaning tipik joylashuvidagi belgilarga nisbatan yengilroq kechadi.
Chuvalchangsimon o‘simtaning retroperitoneal joylashuvida kasallikka to‘g‘ri tashxis juda qiyin. Bunda og‘riq ko‘pincha o‘ng yonbosh sohasining lateral qismida yoki o‘ng bel sohasida aniqlanadi. Og‘riq o‘ng tomonlama siydik nayi yoki jinsiy a'zolarga tarqalishi va dizurik belgilar bilan kechishi mumkin. Qorin nafas olishda ishtirok etadi, palpatsiyada barcha sohalarida yumshoq va kam og‘riqli bo‘ladi. Shyotkin-Blyumberg simptomi manfiy. O‘ng tomonlama bel sohasi paypaslanganda mushaklar tarangligi va kuchli og‘riq aniqlanadi, belni chayqatish sinamasi musbat bo‘ladi. Retrotsekal appenditsit klinikasi boshlanishidan kuchsiz mahalliy simptomlar fonida og‘ir yiringli intoksikatsiya va yuqori tana harorati (40°S gacha), titrash bilan kechadi. Ko‘pincha siydik tahlilida leykotsituriya kuzatilib, bu tashxis qo‘yishni qiyinlashtiradi.
Retrotsekal appenditsit klinikasidagi xarakterli simptomlarni operatsiyagacha muddatda aniqlash juda qiyin.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling