Mashg‘ulot №3 atipik va asoratlangan o‘tkir appenditsitning klinikasi, diagnostikasi, differensial diagnostikasi va davolash. Oilaviy shifokor taktikasi. Dispanserizatsiya va reabilitatsiya


Download 1.75 Mb.
bet4/18
Sana21.04.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1374138
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
3-mavzu. Bolalarda atipik va asoratlangan appenditsit matn

O‘tkir appenditsitning tasnifi:
V.I. Kolesov (1972) bo‘yicha o‘tkir appenditsitning tasnifi klinik va morfologik xarakterga ega bo‘lib, appendiksdagi yallig‘lanish o‘zgarishlarining og‘irligiga va kasallikning klinik ko‘rinishiga asoslanadi:
1. O‘tkir oddiy (yuzaki) appenditsit.
2. O‘tkir destruktiv appenditsit.

  • flegmonoz (teshilishsiz yoki teshilish bilan)

  • gangrenoz (teshilishsiz yoki teshilish bilan)

3. Asoratlangan o‘tkir appenditsit.

  • peritonit bilan asoratlangan – mahalliy, chegaralangan, diffuz, tarqalgan

  • appendikulyar infiltrat

  • periappendikulyar abstsess

  • retroperitoneal to‘qimalar flegmonasi

  • sepsis

  • pileflebit – portal va tutqich venalarining tromboflebiti

  • qorin bo‘shlig‘idagi abstsesslar







a) Kataral appenditsit

b) Flegmonoz appenditsit

c) Gangrenoz appenditsit

O‘tkir appenditsitning bolalardagi o‘ziga xos xususiyatlari:

  • kattalarga nisbatan og‘ir kechishi, diagnostikasi murakkabligi bilan xarakterlanadi;

  • bola organizmi anatomo-fiziologik xususiyatlaridan kelib chiqib, erta yoshdagi bolalarda ushbu holat ko‘proq ko‘zga tashlanadi;

  • bolalar o‘tkir appenditsit bilan hamma yoshda kasallanishi mumkin, lekin 2-3 yoshdagi bolalarda ushbu kasallik juda kam uchraydi;

  • kasallanishning cho‘qqisi 9-12 yoshga to‘g‘ri keladi;

  • 1000 boladan o‘rtacha 0,5-0,8 % kasallanadi.

Klinikasi. O‘tkir appenditsitning klinik belgilari turlicha. Bu, asosan, chuvalchangsimon o‘simtaning qorin bo‘shlig‘ida joylashishiga, o‘simtadagi yallig‘lanish jarayoniga, organizmning immunologik kuchlariga hamda kasalning yoshiga bog‘liq bo‘ladi. O‘tkir appenditsitning klinik ko‘rinishi bolalarda turlicha bo‘lib, u organizm reaktivligi, bola yoshi, chuvalchangsimon o‘simta joylashuviga bog‘liq.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling