Mashg‘ulot №3 atipik va asoratlangan o‘tkir appenditsitning klinikasi, diagnostikasi, differensial diagnostikasi va davolash. Oilaviy shifokor taktikasi. Dispanserizatsiya va reabilitatsiya


Download 1.75 Mb.
bet3/18
Sana21.04.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1374138
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
3-mavzu. Bolalarda atipik va asoratlangan appenditsit matn

NAZARIY QISM
O‘tkir appenditsit – chuvalchangsimon o‘simtaning o‘tkir yallig‘lanishi. Appenditsit qorin a’zolari o‘tkir kasalliklari orasida ko‘p uchraydigan va zudlik bilan operatsiya qilishni talab etadigan kasallik hisoblanadi.
Epidemiologiya. O‘tkir appenditsit har qanday yoshda, shu jumladan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda rivojlanishi ham mumkin, lekin u asosan 7 yoshdan keyin kuzatiladi, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda kasallanish 8% dan oshmaydi. Kasallikning eng ko‘p uchrash darajasi 9-12 yoshda bo‘ladi. Appenditsit bilan umumiy kasallanish 1000 bolaga 3-6 tani tashkil qiladi. Qizlar va o‘g‘il bolalar bir xil darajada kasal bo‘lishadi. Qorin bo‘shlig‘i a'zolarining o‘tkir jarrohlik kasalliklari orasida o‘tkir appenditsit 89,1% ni tashkil etib, ular orasida birinchi o‘rinda turadi. Appendektomiya barcha jarrohlik operatsiyalarining taxminan 20-30% ni tashkil qiladi. O‘lim darajasi past, u kamdan-kam hollarda 0,1-0,3% dan oshadi, ammo kasallikning chastotasini hisobga olgan holda, bu ko‘rsatkichlar o‘n minglab sonni tashkil etadi. O‘tkir appenditsit bir yoshdan oshgan bolalarda peritonitning eng keng tarqalgan sababidir.
Etiopatogenezi. Kasallik rivojlanishida organizmda mikroorganizmlar o‘chog‘i borligi (angina, tonzillit, karies, zotiljam), oshqozon-ichak traktida yallig‘lanish (kolit, enterokolit) hamda chuvalchangsimon o‘simta ichida bo‘ladigan mikroblar ta’sirchanligining ortib borishi alohida ahamiyatga ega. Chuvalchangsimon o‘simtaning o‘tkir yallig‘lanishi haqida turli nazariyalar mavjud:

  1. Ashoff nazariyasi (yuqumli yoki birlamchi affekt) – tif, iyersinioz, sil, parazitar infektsiyalar, amyobiaz kabi ba'zi yuqumli kasalliklar mustaqil ravishda appenditsitni keltirib chiqarishi mumkin.

  2. Reyndorf mexanik nazariyasida axlat, gijja va yot jismlaming o‘simta kriptalarida turib qolishi natijasida kasallik kelib chiqadi, deb tushuntiriladi.

  3. Rikkerning qontomir nazariyasiga ko‘ra, qon tomirida qon aylanishning buzilishi chuvalchangsimon o‘simta devori butunligining buzilishiga olib keladi.

  4. Yelanskiy nazariyasi - allurgik nazariya (maxsus proteinli oziq-ovqat -> sensibilizatsiya -> hal qiluvchi doza -> immun javob).

  5. Delofua nazariyasi – turg‘unlik, buralish -> chiqib ketishning buzilishi.


Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling