Mashinalardan foydalanish asoslari


 Mashina traktor parkida hujjatlar va hujjatlar aylanmasi


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/94
Sana15.11.2023
Hajmi3.58 Mb.
#1775932
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   94
Bog'liq
машина фойда асослар фанидан дарслик

8.5. Mashina traktor parkida hujjatlar va hujjatlar aylanmasi 
 
Qishloq 
xo‘jalik 
texnikasi 
muhandis-texnik 
xizmatini 
tezkor
boshqarishda birlamchi sifatida quyidagi hujjatlar ishlatiladi: 
«Mashinaning «shaxsiy varaqasi», «Ta’mirlash varaqasi», «TXK reja-
hisobi», «Ehtiyot qismlarga talabnoma», «Yo‘l varaqasi» va boshqalar. 
QXT ta’mirlashga kelganda, texnik nazorat punktining mexanigi 
haydovchi bilan birgalikda ta’mirlash varaqasini old tarafini to‘ldiradi. Unda 
nosozlikning tashqi ko‘rinishlari bayoni, mashinaning rekvizitlari-garaj 
raqami, modeli, kuzov turi, ekspluatatsiya sikli, ishlagan soati yoziladi. 
so‘ngra ta’mirlash varaqasiga rasmiylashtirish vaqti va sanasi, uni 
to‘ldiruvchilar imzosi qo‘yiladi. 
Ta’mirlash varaqasining keyingi rasmiylashtirilishi muhandis-texnik 
xizmati xodimlari tomonidan amalga oshiriladi: zarur sozlash-ta’mirlash 
ishlarini belgilash, mashinadan echilgan nosoz agregat, uzel va detallar, 
ajratilgan ehtiyot qismlar haqidagi ma’lumotlarni to‘ldirish.
Buyurtmada ko‘rsatilgan ishlar bajarilgandan so‘ng avtomobil nazoratchi
tomonidan tekshiriladi va ishlar amalda bajarilgani haqida imzo q o‘yadi. 
Avtomobil varaqasining ko‘rinishi keltirilgan. Hisob bo‘yicha texnik yo‘l 
varaqasidagi ma’lumotlar asosida avtomobilning kunlik yurgan yo‘lini o‘sish 
tartibida hisob varaqasiga yozib boradi.
Bu ma’lumotlar avtomobilni navbatdagi texnik xizmat ko‘rsatishga 
yuborilishini rejalashtirishga asos bo‘ladi va bu haqda hisob varaqasida
maxsus belgi qo‘yiladi. Bundan tashqari, hisob varaqasiga ta’mirlash 
varaqasidan bajarilgan ta’mirlash ishlari va almashtirilgan agregatlar 
xaqidagi ma’lumotlar ko‘chirib yoziladi. 


129 
Hisob bo‘yicha texnik hisob varaqasida keltirilgan avtomobillarning 
amalda yurgan yo‘li asosida TXKning kunlik rejasini tuzadi. Buning uchun u 
«TXK reja - hisoboti»ga TXK mintaqasining kunlik dasturiga mos keladigan 
avtomobillarni garaj raqamlarini yozib to‘ldiradi. Keyinchalik TXK 
mintaqasining ustozi TXK ishlari bajarilgani, TXK ishlari ijrochilarining 
ismi-shariflari haqidagi ma’lumotlarni ham TXK reja-hisobotiga kiritadi. 
«Ehtiyot qismlarga talabnoma»ning tarkibi keltirilgan. Avtomobilda 
nosoz agregat, uzel yoki detallarni almashtirishga ehtiyoj tug‘ilganda, ishlab 
chiqarishni tezkor boshqarish bo‘limi xodimlari ko‘rsatmasiga binoan 
«talabnoma» rasmiylashtiriladi, uning asosida omborxonadan zarur ehtiyot 
qismlar olinadi va JT postlariga etkazib beriladi. So‘ngra talabnomadagi 
ma’lumotlar ta’mirlash varaqasiga tushiriladi. Qolgan hujjatlar ham shu 
tarzda to‘ldiriladi. 
Ko‘rsatilgan xujjatlar muhandis-texnik xizmatining xujjatlar aylanmasini, 
ya’ni boshqarishning kichik tizimlari bo‘yicha hujjatlar oqimini tashkil etadi. 
Har qanday hujjat ikki qismdan-bayon qismi va axborotlardan iborat. 
Bayon qismi hujjatning o‘zini tavsiflaydi (nomi, raqami, sanasi va b.). 
Axborot qismi esa bir xil yozuvlar ketma-ketligidan iborat. 
Hujjatdagi axborot hajmi: 
W
xuj

W
b
-W
a
,
(8.1) 
bu erda:
W
b
- bayon qismining xajmi, kb 
W
a
- axborot qismining hajmi, kb 
o‘z o‘rnida bayon qismining hajmi: 



n
i
i
б
W
W
1
,
(8.2) 
bu erda:
W
i
- hujjatning bayon qismidagi
i- joydagi axborot hajmi; 


130 
n- bayon qismidagi i – joylar soni. 
Axborot qismining hajmi: 



m
j
j
B
a
W
N
W
1
,
(8.3) 
bu erda:
N
B
- axborot qismidagi yozuvlar soni; 
W
j
- axborot qismining
j– joyidagi axborot hajmi;
m- joylar soni 
Bir hujjat boshqa birini qisman takrorlasa, hujjatlar miqyosida takrorlash 
deyiladi. Bunday takrorlashni miqdor jixatdan ikkita ko‘rsatkich bilan 
baholash mumkin: takrorlanish darajasi va karraligi. Takrorlanish darajasi 
ikki va undan ko‘p hujjatda keltiriladigan axborotning ulushini ko‘rsatadi: 
%
100


уж
g
g

W
S
, (8.4) 
bu erda:
W
g
- boshqa hujjatlarda takrorlanadigan axborot hajmi;
W
huj
- hujjatdagi axborotning umumiy hajmi. 
Takrorlanish karraligi – K
qayt
- bir xil axborot takrorlanadigan hujjatlar 
soni bilan aniqlanadi. 
MTPda 120 dan ortiq hujjatlardan foydalaniladi. Shulardan 21 foizini 
birlamchi hujjatlar texnik pasportlar, yo‘l varaqasi, ta’mirlash varaqasi, 
extiyot qismlar uchun talabnomalar; 6 foizini me’yoriy hujjatlar (yo‘nalish va 
ish rejimlari, yonilg‘i sarfi me’yorlari, shinalar resursi, TXK davriyligi); 73 
foizini ikkilamchi hujjatlar (turli ma’lumot, hujjat, kartoteka, jurnal va 
boshqalar) tashkil etadi. 
Birlamchi hujjatlar bilan texnik xizmatning turli bo‘limlari shug‘ullanadi 
va har bir bo‘lim hujjatga o‘z ma’lumotini qo‘shadi, lekin bir birini 
takrorlamaydi. 


131 
Ikkilamchi hujjatlar birlamchilardagi axborotni to‘la yoki qisman 
takrorlaydi. 
ATKda qo‘llanilayotgan hujjatlar sonining ko‘pligi va turliligi
ma’lumotlar hajmining kattaligi, ularning qaytarilishi axborot tizimini 
avtomatlashtirishni taqozo qiladi. 

Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling