Mashinalardan foydalanish asoslari


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/94
Sana15.11.2023
Hajmi3.58 Mb.
#1775932
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   94
Bog'liq
машина фойда асослар фанидан дарслик

 
 
 
 
 
 
 
 
 
9.2- rasm. Mashinaning oldinga yurib burilishi 
-0
''
nuqta 0' nuqta bilan birlashtirilib, mashina orqa o‘qi shu chiziq ustiga 
tushguncha 0
''
markaz atrofida harakatlantiriladi va mashina gabariti chiziladi; 
- shu holatda mashinaning eng orqa chekka B nuqtasidan Z himoya 
masofasini qo‘yib, yurish yo‘liga parallel qilib o‘tqazilgan chiziq keyingi 
mashina qatorining boshlanishi hisoblanadi, ikki qator orasidagi L masofa esa 
yurish yo‘li kengligi bo‘ladi; 


138 
- mashina manevrni tugatishi uchun 0'' nuqta atrofida oldingi tomonga 
aylantiriladi va yurish yo‘liga paralel bo‘lgan holatga keltirilib, mashinaning 
- gabariti chizib qo‘yiladi. 
9.2. Saqlash usullarining samaradorligi 
Mashinalarni saqlash usullarini tanlash asosan ikki ko‘rsatkichni 
taqqoslash hisobiga amalga oshiriladi. Birinchisi, saqlashni tashkil etish 
uchun sarflanadigan birlamchi sarmoya, ikkinchisi, mashinani saqlab turish 
uchun sarflanadigan ekspluatatsiya xarajatlari. 
Mashinani har xil usulda saqlashning ekspluatatsiya tannarxi ikki 
ko‘rsatkichning natijaviy ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. 
 
9.3-rasm. Mashinaning qo‘shimcha manevr bilan chiqib ketadigan 
varianti uchun yurish yo‘lini aniqlash 
 
Birinchi ko‘rsatkichga bino qiymati, uni isitish yoki isitmaslik, isitilsa
o‘rnatiladigan isitish qurilmalari qiymati kiradi. Agar mashina ochiq 
maydonda saqlansa, motorni o‘t oldirishni osonlashtiruvchi: suv, bug‘, elektr 
yordamida isitish usullari yoki hozirgi paytda keng tarqalgan, mashinaning 
o‘ziga o‘rnatiladigan isitish qurilmalari qo‘llanilishi mumkin. 
Ekspluatatsiya xarajatlariga esa binoni isitish uchun zaruriy issiqlik 
miqdori, jihozlarning servis va ta’mirlash xarajatlari va qo‘shimcha xarajatlar 
kiradi. 
Б 


139 
Har bir ayrim holatda hududning tabiiy - iqlim sharoitini, mashinalarning 
ishga chiqishi va ishlashi hamda saqlanish tartibini, mashina turkumi va 
o‘lchamini hisobga olgan holda, ekspluatatsiya tannarxi hisoblanib, saqlash 
usuli tanlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi sharoitida qishloq xo‘jalik mashinalarini yopiq 
binolarda saqlash (mulk shaklidan qat’iy nazar) tavsiya etilmaydi. Janubiy 
mintaqalarda ushbu binolar isitilmasa ham bo‘ladi. 
Katta o‘lchamli mashinalar, yuk mashinalarini ochiq maydonlarda saqlash 
ancha mablag‘ tejaydi. Harakatdagi tarkibning ishga chiqish ahamiyatiga 
qarab, motor o‘t olishini osonlashtirish usullarini qo‘llash lozim. 

Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling