Mashinalardan foydalanish asoslari


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/94
Sana15.11.2023
Hajmi3.58 Mb.
#1775932
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   94
Bog'liq
машина фойда асослар фанидан дарслик

Nazorat savollari: 
1. Mashinalarni saqlashda qanday usullar qo‘llaniladi? 
2. Ko‘p qavatli saqlash binolarida rampalarni joylashtirish turlarini 
ko‘rsating.
3. Zamonaviy terminallar qanday tarkibiy qismlardan tashkil topgan? 
4. Saqlash joylarida mashinalarni joylashtirish usullarini keltiring. 
5. Mashinalarning yurish yo‘li o‘qiga nisbatan joylashtirilishi qanday 
burchaklarda amalga oshiriladi? 
6. Saqlash joyining parametrlarini grafik usulda aniqlash qanday amalga 
oshiriladi?  
 
10.MODDIY-TEXNIK TA’MINOT USULLARI VA VOSITALARI 
10.1 Qishloq xo‘jalik texnikasida ishlatiladigan buyum va materiallar 
Hozirgi vaqtda Respublikamiz MTPlarida va boshqa turdosh korxonalarda 
hamda fuqarolarda ekspluatatsiya qilinayotgan traktor va qishloq xo‘jalik 
texnikasi turlari va rusumlari 100 dan ortiq. Bular TTZ

Samko‘chAVTO, 
MTZ, BelAZ, AltTrakt, va boshqalar. Bulardan tashqari xalq ho‘jaligida 
Rossiya, Kanada, AQSH, Janubiy Koreya, Yaponiya, Evropa davlatlarida 


140 
ishlab chiqarilgan mashinalar turi va soni oshib bormoqda, Toyota, DEU, 
CLAAS, Keys va boshqalar. 
Ehtiyot qismlar –ekspluatatsiya jarayonida buzilgan detallar o‘rniga 
qo‘yiladigan zahira detal va uzellardir. Shuning uchun ehtiyot qismlarni 
«sovuq» rezerv zahirasi kabi ko‘riladi. MTP da qo‘llaniladigan buyum va 
materiallar nomenklaturasinig 70% foizga yaqinini ehtiyot qismlar tashkil 
etadi.
Ehtiyot qismlar nomenklaturasi, bu – mashina ishlab chiqargan 
korxonalar texnik hujjatlari asosida, ma’lum ketma-ketlikda, detallarning 
katalog raqami va nomi bo‘yicha tuzilgan ro‘yxat.
Ehtiyot qismlar nomenklaturasiga quyidagilar kiritiladi: 
- resursi mashinani hisobdan chiqarish resursidan kichik bo‘lgan detal va 
uzellar (ustqo‘ymalar, vallar, nasoslar va h.k.);

ekspluatatsiya 
jarayonida 
tasodifan 
yoki 
falokat 
tufayli 
almashtiriladigan mashina elementlari (lampochkalar, kuzov detallari va h.k);
- bo‘laklarga ajratish amallari jarayonida ishdan chiqadigan mashina 
elementlari (tiqinlar, vkladishlar va h. k.) 
Ehtiyot qismlar nomenklaturasi o‘ng mingdan ortiq nomga ega. Ular o‘z 
navbatida quyidagilarga bo‘linadi: 
- mexanik detal va uzellar (val, o‘q, shesternya, suv va moy nasoslari va 
boshqalar);
-yonilg‘i tizimi apparaturasining detal va uzellari (karbyurator, benzin 
nasosi, yuqori va past bosimli yonilg‘i nasosi, forsunka va h.k.);
- elektr asbob-uskuna va jihozlar (generator, starter, o‘t oldirish g‘altagi, 
chaqmoqlari, uzgich–taqsimlagich va h.k.);
- podshipniklar (sharikli, konusli va tayanch podshipniklari va h.k.);
- shisha buyumlar (mashina oynalari, elektr fara shishalari va h.k.);
- rezina–texnik buyumlar (manjetalar, tiqinlar, moy tutqichlar, zarba 
qaytargichlar va h.k.);


141 
- asbest buyumlari (tormoz va ilashish muftalarining ustqo‘ymalari, 
dvigatel kallagi tiqini va h.k.);
- kigiz va to‘qimachilik buyumlari (o‘rindiq, shovqin va issiqlik 
o‘tkazmaydigan materiallar va h.k.);
- po‘kak buyumlar;
- plastmassa buyumlari (salon ichini bezatish materiallari, bamperlar, 
kuch ta’sirida ishlamaydigan ayrim detallar va h.k.);
- karton va qog‘oz buyumlari (tiqinlar va h.k.).
Har bir mashina modeli uchun ehtiyot qismlar katalogi mavjud. Kataloglarda 
agregat, uzel, tizimlar rasmi, unda joylashgan detallarning raqami, nomi va kodi 
keltiriladi.
Bulardan tashqari Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligi (MDH) davlatlarida 
ishlab chiqarilgan mashinalar uchun nomenklatura daftari mavjud. Unda 
ekspluatatsiya jarayonida almashtiriladigan detallar nomenklaturasi va har bir 
detal bo‘yicha ehtiyot qismlarning 100 ta mashina uchun bir yilgi me’yoriy 
sarfi va narxi beriladi. Ushbu nomenklatura daftari orqali har bir MTP o‘z 
ishlash 
sharoitidan 
kelib 
chiqqan 
holda, 
kerakli 
ehtiyot 
qismlar 
nomenklaturasi, hajmini aniqlab, uning asosida buyurtma beradi. 
Mashina shinalari va akkumulyator batareyalari. Bu turdagi buyumlar 
mashina ehtiyot qismlar nomenklaturasiga kirmaydi, shuning uchun MTPda 
ularning alohida hisobi olib boriladi va rejalashtiriladi. Respublikamizda
ekspluatatsiya qilinayotgan Qishloq xo‘jalik texnikasi va mashinalarda 
yuzga yaqin har xil turdagi shinalar va ularga tegishli kameralar 
qo‘llanilmoqda.
MTPda shinalarning bir yillik sarfi, asosan, ularning resursiga asoslanib 
aniqlanadi. Shina resursi ko‘pgina omillarga bog‘liq (mashinalarning ishlash 
sharoiti, shina turi, bosim, boshqaruv g‘ildiraklarining joylashish burchagi, 
haydovchi malakasi va b.).
MTP bo‘yicha shinalarga bo‘lgan yillik ehtiyoj quyidagicha aniqlanadi: 


142 
ш
т
кй
с
р
ш
L
n
l
D
А
H






,
(10.1) 
bu erda: A

- MTP bo‘yicha ro‘yxatdagi mashinalar soni; 
D

- mashinalarning yil davomida yo‘l (safar)ga chiqish kunlari, kun; 
l
KI 
- mashinalarning o‘rtacha bir kunlik ishlagan vaqti, motosoat; 

T
- MTP bo‘yicha mashinalarning texnik tayyorgarlik koeffitsienti; 
n- mashinadagi shinalar soni (zahira shinasi bundan mustasno), dona; 
L
SH
- shinaning o‘rtacha resursi, motosoat.
Mashinalarda qo‘llaniladigan akkumulyator batareyalari 100 turdan ko‘p.
MTPda akkumulyator batareyalarning bir yillik sarfi, asosan, ularning 
xizmat muddatiga asoslanib aniqlanadi, ya’ni:
р
акб
й
акб
А
t
n
t
Н



(10.2) 
bu erda: t
Y
-akkumulyator batareyasi hisoblanadigan davr (yarim yil, bir 
yil va h.k.), yil;
t
AKB 
- akkumulyator batareyasining xizmat muddati, yil; 
n- mashinadagi akkumulyator batareyalar soni, dona. 
Mashinalarning ekspluatatsiyasi davrida akkumulyator batareyalari 
asosan, talab bo‘yicha almashtiriladi.

Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling