Mashinalardan foydalanish asoslari
Ishlab-chiqarishni axborot bilan ta’minlash
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
машина фойда асослар фанидан дарслик
8.4. Ishlab-chiqarishni axborot bilan ta’minlash
Axborot boshqarishning muhim elementlaridan bo‘lib, uni to‘plash va tahlil qilish vaqt, mehnat va material sarflarini talab qiladi. Boshqarish jarayoni boshqarilayotgan ob’ekt (MTP, TXK va JT, D mintaqalari, ustaxonalar, omborxonalar va h.k.) ning holati haqida axborot to‘plashdan boshlanadi, to‘plangan axborot tahlil qilinadi, shuning asosida qaror qabul qilinadi va ijro uchun topshiriladi. MTPning ishlab chiqarish tarkiblari (QX mashinalari, TXK va T, D mintaqalari, ta’mirlash ustaxonalari, omborxonalar) va xizmatlar (hisobxona, rejalash bo‘limlari, texnik bo‘lim va h.k.)ning majmuasidan iborat bo‘lib, ularning har birida muayyan masalalar hal qilinadi. Ishlab chiqarish bo‘limlari va xodimlarning faoliyati korxonalarda qo‘llaniladigan turli shakldagi hujjatlarda - yo‘l varaqasi, tabel, talabnoma, ta’mirlash varaqasi va h.k.larda qayd etiladi. MTPning faoliyati esa turli hisobot va ma’lumotnomalarda aks ettiriladi. Saqlanayotgan axborotlar turiga qarab hujjatlarni uch xilga ajratish mumkin: me’yoriy, birlamchi va ikkilamchi. Axborotlar ma’lum muddat ichida o‘zgarmay qoladigan hujjatlar me’yoriy deyiladi. Masalan: TXK ishlarining davriyligi, yonilg‘i sarfi me’yorlari va boshqalar). Kunda ishlab-chiqarish faoliyati haqidagi axborot qayd etiladigan xujjatlar, birlamchi, deyiladi (yo‘l varaqalari, ta’mirlash uchun talabnomalar va boshqalar). Ikkilamchi hujjatlarda birlamchi hujjatlardan tanlab olinib, umumlashtirilgan me’yoriy ma’lumotnoma va boshqa axborotlar yoziladi. Axborotni u yoki bu turidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi uning to‘liqligi, aniqligi muhimligi, texnik-iqtisodiy hisoblar bilan to‘plangan 127 axborotlarning narxi hamda qabul qilingan qarorlarning muhimligi bilan aniqlanadi. MTPda manba’lar va axborot tashuvchilar namunasi 8.1. jadvalda keltirilgan. Bo‘limlar Xodimlar Ish turi Hujjat MTP mexanizator QX ishlari Yo‘l varaqasi TXK va JT mintaqasi Ta’mirlash ishchilar Avtomolbillarga TXK va ta’mirlash Ta’mirlash varaqasi Boshqarma apparati xizmati Xodimlar Hujjatlarga ishlov berish va bosh-qarishdagi tashkilotlar bilan ishlash - 8.1-rasm. MTP faoliyati haqida axborotlar manbai va tashuvchilari Axborotning to‘liqligini baholashdan maqsad to‘plangan axborot sifatini va bir xilligini aniqlashdan iboratdir. Agarda to‘plangan axborot to‘laqonli bo‘lmasa, qaror ham oqilona bo‘lmaydi. Axborot aniqligini baholash tanlangan ma’lumotlar hajmini aniqlash uchun zarur. Axborotni miqdoriy baholash qaror qabul qilishdagi noaniqlik muammosini bartaraf etish bilan bog‘liq. Miqdoriy baholash axborot olishni turli usullarini, masalan, diagnostika, sta tistika usullari va boshqalarni solishtirishda qo‘llaniladi. Axborot olishni qiymatini baholash, yangi va qo‘shimcha axborotni, undan olinadigan samaraga qarab qiymatini solishtirishga qaratilgan. Avtotransport korxonalarida axborot ob’ektlari, manbalari, tashuvchilari va ko‘rsatkichlari quyidagicha bo‘lishi mumkin. Hujjatlardagi axborot qator talablarni qondirishi kerak: - ishonarli bo‘lishi kerak, chunki u texnik, iqtisodiy, ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan qabul qilinadigan qarorlarga asos bo‘lib xizmat qiladi; - ma’naviy mazmuni maksimum bo‘lib, minimum hajmga ega bo‘lishi kerak; - boshqarish tizimining o‘zgarishga turg‘unligini ta’minlash maqsadida axborot birmuncha ortiqcha ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak; 128 - xabar matni qisqa va ravshan bo‘lishi zarur: raqamli ma’lumotlar shunday ko‘rinishga ega bo‘lishi kerakki ulardan axborot iste’molchilari qayta ishlamasdan foydalansinlar. Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling