Mashinalardan foydalanish asoslari
TXK va JT ishlarini tashkil etishni markazlashgan tizimi
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
машина фойда асослар фанидан дарслик
8.3. TXK va JT ishlarini tashkil etishni markazlashgan tizimi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko‘pchilik korxonalarda texnika vositalarining soni keskin qisqarishi oqibatida ishlab chiqarish maydonlarining ortib qolishi, texnologik jihozlardan foydalanish samarasining pastligi, QXTlarga TXK va JT ishlarini boshqarishning yangi, zamonaviy tashkiliy usullarini qo‘llashni taqozo etmoqda. Shulardan biri- ishlab chiqarishni markazdan boshqarish tizimidir. Ushbu tizim quyidagi asosiy tamoyillarga tayanadi: - QXTga TXK va JT ishlari jarayonini boshqarish ishlab-chiqarishni boshqarish bo‘limi (ICHTB) tomonidan amalga oshiriladi. - TXK va JT ishlarini tashkil etish ishlab chiqarish bo‘linmalari tomonidan texnologik tamoyil asosida shakllantiriladi va unda har bir texnik ta’sir o‘tkazish (1-TXK, 2-TXK, JT va boshqalar) maxsuslashtirilgan brigadalar tomonidan bajariladi. - bir-biriga o‘xshash turli texnik ishlarni bajaruvchi bo‘linmalar, boshqarish qulay bo‘lishi uchun ishlab chiqarish komplekslariga birlashtiriladi; - ishlab chiqarishni tayyorlash-aylanma fondlarni butlash, agregat, uzel va detallarni ish joylariga etkazib berish, ta’mirlanadiganlarini yuvish, saralash, ishchilarni asbob-uskunalar bilan ta’minlash hamda QXTlarini TXK, JT va kutish mintaqalarida joydan joyga ko‘chirish ishlab chiqarishni tayyorlash 123 kompleksi tomonidan markazlashgan holda amalga oshiriladi. Bu esa, QXTlarini TXK va JTda turish vaqtini qisqartiradi, ishchi va xodimlar vaqtini tejaydi; -ishlab-chiqarishni boshqarish bo‘limi hamma ishlab-chiqarish bo‘linmalari bilan bog‘lanish, ular orasida axborot bilan almashish-ikki yoqlama dispetcherlik aloqalariga, avtomatika va telemexanika vositalariga asoslanadi. MTP texnik xizmatining markazlashgan boshqaruv tuzilmasi keltirilgan. MTP quvvatining katta-kichikligiga qarab texnik xizmatning tarkibi o‘zgarishi mumkin. Ammo asosiy qoidalar saqlanib qoladi. Endi, ishlab chiqarish komplekslari, texnik xizmat bo‘limlarining tarkibi va vazifalarini ko‘rib chiqamiz: Bosh muhandis-qishloq xo‘jalik texnikasi texnik holatini talab darajasida ushlab turishga, TXK va JT ishlarini tashkil etishga, ehtiyot qismlar va moddiy resurslar zahirasini ta’minlashga mas’ul. Boshqaruv markazi (BM)-tezkor boshqaruv bo‘limi (TBB) va axborotni qayta ishlash va tahlil bo‘limi (AB) dan tashkil topgan bo‘lib, ularga BM boshlig‘i rahbarlik qiladi. Tezkor boshqaruv bo‘limi ishlarini dispetcher va uning yordamchisi-texnik operator bajaradi. Tezkor boshqarish bo‘limi quyidagi ishlarni amalga oshiradi: - kun davomida TXK, diagnostikadan o‘tadigan, ta’mirlanadigan - mashinalar sonini, nihoyasiga etmagan ishlarni aniqlaydi, tahlil qiladi, echimni topish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni belgilaydi va amalga oshiradi; - jadval bo‘yicha 1-TXK va 2-TXK o‘tishi zarur bo‘lgan qishloq xo‘jalik texnikalarini diagnostika va texnik xizmat ko‘rsatish mintaqalariga yuboradi va ishlarning vaqtida bajarilishini nazorat qiladi; - ta’mirlashga kelgan QXTlarini postlarga taqsimlaydi va ishchilarni biriktiradi, zarur ehtiyot qismlar va materiallarni etkazish haqida topshiriqlar beradi, ishlarni vaqtida bajarilishini nazorat qiladi. 124 Axborotni qayta ishlash va tahlil bo‘limi (AB)-ishlab chiqarish holati, texnik xizmat ko‘rsatilayotgan, ta’mirlanayotgan mashinalar haqida ma’lumotlar to‘plash, ularga ishlov berish, tahlil qilish va boshqaruv tizimiga etkazish vazifalari yuklanadi. AB zamonaviy kompyuterlar, aloqa vositalari bilan jihozlanadi. AB 1-TXK, 2-TXK, diagnostika, joriy ta’mirlashga kelgan mashinalar, ularga sarf qilinayotgan ekspluatatsion materiallar, ehtiyot qisml ar, agregat va uzellar haqidagi ma’lumotlarni to‘playdi, ishlov beradi, tahlil qiladi va saqlaydi. Shu bilan bir qatorda mashinalarning kunlik bajargan ishini, sarf qilinayotgan yonilg‘i-moy mahsulotlari, maxsus suyuqliklar, shinalar, akkumulyator batareyalarining hisobini olib boradi. Axborotni qayta ishlash va tahlil bo‘limi quyidagi asosiy ishlarni amalga oshiradi: - QXTlarga TXK va JT, ehtiyot qismlar, agregatlar ajratish bo‘yicha to‘ldirilgan birlamchi hujjatlarni qayta ishlash uchun qabul qiladi va ularni kompyuterga kiritadi, to‘plangan axborotlarni dasturlashtirilgan tizim asosida kompyuterda qayta ishlaydi, shakllantiradi saralaydi, tartibga keltiradi hamda ishlab chiqarish komplekslari va bo‘limlari bo‘yicha tahlil qiladi, natijalarni boshqaruv markaziga va rahbariyatga etkazadi. to‘planga va ishlov berilga axborotlar asosida rahbariyat zarur chora-tadbirlar ishlab chiqadi v - topshiriqla beradi. - ishlab chiqarishni tayyorlash kompleksi TXK, diagnostika, JT mintaqalariga zarur ehtiyot qism, detal, agregat va uzellar etk azib beradi. ATK omborlarida material, yonilg‘i-moy mahsuloti, ehtiyot qism, agregat va uzellar zaxirasini ta’minlaydi. Mashinalardan echilgan nosoz agregatlarni yuvish, ajratish-yig‘ish, detallarni saralash yaroqsizlarini yangisiga almashtirish, butlash va nihoyat, ularni kapital ta’mirlash, agregatlarning aylanma fondini tashkil etadi. - Boshqaruv markazining boshlig‘i tayyorlash kompleksi va ta’mirlash ustaxonalari boshliqlari bilan birgalikda oraliq va asosiy omborxonalardagi 125 ehtiyot qismlar zahirasi va mavjud ta’mir fondi haqidagi ma’lumotlarga tayanib, ta’mir uchastkalarida agregat qism va detallarni ta’mirlash (yasash) uchun reja ishlab chiqadi. Shu rejaga asosan tayyorlash kompleksining butlash ustaxonasi ta’mirlash ustaxonalariga nosoz detallarni etkazib beradi, ta’mirdan chiqqan (yangi yasalgan)larini esa, asosiy yoki oraliq omborxonalarga eltib beradi. - Moddiy-texnik ta’minot bo‘limi ATKni uzluksiz ravishda ehtiyot qism, agregat, material, yonilg‘i mahsulotlari bilan ta’minlab turadi. Ularga buyurtmalar tuzadi va ombor xo‘jaligi ishlarini tashkil etadi. Moddiy-texnik ta’minot bo‘limi ixtiyorida asosiy ombordan tashqari oraliq ombori ham bo‘ladi. Oraliq omborxonada ishlab chiqarish ustaxonalarida ta’mirlangan yoki yasalgan, ta’mirlash zavodlarida kapital ta’mirlangan agregat, uzel va detallar saqlanadi. Omborxonalardagi zahiralar miqdori hisobini olib borish va me’yorda ushlab turish uchun kompyuterlardan, avtomatlashtirilgan boshqarish vositalaridan foydalaniladi. - Texnik bo‘lim ishlab chiqarish jarayoniga yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish, mehnatni ilmiy asosda tashkil etish reja va tadbirlarni ishlab chiqadi, bajarilishini ta’minlaydi va nazora qiladi. Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi tadbirlarini ishlab chiqadi va o‘tkazadi. Xodimlarni tayyorlash, ishchi va muhandis-texnik xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha o‘qishlar tashkil etadi. Nostandart texnologik jihozlarni loyihalash, tayyorlash, ishlab chiqarishni takomillashtirish va ustaxonalarni texnik qayta jixozlash ishlarini amalga oshiradi. Texnik nazorat xizmati MTPda QXT texnik holatini ishga chiqishdan oldin va ishdan qaytgandan so‘ng nazorat qiladi. QXTga TXK va JT ishlarini, korxonaga keltirilayotgan ehtiyot qism, material, yonilg‘i-moy mahsulotlari, ta’mirlangan agregatlar sifatini nazorat qiladi. Texnik nazorat xizmati boshlig‘i qo‘l ostida texnik nazorat ustalari va mexaniklari ishlaydi. 126 Nazorat bo‘yicha ish hajmlari etarli bo‘lmaganda xizmatni ba’zi funksiyalari birlashtiriladi, filiallarda nazorat mexaniklari TX K, T ishlarini sifatini hamda mashinalarning texnik holatini nazorat qiladi. Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling