Mashinalardan foydalanish asoslari
Qishloq xo‘jalik mashinalariga TXK va JT ishlarini tashkil etish
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
машина фойда асослар фанидан дарслик
8.2. Qishloq xo‘jalik mashinalariga TXK va JT ishlarini tashkil etish usullari Harakatdagi tarkibga TXK va T ni tashkil etishning uchta usuli xozirgi kunda keng tarqalgan va qo‘llanilmoqda: maxsuslashgan brigadalar, kompleks brigadalar va agregat-ustaxonalar. Maxsuslashgan brigadalar usuli harakatdagi tarkibga TXK va JT ning har bir turi (KXK, 1-TXK, 2-TXK, JT, diagnostika, agregatlarni ta’mirlash) bo‘yicha alohida brigadalar tuziladi. Har bir brigadaga ish hajmiga qarab ma’lum sonli, zarur ixtisoslik bo‘yicha malakali ishchilar va maosh fondi rejalashtiriladi. Maxsuslashgan brigada usulida ilg‘or zamonaviy jihozlar va mexanizatsiyani qo‘llash hisobiga ishchilarning mehnat unumdorligini oshirish, asbob va jihozlardan samarali foydalanish imkoni yaratiladi, har bir ustaxonaning texnologik o‘xshashligi ta’minlanadi. Ushbu usulning muhim kamchiliklaridan biri ishchilarning bajargan ishlariga shaxsiy mas’uliyatning etarli emasligidir. QXTning murakkab tizimlaridan biri ishdan chiqsa, uning sababini, asosiy aybdorni aniqlash mushkul bo‘ladi, chunki bu agregatni turli bo‘lim ishchilari ta’mirlagan yoki texnik xizmat ko‘rsatgan bo‘ladi. Kompleks brigadalar usulida brigadalar ma’lum guruh (traktorlar, kombaynlar, avtomobillar, ekinlarga ishlov berish, hosilni yig‘ish va boshqa) mashinalarga TXK-1, TXK-2 va JT ishlarini bajaradilar. Bu usulda KXK, diagnostika, agregatlarni ta’mirlash ishlari markazlashgan holda bajariladi. Kompleks brigadalar har xil soha mutaxassis ishchilari 121 (avtochilangarlar, sozlovchi-chilangarlar, elektriklar, moylovchilar)dan tashkil topadi va o‘zlariga biriktirilgan ishlarni bajaradi. Ish sifatiga shaxsiy mas’uliyat brigada chegarasida saqlanib qoladi. Har bir kompleks brigada TXK va JT ishlarini bajarish uchun o‘zining ishchi postlariga, universal texnologik jihoz va asbob-uskunalariga, ehtiyot qismlar va aylanma agregatlar zahirasiga ega bo‘lishi kerak. 7.1.-rasm. MTPning maxsuslashgan brigadalar usulida tashkil etish tarkibi Bu usulda jihozlar, moddiy-resurslar brigadalar bo‘yicha tarqalib ketib, ulardan samarali foydalanish imkoni bo‘lmaydi, TXK va JT ishlarini boshqarish murakkablashadi. Brigadalar bo‘yicha ishlar bir xil hajmda bo‘lmasligi mumkin, ya’ni bir brigada ish bilan me’yordan ortiq band bo‘lsa, shu vaqtda ikkinchi brigada ish bilan kam ta’minlanishi mumkin, ammo brigadalar bunday sharoitda o‘zaro yordam ko‘rsatishga manfaatdor bo‘lmaydilar. Agregat-ustaxonalar usulining asosiy mohiyati shundan iboratki, MTPning harakatdagi tarkibiga TXK va T bo‘yicha ishlar bir yoki bir nechta agregatlar (uzel, mexanizmlar va tizimlar)ga TXK va JT ishlarini bajarishga mas’ul bo‘lgan ustaxonalar orasida taqsimlanadi Ushbu usulda ustaxonaga biriktirilgan agregat, uzel va tizimlarg a TXK va JT ishlarining sifatiga moddiy va ma’naviy javobgarlik aniqlashadi. Ustaxonalar ishlarining natijalari QXTlarni texnik nosozliklar b o‘yicha ta’mirlashda turish muddatlariga qarab baholanadi. Ustaxonalar orasida ishlar МТП bulimlar КХК ТХК Diagnostika mintaqasi 2-ТХК brigadasi ЖТ brigadasi Agregatlarni ta’milash ustaxonalari 122 ishlab chiqarish dasturiga va Q/X mashinalarni ekspluatatsiya qilish jadalligiga qarab taqsimlanadi. MTP lari quvvatining katta-kichikligiga qarab ustaxonalar soni 4 dan 8 tagacha bo‘lishi mumkin. TXK va JT ishlari ishchi postlarda va tegishli ustaxonalarda bajariladi. Agregat ustaxonalar usuli yuqorida ko‘rilgan ikki usuldan so‘zsiz afzalliklarga ega bo‘lishiga qaramay, kamchiliklarga ham ega. Bulardan asosiysi-ishlab-chiqarishni nomarkazlashuvidir, bu esa ishlab chiqarishni tezkor boshqarishni qiyinlashtiradi. Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling