Mashinalardan foydalanish asoslari
Chet davlatlar va mamlakatimiz mashina traktor parkidagi
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
машина фойда асослар фанидан дарслик
10.3 Chet davlatlar va mamlakatimiz mashina traktor parkidagi
moddiy-texnik ta’minot tizimi tarkiblari O‘zbekistonda 1991 yilgacha markazlashtirilgan moddiy-texnik ta’minot tizimi ishlardi, u davlat ombor tarmoqlari orqali harakat tarkibi, ehtiyot qismlar va ekspluatatsion materiallarning taqsimlanib istemolchilarga etkazar edi. Hozirgi vaqtda bu tizim bozor iqtisodiyoti bo‘yicha chet davlatlar tajribalariga asoslanib ishlamoqda. Respublikamizdagi mashina transporti parkini ehtiyot qismlar bilan ta’minlash tizimining tarkibiy tuzilishi (10.3- rasm)da keltirilgan. Mashina ehtiyot qismlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar guruhi quyidagilardan iborat: mashina va ehtiyot qism ishlab chiqaruvchilar; mustaqil pudratchi ta’minlovchilar; mashina ishlab chiqqan zavodlar orqali agregatlarni ta’mirlash; taqlid qiluvchi (imitator)lar. Mashina va ehtiyot qism ishlab chiqaruvchilar. Mashina ishlab chiqar- uvchi korxonalar tomonidan tayorlanadigan asl ehtiyot qismlar (kuzov, transmiissiya detallari va boshqalari) ishlab chiqarishga butlovchi bo‘lishdan tashqari, ekspluatatsiyadagi mashinalarni ta’minlash uchun ham yuboriladi. Mustaqil pudratchi ta’minlovchilar. Bunday korxonalarga butlovchi sifatida ishlatadigan detal va uzellarni ishlab chiqaruvchi ixtisoslashgan firma (pudratchi zavod)lar kiradi. Masalan etakchi firmalar: «BOSH» (yonilg‘i apparatlari). «GIRLING» (tormoz tizimlari) va boshqalar. Ular o‘z buyumlarini ishlab chiqarishga etkazib beradilar hamda tizim omborlari va har xil turdagi do‘konlar orqali sotadilar. Mashina ishlab chiqqan zavodlar orqali agregatlarni ta’mirlash. Yirik mashina ishlab chiqaruvchi firmalar hozirgi vaqtda eyilgan detallarni o‘z kuchlari bilan sifatli tiklamoqdalar. Ular tomonidan dvigatel va boshqa agregatlar, buyumlar ta’mirlanadi va ehtiyot qism sifatida, ekspluatatsiya jarayonida ishlatiladi. 148 Taqlid qiluvchi (imitator)lar faqat sotish uchun ehtiyot qismlarni ishlab chiqaruvchi ko‘p guruhli, etarli raqobatchi imitator-korxonalardir. Bunday korxonalarda ko‘pincha kam nomli detallar nomenklaturasi ishlab chiqari- ladi, ularning sifati va standartlarga mosligi kafolatlanmaydi hamda narxi asliyatga nisbatan past bo‘ladi. Chet davlatlarda mashina ishlab chiqaruvchilar orasida, shunday qoida borki «kim ishlab chiqarsa, o‘sha xizmat ko‘rsatadi». SHu sababli mashinalarga kerakli ehtiyot qismlar bilan ta’minlashni asosan mashina ishlab chiqaruvchi firma (zavod)lar o‘z zimmasiga oladilar. Moddiy-texnik ta’minot tizimi, esa asosan uch bosqichli omborlar majmuasidan iborat: markaziy, regional(hududiy) va dilerlik omborlari. Firmaning mashinalari geografik hududlar bo‘yicha keng tarqalgan sharoitlarda, to‘rt bosqichli omborlar tizimdan foydalanilad: bunda markaziy ombordan keyingi bosqichda mintaqaviy(zona) omborlar bo‘lib, ular regional omborlar guruhiga xizmat ko‘rsatadi. Markaziy ombor- moddiy-texnik ta’minot tizimining asosiy takibiy qismidir. Bu omborda firmaning o‘z va chet davlatlarda ekspluatatsiya qilinayotgan mashinalar parkiga kerakli ehtiyot qismlarning 80%ga yaqin nomenklaturasi (ya’ni 50-70 ming nomdagi detallar) saqlanadi. Saqlanadigan ehtiyot qismlar nomenklaturasi, ularning hajmi va olib kelish davriyliklari reja asosida olib boriladi. Reja ehtiyot qismlarning oldingi yilgi sarfiga va mashinalar parki tarkibiga asoslanib tuziladi. Bu omborga ehtiyot qismlarning asl nusxalari mashina ishlab chiqaruchi va pudratchi hamda firma tarkibidagi agregat va detallarni ta’mirlovchi zavodlardan etkaziladi. Har bir detal nomi bo‘yicha muqobil zahira hajmi yillik talabning 30…35% darajasida saqlab turiladi. Markaziy omborning bir nechta bo‘limlari bo‘lib, ular mintaqa (region)lar bo‘yicha mashina parkini hisobga olish, buyurtmalarni ro‘yxatlash, sotilayotgan, zahiradagi va keltirilayotgan detallarni nazoratlash, mehnat sarfini hisobga olish, buxgalteriya hisobi kabi ishlarni bajaradilar. 149 Mintaqaviy (zona)omborlar- markaziy omborning bo‘limlari hisoblanadi. Ularning vazifalari o‘z mintaqalaridagi mashina parkini ehtiyot qismlar bilan ta’minlashdir. Bu omborlarning hajmi ular tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan regionlar soniga bog‘liq. Mintaqaviy omborlarga ehtiyot qismlar, asosan, markaziy ombordan keltiriladi. Ayrim vaqtlarda, esa mustaqil ravishda bu omborlarga ehtiyot qismlarning asl nusxalari mashina ishlab chiqaruchi va pudratchi hamda firma tarkibidagi agregat va detallarni ta’mirlovchi zavodlardan to‘g‘ridan to‘g‘ri olib kelinadi. Ularda saqlanayotgan detallar nomenklaturasi 20 minga yaqin nomdan iborat bo‘lib, o‘rtacha zahira hajmi 1,5…2 oyga etarli darajada ushlanadi. Maksimal va minimal zahira hajmi ko‘p yillik tajribalarga asoslanib, etarli darajasida ushlanadi, ya’ni o‘rtacha maksimal zahira 2,5…3 oylik, minimali esa 1…1,5 oylik talab darajasidan oshmaydi. Regional omborlar -mintaqaviy omborlarning bo‘limlari hisoblanadi. Bu omborlar mashina parklari jamlangan tumanlarda joylashtiriladi va ularning vazifasi ushbu mashina parkini kerakli ehtiyot qismlar bilan ta’minlashdir. Agarda firma mashinalari yillik eksporti 2 mingdan oshsa, regional omborlar boshqa davlatlar xududida ham tashkil etiladi. Ehtiyot qismlar bozoridagi qattiq raqobat talablari mashina firmalarini tezkor ishlashga va yangi boshqarish usullarini qo‘llashga jalb etadi. Shu sababli bu omborlarning hajmi ular tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan tumanlar soniga bog‘liq. Ularda umumiy ehtiyot qismlar nomenklaturasining 60%ga yaqini (10…15 ming nomdagi detallar) va har bir nom bo‘yicha 2,5…3 oylik zahirasi saqlanadi. Regional omborlarga ehtiyot qismlar asosan mintaqaviy (yoki markaziy) omborlardan keltiriladi. Ayrim vaqtlarda, mustaqil ravishda, bu omborlarga ehtiyot qismlarning asl nusxalari mashina ishlab chiqaruchi va pudratchi hamda firma tarkibidagi agregat va detallarni ta’mirlovchi zavodlardan to‘g‘ridan to‘g‘ri olib kelinadi. Regional omborlar yuqori boqichdagi omborlar bilan reja asosida birgalikda ishlaydilar. Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling