Mashinasozlikda aniqlik. Maqsad: mashinasozlikda aniqlik tushunchasi


Detallarning xizmat vazifasiga qarab 19 ta aniqlik kvaliteti belgilangan boʻlib IT 01 dan IT 17 gacha


Download 0.63 Mb.
bet2/14
Sana09.06.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1476222
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
машинасозликда аниклик

Detallarning xizmat vazifasiga qarab 19 ta aniqlik kvaliteti belgilangan boʻlib IT 01 dan IT 17 gacha. Aniqlik kvalitetining tartib raqami ortishi bilan uning qoʻyim maydoni ortib boradi.
IT 01,0,1 tekis paralel yakuniy oʻlchov vositalari uchun kvalitet aniqligi, IT 2,3,4 chegaraviy kalibrlar va alohida aniqlikka ega boʻlgan mahsulotlar uchun kvalitet aniqligi, IT 5 dan IT 12 gacha yigʻish jarayonida boshqa detal yuzasi bilan tutashuvchi detallar oʻlchamlari uchun va nihoyat IT 13 dan IT 17 gacha esa past aniqlikdagi oʻlchamlar uchun qo’llaniladi.
Yalpi va koʻp seriyali ishlab chiqarish sharoitida detallarning aniqligiga asosan dastgohlarni kerakli oʻlchamga sozlash natijasida erishiladi. Kichik seriyali va donali ishlab chiqarish sharoitida - qoʻshimcha yakunlovchi amallar qoʻllash hamda yuqori malakali ishchi kuchidan foydalanish hisobiga taʼminlanadi. Ishlab chiqarish sharoitida detalning aniqligi qator omillarga bogʻliq boʻlganligi uchun ularni olib boʻlishi mumkin boʻlgan aniqlik boʻyicha emas, balki iqtisodiy aniqlik boʻyicha tayyorlanadi.
Iqtisodiy aniqlik deganda mexanik ishlov berishni minimal tannarxi boʻyicha normal ishlab chiqarish sharoitida, texnologik soz dastgoh va kesuvchi asboblar xamda moslamalardan foydalanib normal vaqt sarfi asosida, ish turiga qarab normal malakali ishchi kuchidan foydalanib olinadigan detallar aniqligi tushuniladi. Olib boʻlishi mumkin boʻlgan aniqlik deganda aloxida yaratilgan ishlab chiqarish sharoitida, yuqori malakali ishchi kuchidan foydalanib, vaqt sarfini hisobga olmay, mexanik ishlov berish tannarxini ortib ketishiga qaramay olinadigan detal aniqligi tushuniladi.
Detalni tayyorlash aniqligiga quyidagi asosiy omillar ta’sir koʻrsatadi:
1. Dastgohning noaniqligi.
2. Kesuvchi va yordamchi asboblarning tayyorlash aniqligi.
3. Dastgohni talab etilgan oʻlchamga sozlash va kesuvchi asbobning oʻrnatish xatoligi.
4. Detalning oʻrnatish va bazalash xatoligi.
5. Kesish kuchi taʼsirida texnologik ishlov berish tizimining (TIBT) deformatsiyasi.
6. Kesish jarayonida TIBT ning issiqlik taosirida deformatsiyalanishi.
7. Ishlov berishdan soʻng detalning tekshirish jarayonida uning oʻlchamlarini oʻzgarib qolishi holatlari.
8. Oʻlchashdagi xatoliklar.
9. Ish bajaruvchining xatolari.
Ishlov berish aniqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tahlil qilish uchun ishlov aniqligi koeffitsenti deb nomlangan koeffitsent kiritiladi.

Bunda, A oʻrt – oʻrtacha aniqlik kvaliteti, boʻlib quyidagi formula bilan aniqlanadi:

Bu yerda, 1-19 – aniqlik kvalitetlari nomerlari; n1i, n2i, n3i… n19, ni – 1…19 aniqlik kvalitetlaridagi yuzalar soni. Meʼyorlarga koʻra Kia = 0,3 deb yuritiladi.
Detalga konstruktor tomonidan belgilab berilgan aniqlik darajasi uning ish qobiliyatining shakllanishi uchun zaruriy omillardan biri.
Tayyorlash texnologik jarayonida kelib chiquvchi geometrik koʻrsatkichlar xatoligini umuman bartaraf qilish mumkin emas, va shu sababdan detallarga ishlov berishda doimo maʼlum miqdorda hosil boʻluvchi xatolik kuzatiladi.
Shuning uchun detalni tayyorlanish aniqligi deganda uning oʻlcham, shakli, yuzalarining oʻzaro joylashuvida boʻladigan xatoliklarning konstruktor tomonidan bu koʻrsatilgan parametrlar uchun belgilab bergan miqdoriga moslik darajasi tushuniladi. Detalga ishlov berilganda har bir oʻlcham boʻyicha ishlov berish unga berilgan qoʻyim asosida amalga oshirilishi kerak. Yaʼni ishlov berish texnologik usuli, bazalash, ishlov berish tartibi, bularning barchasi detal aniqligiga qoʻyilgan talab asosida belgilanishi kerak.
Detalga ishlov berish aniqligi dastgohning sozlanish aniqligiga, ishlov berish asbobining turi, aniqlik darajasi, oʻrnatilish sifati, stanokning harakatlanish turi, koʻchirish (qator) qurilmalarining holati va boshqa shu singari qator koʻrsatkichlar taʼsirida shakllanadi.
Yuza gʻadir-budirliklarning koʻrsatkichlari aniqligi ishlov berish turi va aniqligiga bogʻliq ravishda shakllanadi. Shu sababdan baʼzi paytlarda oxirgi toza ishlov berish operatsiyasi detalning funksional xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, uning ish yuza gʻadir-budirligiga boʻlgan talabni hisobga olib, belgilanadi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling