Mashinasozlikda aniqlik. Maqsad: mashinasozlikda aniqlik tushunchasi
O’lcham, shakl va sirtlar joylashuvining aniqligi
Download 0.63 Mb.
|
машинасозликда аниклик
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-rasm. DMAD-yopiq tizimining sxemasi.
O’lcham, shakl va sirtlar joylashuvining aniqligi.
Zagotovkalarni kesib, mexanik ishiov berish jarayoni turli moslamalar va keskich asboblar bilan ta'minlangan metall kesuvchi dastgohlarda amalga oshiriladi. Binobarin, dastgoh (D), moslama (M), asbob (A) va ishlov beriladigan detal (D) bir butun DMAT -tizimini hosil qiladi. Uning elementlari nafaqat bir-biriga bog'liq bo’lishi, balki berk kontur ichida bo'lishi ham zarur (2-rasmda punktir chiziq bilan ko'rsatilgan). Agar bunday berklik bo'lmasa ishiov berish jarayonini bajarish mumkin enias. Ko'rsatilgan har bir element o'zining sifati bo'yicha ideal emas. Tizimning barcha elementlari o'zining sifat ko'rsatkichlarini detalni tayyorlash jarayonida zagotovkaga o'tkazadi. Undan tashqari, kesish jarayonining o'ziga xosligi ham detaining sifat ko'rsatkichlariga ozining o’zgartirishlarini kiriladi. Natijada detallarning xatoliklari kelib chiqadi va qoidaga ko‘ra uning aniqligi pasayadi. Mashinaning har bir detali bir nechta sirtlar birikmasidan iborat. Detallarning ko'pligiga qaramasdan sirtlar soni cheklangan. Bular silindrsimon, konussimon, yassi va shakldor sirtlardir. 2-rasm. DMAD-yopiq tizimining sxemasi. Zagotovkalarga mexanik isblov berishning aniqligi, texnologik tizim elementlarining berk konturi mavjudligi bilan bog’liq bo'lib, uch xil aniqlik bilan namoyon bo’ladi: o'lcham aniqligi, shakl aniqligi va sirtiar fazoviy joylashuvining aniqligi bilan. Detallar turli sirtlarining o’lcham aniqligi qo’yimga mos kelishi zarur. O'lcham qo'yimi sezilarli darajada mahsulot sifatini aniqlaydi. O'lchamlar tayinlanishi bo’yicha turli guruhlarga kirishii mumkin. Koordinalsiyalovchi o’lchamlar detallarni va o'qlarni o'zaro joylashishini aniqlash uchun qo'llaniladi. Bu o'lchamlar qoidaga ko’ra, javobgar sirtlar, detalning xizmat vazifasini belgilovchi hisoblanadi. Masalan, korpusli detallarning tipaviy sirtlari bo'lib yassi sirtlari va vallar, podshipniklar joylashtiriluvchi tuynuklari hisoblanadi. Koordinatsiyalovchi o’lchamlar korpuslarning yassi va silindrik sirtlarini o'zaro bog'lab turadi. Yig'ish o’lchamlari mashinaning bir elementi holalini boshqasiga nisbalan aniqlaydi. Bu o'lchamlar eng avvalo biriktiriluvchi sirtlarnikidir. Korpusli detallarning biriktiriluvchi sirtlari ko'pincha yassi sirtlari hisoblanadi. Ko'rsatilganlardan tashqari texnologik o’lchamlar qo'llaniladi. Ular detallarni tayyorlash va nazorat qilsli uchun zarur. O'lcham qaysi guruhga kirmasin, uning aniqligi mashina sifatiga, ya’ni o'zi- ning funksiyasini o’rnatilgan chegara oralig’ida bajarish qobiliyati bo'yicha bevosita ta'sir ko’rsatadi. Aniqlik muammosining yechimi yana bir «o'lcham» tushunchasini hai etishni talab etadi. O’lchamlar nominal (yaxlit), chegaraviy va haqiqiy o’lchamlarga farqlanadi. Nominalga nisbatan chegaraviy o’lchamlar aniqlanadi. Nominal o'lcham og'ishlarini hisoblashining boshi bo'lib xizmat qiladi va konstruktor tornonidan detatning xizmat vazifasidan kelib chiqqan holda ornatiladi. Binobarin, texnologik tizim dastgoh-moslama-asbob-detal (DMAD ) doimiy (nominal) o'lchamning funksiyasi davom etishining o'ziga xosligi tufayli uni ta’minlay olmasligi sababli haqiqiy o'lcham tushunchasi kiritilgan. U ruxsat etilgan xatolik bilan o'lchash orqali aniqlanadi. Haqiqiy o'lcham nominaldan ruxsat etilgan miqdordan katta farq qilmasligi zarur. Shuning uchun ikkita chegaraviy o’lchamlarga farqlanadi - eng katta va eng kichik. Nominal o'lchamning miqdori eng katta va eng kichik o'lchamlar oraiig'ida bo'lishi yoki ulardan biriga teng bo'lishi ham mumkin. Haqiqiy deb ataluvchi o'lcham, mahsulotning sifatini baholash uchun muhim ahamiyatga ega. Detalni tavyorlash jarayonida har oniy vaqt birligida bu o'lcham turlicha bo'lib chiqadi. Buning fizikaviy mohiyati shundan iboratki, texnologik tizim zagotovkaga ishlov berib, harakatlanib (nafas olib) yuirish jarayonida bir nechta omillar vujudga kelib, detaining sifatli ehiqishiga ta ’sir ko'rsaladi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling