Mashinasozlikda aniqlik. Maqsad: mashinasozlikda aniqlik tushunchasi


Dastgohni talab etilgan oʻlchamga sozlash va kesuvchi asbobni oʻrnatish xatoliklari


Download 0.63 Mb.
bet9/14
Sana09.06.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1476222
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
машинасозликда аниклик

Dastgohni talab etilgan oʻlchamga sozlash va kesuvchi asbobni oʻrnatish xatoliklari.
Donabay ishlab chiqarish sharoitida kesuvchi asbobni sozlash ishlov berish davrida ishchi tomonidan amalga oshiriladi. Seriyali va yalpi ishlab chiqarish sharoitlarida - sozlovchi chilangar tomonidan ishlov berishgacha amalga oshiriladi. Donabay ishlab chiqarish sharoitida kerakli oʻlcham xomashyodan bir qatlamni sinab kesib olish yoʻli bilan olinadi. Bu holda mahlum qatlam kesib olingandan soʻng, oʻlcham tekshirib koʻriladi va x.k. bu ishni talab etilgan oʻlchamga erishgunga qadar davom ettiriladi. Bu ishlarni bajarishda ishchi dastgoh limbidan foydalaniladi. Bu usulda sinab kesilgan uzunlikdagi kesish chuqurligi detalning butun uzunligi boʻyicha bir xil boʻlmasligi tufayli xatolik xosil boʻladi.
Yuklanmagan dastgohning noaniqligi standartlar bilan koʻrsatilgan boʻlib asosiy parametrlarga beriladigan qoʻnimlari va ularni aniqlash uchun belgilangan vosita va usullari bilan xarakterlanadi. Oʻrta oʻlchamga ega boʻlgan universal dastgohlar uchun ular shpindellarning radial va koʻndalang urilishi, shpindel konus tuynugining tepishi, yoʻnaltiruvchilarning toʻgʻri chiziqlilik darajasi va boshqa koʻrsatkichlar bilan xarakterlanadi.
Dastgohning geometrik noaniqlik darajasi, ishlov berilayotgan detalga qisman yoki toʻliq sistematik xatoliklar koʻrinishida oʻtadi.
Shpindel oʻqining noparalelligi silindrik detalning konussimon boʻlib chiqishiga, vertikal – frezerlik dastgohida bu xatolik ishlov berilgan yuzaning detal oʻrnatish yuzasiga nisbatan noparalelligiga olib keladi.
Kesish asbobining noaniqligi va yemirilishidan kelib chiqadigan xatoliklar. Asboblarning tayyorlanish noaniqligi odatda juda kam boʻladi shuning uchun ularning ishlov berilganida topadigan aksi ham juda kam boʻladi. Odatda detal noaniqligida ularning yemirilishidan hosil boʻladigan noaniqliklar kattadir.
Oʻlchamlar avtomatik olinishiga moʻljallangan stanoklarda kesish asboblarining yemirilish oʻzgaruvchan sistematik xatoliklarning kelib chiqishiga olib keladi. Odatda asboblarning yemirilishi ham tabiiy klassik sxema asosida sodir boʻladi.
Kesish asbobining tayyorlanish materialini, konstruksiyasi va kesish tartiblarini oqilona tanlash ishlov berilayotgan detal aniqligining oshishiga olib keladi.
Detalni oʻrnatishda hosil boʻladigan kuchlanishning ishlov berish noaniqligiga taʼsiri, taʼsir qiladigan siqish kuchining kattaligiga bogʻliq boʻlib, zagotovkalar bir xil boʻlib taʼsir etuvchi kuchlar kattaligi va yoʻnalishi boʻyicha oʻzgarmas boʻlsa, detalda hosil boʻladigan xatoliklar ham tizimli xarakterga ega boʻladi. Ularning kattaligi va oʻzgarishini maʼlum formulalar yordamida hisoblab topish mumkin boʻladi.
Vtulka patronda berkitilganda unda elastik deformatsiyalanish sodir boʻlib, kulachoklar ushlab turgan joylarda A zagatovkaning radiusi kichiklashadi, V nuqtalarda esa bu oʻlcham oshadi (3.2. rasm).

3.2.-rasm. Vtulkani oʻrnatishdan kelib chiqadigan xatolik sxemasi: a-vtulka uch kulachokli patronga oʻrnatilganidagi elastik deformatsiyalanishi; b-ishlov berilgan tuynuk shakli; v-tuynukning detal dastgohdan yechib olinganidan keyingi shakli; A-kuchning taʼsir sxemasi; V-deformatsiyalanish sxemasi.

Vtulkasimon detallarning yuzasida oʻrnatishdan hosil boʻladigan xatolik patrondagi kulachoklar soniga ham bogʻliqdir. Kulachoklar soni qancha koʻp boʻlsa ularning siqilishidan hosil boʻladigan deformagʻiya shuncha kam boʻladi. Ikkita kulachokda shartli ravishda 100% deb olsak, uchta boʻlganda 21%, toʻrta kulachokda 8%, oltita kulachokda 2% deformagʻiyalanish sodir boʻladi.


Shuning bilan bir qatorda maʼlum sharoitlarda ishlov berish xatoligi zagotovkaning ogʻirligidan, markazdan qochma kuch taʼsirida, ichki kuchlanishlar natijasida va boshqa koʻp sabablar natijasida kelib chiqishi ham mumkin.
Texnologik tizimning qizishi natijasida hosil boʻladigan ishlov berish xatoliklari stanokning doimiy ishlashi natijasida oʻzgaruvchan tizimli koʻrinishda hosil boʻladi.
Dastgohning qizishdan deformatsiyalanish detallarda hosil boʻladigan xatoliklarning sabablaridan biridir. Stanoklarning qizishining asosiy sababi, ularning harakatlanuvchi qismlarida sodir boʻladigan ishqalanishlardir. Shuning uchun asosiy qizuvchi zonalar podshipnikli tutashmalar mavjud joylardir. Shuningdek elektrodvigatel, gidrouzatkichlar, sovituvchi suyuqliklar va boshqa koʻp faktorlar taʼsirida ham stanok qizishi va natijada deformatsiyalanishi mumkin.
Shpindel babkasining qizishi ham murakkab tabiatga ega boʻlgan deformatsiyalanishlarga olib keladi. Babkaning haroratda oʻzgarishi 3-5 soat davomida rivojlanib keyin stabillashadi. Shuning uchun stanok ish boshlashdan oldin 2-3 soat davomida salt ishlashga qoʻyilishi kerak.
Ishlov berish asbobining qizishi ham ishlov berish xatoligi sababi boʻlishi mumkin. U qiziganida asosan oʻz oʻlchamlarini kattalashtiradi va natijada tegishli ravishda detal ishlov berish xatoligining kelib chiqishiga sabab boʻladi. Qizishning kattaligi kesishning tezligiga, uzatish kattaligiga va boshqa bir qator faktorlarga bogʻliqdir.
Zagotovkaning qizish natijasida deformatsiyalanishi ham ishlov berish xatoligi sababi boʻlishi mumkin. Detal qizishi asosan qirqishda ajralib chiqadigan issiqlik natijasidir. Odatda detal qizishining potengʻiali, uning qismlari orasida qancha koʻp boʻlsa, uning taʼsirida boʻladigan deformatsiyalanish ham shuncha yuqori boʻladi.
Vtulkasimon detallarga ishlov berishda ularning isishi katta xatolikning kelib chiqishiga sabab boʻladi.
Ishlov berish vaqtida sovutish vositalarini qoʻllash qizishdan kelib chiqadigan xatoliklarni kamaytirishga imkoniyat yaratadi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling