Mashinasozlikda aniqlik. Maqsad: mashinasozlikda aniqlik tushunchasi
Turli xil ishlov berish usullarining aniqligi
Download 0.63 Mb.
|
машинасозликда аниклик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashinasozlikda aniqlik muammosini echishda texnolog quyidagi vazifalarga e’tibor berishi kerak
Turli xil ishlov berish usullarining aniqligi.
Ishlov berishda talab etilgan aniqlik turli dastgohlarda turli usullar yordamida olinadi. Tuynuklarga ishlov berishda IT 7 kvalitet aniqlik toza razvyortkalash, sidirish, jilvirlash, pritirkalash, abraziv toshlar yordamida yetkazib ishlov berish, xoninglash, superfinishlash usullari orqali taʼminlanadi. Ayrim hollarda diqqat bilan ishlov berilsa shu usullar IT 5, IT 6 aniqlik kvalitetlarini taʼminlaydi. Tuynuklarga ishlov berishda IT 9, IT 10 kvalitet aniqliklari toza razvyortkalash, toza yoʻnib kengaytirish, bir marta jilvirlash orqali taominlanadi. Tuynuklarda IT 11 kvalitet aniqlik tokarlik yoki revolpver dastgoxlarida va parmalash dastgoxlarida konduktorlar yordamida parmalash usullari bilan taʼminlanadi. Tuynuklarda IT 12 - IT 14 aniqlik parmalash yoki yoʻnib kengaytirish usullari yordamida olinishi mumkin. Vallarga IT 15 – IT16 aniqlik kvalitetida ishlov berish tokarlik dastgohlarida ishlov berib boʻlgandan soʻng jilvirlash dastgohlarida ikki marta jilvirlab taʼminlanadi. Vallarga IT 17 kvalitet aniqligida ishlov berish uchun tokarlik ishlov berishdan soʻng jilvirlash dastgohlarida jilvirlanadi. Vallarga IT 9-IT 10 kvalitet aniqligida toza ishlov berish uchun tokarlik dastgohlarida toza ishlov beruvchi keskichlardan foydalanish kifoya. Vallarga IT 11 kvalitet aniqligida ishlov berish uchun tokarlik va revolver dastgohlarida keskichlardan qora va toza ishlov berishda foydalanilsa boʻladi. Vallarga IT 12 – IT 14 kvalitet aniqlikda ishlov berish uchun ularni tokarlik dastgohlarida normal keskichlar yordamida yoʻnish kifoya. Mashinasozlikda aniqlik muammosini echishda texnolog quyidagi vazifalarga e’tibor berishi kerak: Konstruktor talab qilgan tayyorlash va yig’ish aniqligini yuqori ish unumdorligi va iqtisodiyotini ta’minlagan holda olish. Detal va tutashmalarning amaliy aniqligini o’lchash imkoniyatini beruvchi asbob uskunalar bilan jarayonni ta’minlash. Detallarni tayyorlashda operatsiyalararo o’lchamlari va qo’yimlarini belgilash va ularning to’g’ri olinishini ta’minlash. Jarayonda hosil bo’ladigan xatoliklarning sababani aniqlash va yo’qotish. Detal aniqligi deb, uning o’lchamlari, geometrik shakli, yuzalar o’zaro joylashishi va g’adir budurligi bo’yicha chizmada belgilangan aniqlik darajasiga mosligi tushuniladi. Shuningdek detal aniqligi uning ish yuzalari, umuman butun materialining fizik-mexanik xususiyatlarining talab qilingan darajaga mosligini ham belgilaydi. Detallarning belgilangan aniqligini olishning ikki xil usuli mavjuddir. Birinchisi tekshirib ishlov berish va o’lchash, ikkinchisi sozlangan stanoklarda o’lchamni avtomatik ravishda olishdir. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling