Mashinasozlikda aniqlik. Maqsad: mashinasozlikda aniqlik tushunchasi


Kesuvchi asbobning oʻlchamlari yemirilishi natijasida xosil boʻluvchi xatoliklar hisobi


Download 0.63 Mb.
bet8/14
Sana09.06.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1476222
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
машинасозликда аниклик

Kesuvchi asbobning oʻlchamlari yemirilishi natijasida xosil boʻluvchi xatoliklar hisobi. Kesuvchi asbobning kesish yoʻliga bogʻliqligi uning oʻlchami yemirilishi orqali ifodalanadi. Bu oʻz navbatida 1000 m yoʻl hisobiga keltiriladi va keltirilgan oʻlchamli yemirilish K orqali aniqlanadi. Yoʻnishda kesish yoʻli L,m da quyidagicha aniqlanadi:

bu yerda: D-ishlov berilayotgan yuza diametri,mm; l- ishlov berilayotgan yuza uzunligi, mm; S- uzatishlar qiymati, mm/obyekt.
Bitta partiyadagi “n” sonli detallarga ishlov berilsa, u holda umumiy yoʻl LN=L*N. Kesuvchi asbobni moslashishi uchun dastlabki yemirilish yoʻlini 1000 m deb olsak,

Meʼyorlardan foydalanib, keltirilgan yemirilish K ni qabul qilsak, u holda umumiy yemirilish YeR

Moslamaning xatoligi uning detallarini xatoligi va yemirilishi natijasida hosil boʻlib, tayyorlanayotgan detalning qoʻyimlari maydoni qiymatidan 1/3-1/5 barobar ortib ketmasligi kerak.


Ishlov berish aniqligiga taʼsir qiluvchi omillar.
Omillar tabiatiga qarab tizimli va tasodifiy xatoliklarni keltirib chiqarish mumkin.
Tizimli xatoliklar ishlov berilayotgan hamma zagotovkalarga bir xilda yoki biror-bir qonuniyat asosida oʻzgarib taʼsir qiladi.
Tizimli va oʻzgaruvchi sistematik xatoliklarning kelib chiqish sabablari dastgoh qismlarining yemirilishi, noaniqligi, deformatsiyalanishi, moslama va asboblarning ham shu singari xatoliklari, hamda texnologik tizimda sodir boʻladigan harorat oʻzgarishlari, zagotovkada boʻlgan konstruktiv xatoliklar boʻlishi mumkin.
Dastgoh yoki moslamada xomashyoni bazalash va oʻrnatish xatoliklari.
Oʻrnatish xatoligi Yeoʻr umumiy xatoliklarni tashkil qiluvchi xatoliklardan biri boʻlib, bazalash xatoligi Yeb va mahkamlash xatoligi Yem yigʻindisidan iborat.
Bazalash xatoligi oʻrnatish bazasi bilan oʻlchov bazalarini qoʻshilmaganligi sababli hosil boʻladi. Mahkamlash xatoligi qisish kuchi taʼsirida detalning siljishi tufayli hosil boʻladi. Xomashyoning siljishi oʻq boʻyicha, radial va burchak ostida boʻlishi mumkin. Tekis yuzalarga ishlov berishda bazalash xatoligi vektori va maxkamlash xatoligi vektorlari bir nuqtaga yoʻnalgan deb qabul qilinsa:

Aylanish oʻqiga ega boʻlgan yuzalarga ishlov berishda bazalash va mahkamlash xatoliklari vektorlari turli burchak ostida oʻzaro joylashgan deb qaralsa:

Agarda oʻrnatish bazasi bilan oʻlchov bazasi birga boʻlsa Yeb= 0 boʻladi. 3.1-rasmda koʻrsatilgan holat uchun L oʻlchamni taʼminlashda YebL=0, chunki A-A yuza ham bazalash ham oʻlchov bazasidir.
K oʻlchamni taʼminlashda oʻlchov bazasi V-V boʻlgani uchun Yeb=δ. Detallarni bazaviy tuynuklari boʻyicha silindrik yuzalarga oʻrnatishda (barmoqlarga) oʻlchov bazasi taʼminlanayotgan oʻlcham yoʻnalishida siljishini inobatga olish kerak (3.1-rasm). Kengayuvchi barmoqqa oʻrnatilganda (oraliq yoʻq holda) l-oʻlchamga nisbatan xatolik xomashyo diametri D ning qoʻyimi maydonining yarmiga teng boʻladi. Yeb=δ/2.
Bikr barmoqqa oʻrnatilganda esa Yeb hosil boʻlgan oraliq qiymatiga katta boʻladi:


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling