Mashinasozlikda aniqlik. Maqsad: mashinasozlikda aniqlik tushunchasi
-rasm. Oʻlchamlarni avtomatik olish usulida zagotovkalarga ishlov berish
Download 0.63 Mb.
|
машинасозликда аниклик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlov berishning tizimli xatoliklari.
- Metall kesish dastgohining noaniqligi
3.1-rasm. Oʻlchamlarni avtomatik olish usulida zagotovkalarga ishlov berish.
Avtomatik oʻlcham olish usulidan foydalanilganda talab qilingan ishlov berish aniqligini olish vazifasi stanokchi ishchidan, dastgohni sozlovchiga, asbobsozga, moslama yasovchilar va texnologlarga oʻtadi. Bu usulning afzalligi sifatida olinadigan aniqlikning ishchi saʼviyasiga deyarli bogʻliq boʻlmasligini, ish unumdorligining yuqori boʻlishini, jarayon iqtisodiy samaradorligi oshishini koʻrsatish mumkin. Bu yutuqlar usulning zamonaviy seriyalab va ommaviy ishlab chiqarish korxonalarida keng qoʻllanilishiga imkon beradi. Yuqorida koʻrib chiqilgan ishlov berish usullarining qaysi biri qoʻllanilmasin, jarayon amalga oshirilishida doimo maʼlum miqdordagi kamchiliklar kelib chiqadi. Bu xatoliklar tabiatiga qarab tizimli va tasodifiy deb ataluvchi turlarga boʻlinadi. Ishlov berishning tizimli xatoliklari. Ishlov berishning tizimli xatoliklari barcha ishlov berilayotgan detallar uchun doimiy yoki ishlov berilayotgan detallarning har biridan ikkinchisiga oʻtishda maʼlum qonuniyat asosida oʻzgarib boradi. Birinchi turdagi xatoliklar doimiy tizimli xatoliklar deyiladi ( ) va ikkinchi turdagi xatoliklar oʻzgaruvchi tizimli (funksional) xatoliklar deb ataladi ( ). Bu xatoliklar asbob, moslama va dastgohning noaniqligi, yeyilishi va deformatsiyalanishidan, zagotovkaning xatoliklaridan, harorat taʼsiridan va boshqa omillar taʼsiri natijasida shakllanadi. Dastgohning noaniqligi, yeyilishi va deformatsiyalanish natijasida kelib chiqadigan nuqsonlarga shpindelning radial tepishi, koʻndalang yuza tepishi (oʻq boʻyicha) va boshqa shu singari tashkil etuvchilardan iborat boʻladigan xatoliklar kiradi. Metall kesish dastgohining noaniqligi natijasida hosil boʻluvchi xatolik uning geometrik xatoligi deb yuritiladi. Dastgohning geometrik xatoligi asosan uning detallari, yigʻma birikmalarini notoʻgʻri tayyorlanganligi va yigʻish jarayonida yoʻl qoʻyilgan xatoliklar oqibatida vujudga keladi. Bu xatoliklarni kattaligi dastgohning aniqlik meʼyorlari GOST boʻyicha belgilanadi. Masalan: tokarlik va frezerlik dastgohlari shpindellarining radial tepishi 0,01- 0,015 mm dan oshmasligi kerak. Tokarlik va randalash dastgohlarining yoʻnaltiruvchilari toʻgʻri chiziqli va paralellik boʻyicha xatoliklari 1000 mm esa 0,05-0,08 mm dan oshmasligi kerak. Dastgohning ishlash jaryonida uning detallarini yemirilishi sababli xatoliklar vujudga keladi. Qirqish asbobining noaniqligiga va yeyilishiga bogʻliq boʻlgan xatoliklar (ayniqsa freza, razvyortka, zenker kabi meʼyorlangan asboblarning) koʻpchilik hollarda bevosita ishlov berilayotgan detalga oʻtadi. Odatda qirqish asbobining noaniqligi juda kichik boʻladi va ishlov berishga asosan uning yeyilishidan kelib chiqadigan xatoligi katta taʼsir koʻrsatadi. Kesuvchi va yordamchi asboblarning tayyorlash aniqligi detallarga mexanik ishlov berish berish aniqligiga taʼsir koʻrsatadi. Mashina detallari kabi kesuvchi va yordamchi asboblar absolyut aniq tayyorlanadi. Ishlov berish jarayonida ularning xatoliklari u yoki bu koʻrinishda detalga koʻchadi. Bundan tashqari, ishlov berish jarayonida ular yemiriladi va natijada xatolik ortib boradi. Bu esa yemirilish natijasida dastgoh detallariga nisbatan kesuvchi asbobni taʼsiri yuqori ekanligini bildiradi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling