Mashinasozlikda aniqlik. Maqsad: mashinasozlikda aniqlik tushunchasi
Download 0.63 Mb.
|
машинасозликда аниклик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlov berish aniqligini olishning ikki xil usuli mavjud
- Sozlangan dastgohlarda oʻlchamni avtomatik olish
Detal aniqligi deb, uning chizma talablarini qondirish darajasi tushiniladi. Bu talablar detalning oʻlchamlari, geometrik shakli, yuzalarining oʻzaro joylashishi parametrlari, yuza gʻadir-budurligi va shuningdek materialning fizik va mexanik xususiyatlarini baholash parametrlariga qoʻyiladi.
Ishlov berish aniqligini olishning ikki xil usuli mavjud: - belgilab yurib koʻrish va oʻlchash usuli; - sozlangan stanoklarda (dastgohlarda) oʻlchamni avtomatik olish. Belgilab yurib koʻrish usulining asosida, dastgohga ishlov berilayotgan detal oʻrnatilib, uning ishlov berilishi lozim boʻlgan yuzaga qirqish asbobi olib borilib yuzaning bir qismidan metal qoplamasi qirqib olish yotadi. Bundan keyin dastgoh toʻxtatiladi va ishlov berilgan yuzaning oʻlchami aniqlanib, uning detal ish chizmasidagi oʻlchamdan qancha farqlanishi hisoblanadi va qirqish asbobining holati shu farqqa mos ravishda tegishli yoʻnalishda siljitiladi. Bundan soʻng belgilab yurish amalga oshiriladi va olingan oʻlcham tekshirib koʻriladi, agar oʻlcham talab darajasidan farqlansa, yuqorida koʻrib chiqilgan ishlar takrorlanadi va hokazo. Bu ishlar oʻlcham talab darajasidagi qiymat va aniqlikka yetguniga qadar qayta-qayta bajarilaveradi. Talab qilingan oʻlcham olingach, shu sozlanish boʻyicha detalning butun yuzasiga ishlov beriladi. Keyingi zagotovkaga ishlov berishda, qirqish asbobini sozlash ishlari toʻligʻicha qayta bajariladi. Bu usulning afzalligi sifatida aniqligi past dastgohda ham yuqori aniqlikda ishlov berish, qirqish asbobi yeyilishidan kelib chiqadigan xatolikni yoʻqotish, detallarga ishlov berish uchun murakkab moslamalardan foydalanish zaruriyatini yoʻqotish imkoniyatini beradi. Shuning bilan bir qatorda, bu usuldan foydalanilganida detalning aniqlik darajasi ishchining saviyasiga bogʻliq boʻlishi, ishlab chiqarish suratining pastligi, ish unumdorligi past boʻlganligi sababli mahsulot tannarxining yuqori boʻlishi kabi kamchiliklar mavjud boʻladi. Bu kamchiliklarning mavjudligi sababli, bu usul donalab yoki kamseriyalab ishlab chiqarishdagina qoʻllanilishi mumkin. Sozlangan dastgohlarda oʻlchamni avtomatik olish usuli yuqorida sanalgan noqulayliklarning koʻpchiligini bartaraf qilish imkoniyatini beradi. Bu usuldan foydalanib detallarga ishlov berilganida, dastgoh oldindan shunday sozlangan boʻladiki, natijada ishlov berishda talab qilingan aniqlik, ishchining saʼviyasi va eʼtiboriga deyarli bogʻliq boʻlmagan holda olinadi. Zagotovkaga 2 va oʻlchamlar boʻyicha frezalab ishlov berilganida (31. a-rasm) frezerlik dastgohining stoli balandligi boʻyicha oldindan shunday oʻrnatilishi kerakki, tiski (qisqich) ning qoʻzgʻalmas labi 1 frezaning aylanish oʻqiga nisbatan masofada joylashgan boʻlishi kerak. Bu paytda frezaning 3 yon yuzasini (stolni koʻndalang yoʻnalishda siljitib) qoʻzgʻalmas labning vertikal yuzasidan oraliqga uzoqlashtiriladi. Bu dastgohni dastlabki sozlashni belgilab yurish va oʻlchash usulida amalga oshiriladi. Bunday sozlash amalga oshirilganidan keyin toʻplamdagi barcha zagotovkalarga ishlov berish, oʻlchov ishlarini qoʻllamasdan (detallarni jarayon davomida tanlab nazorat qilish bundan istisno) va dastgoh stolini koʻndalang va vertikal yoʻnalishda siljitmasdan bajariladi. Ishlov berish jarayoni davomida va oʻlchamlar oʻzgarmas boʻlib qolishligi sababli, dastgohning shu sozlanishi bilan ishlov berilgan barcha detallarning va oʻlchamlari aniqligi ham bir xil saqlanib qoladi. Xuddi shu singari zagotovkaning (3.1.b-rasm) tekis koʻndalang yuzasiga ishlov berishda zagtovkaning oʻlchami qisuvchi moslama yuzasidan 1, qirquvchi keskich 3 siljishini chegaralovchi tirgak 4 yuzasigacha boʻlgan masofa va shuningdek tayanchdan 4, keskichning qirqish yuzasi uchigacha boʻlgan masofa bilan aniqlanadi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling