Mashinasozlikda aniqlik. Maqsad: mashinasozlikda aniqlik tushunchasi


Zagotovka yoki detalning aniqligi


Download 0.63 Mb.
bet13/14
Sana09.06.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1476222
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
машинасозликда аниклик

Zagotovka yoki detalning aniqligi deb, ularning haqiqiy o’lchamlarini ishchi chizmadagi yoki na’munadagi o’lchamlariga mos kelish darajasiga aytiladi.





Eng katta va эng kichik chegaraviy o’lchamlar ayrimasiga qo’yim (dopusk) deb ataladi.





Zagotovkalarga mexanik ishlov berishning aniqligi, texnologik tizim elementlarining berk konturi mavjudligi bilan bog’liq bo’lib, uch xil aniqlik bilan namoyon bo’ladi: o’lcham aniqligi, shakl aniqligi va sirtlar fazoviy joylashuvining aniqligi bilan.



Birinchisi– DMAT tizimiga bog’liq omillar:
– texnologik jiрozning geometrik xatoliklari;
– tanavorlarni o’rnatishdan sodir bo’luvchi xatoliklar;
–texnologik tizimning (bikirligi) elastik deformatsiyalanishidan chaqirilgan xatoliklar;
– keskich asboblarnining o’lchamli eyilishi natijasida kelib chiquvchi xatoliklar;
– keskich asboblarni sozlash bilan bog’liқ xatoliklar;
– texnologik tizimlarning haroratdan deformasiyalanishiga bog’liq xatoliklar;
– barcha yuqoridagi omillar ta’sirida sodir bo’luvchi shakl va fazoviy og’ish xatoliklari.
Ikkinchisi–D MAT tizimiga bog’liq bo’lmagan xatoliklar:
–tanavorlarning nusxalanishidan sodir bo’luvchi xatoliklar;
–tanavorlarning ichki kuchlanishidan kelib chiquvchi xatoliklar.







«O’lchamlarni avtomatik olish usuli» bilan tanavorlarga ishlov berishda dastgohlar avvalambor shunday sozlanishi kerakki, tanavordan talab etilgan aniqlikka avtomatik ravishda erishilsin va h.k. hamda uning aniqligi ishchining malakasiga va diqqat–e’tiboriga bog’liq bo’lmasin.





«Aniqlikka avtomatik erishish» usulining afzalliklari quyidagilar:
–ishlov berish aniqligining ortishi va ishga yaroqsizlikning kamayishi;
–qirindi qalinligiga ishlov berishning bog’liq emasligi (chunki qo’yim, sozlangan dastgohda boshidan o’zi bu miqdordan ko’proq qilib tayinlanadi) va ishchi malakasiga va uning diqqat-e’tiboriga bog’liq bo’lmasligi;
–birlamchi rejalashga vaqt ketkazmaslik, sinov qirindi olib, keyin hosil bo’lgan yuzani o’lchab ovora bo’lmaslik, natijada ishlab chiqarish unumdorligining oshishi;
–bundan tashqari tanavorga ishlov beruvchi ishchining ishonch va xotirjamlik bilan tayanchga tirab ishlashi; ishlov berish jarayonida ritmik harakatlarning kamayishi hisobiga ishchining kam charchab, yuqori unumdorlikka erishishi. Yuqori malakali ishchini ratsional ishlatilsa, sozlangan dastgohlardagi ishlar, shogird–operatorlarga topshirilsa ham bo’lishi;
–keyinchalik avtomatlashtirishni rivojlantirib borilsa bu vazifalar dastgoh–avtomatlar va dastur orqali boshqariluvchi dastgohlar zimmasiga yuklansa ham bo’lishi;
–yuqori malakali ishchilar dastgohlarni sozlab, 8...12 tagacha bo’lgan dastgohlarni boshqarish bilan band qilinadi, natijada har xil sarflar kamayib, ishlab chiqarishning tejamkorligi ortishi kabilar.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling